Mavzu: oilaga doir davlat siyosatini rivojlantirish. Zamonaviy o'zbekiston oilasi va milliy-ma'naviy qadriyatlar


Oilani jamiyatda tutgan o'rnini davlat tomonidan himoyaga olinishi



Download 36,86 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2022
Hajmi36,86 Kb.
#648163
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi

Oilani jamiyatda tutgan o'rnini davlat tomonidan himoyaga olinishi

Jamiyatning yashash, rivojlanish shartlaridan biri uning bo'g'ini, aniqrog'i asosiy bo'g'ini - oila jamiyat va davlat tomonidan doimiy va samarali muhofazaga olinsagina, tegishli maqsadga erishish mumkin. Har bir kishi o'z hayotining uzoq vaqt davom etishi uchun sog'lig'ini qanday muhofaza qilish ustida qayg'ursa, bu ish uchun mablag'larini ayamasa, insonparvar, oqil, uzoqni ko'zlovchi jamiyat ham o'zining hayotini cho'zishi, rivojlanishi uchun oilaga xuddi shunday munosabatda bo'ladi va oilani muhofaza qiladi. Konstitutsiyaning 63-moddasida oila jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida ko'rsatilishi bilan birga oila haqidagi qoida davom ettirilib, oila jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga egaligi belgilangan. Ya’ni, oila bir tomondan jamiyat tomonidan, ikkinchi tomondan davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Konstitutsiya qoidasi jamiyat va davlatga oilani himoya qilish majburiyatini yuklaydi.
Jamiyat oilalardan iborat ekan, o'z-o'zidan m a’lumki, jamiyat mustahkamligi oilaning mustahkamligiga bog'liq va oilaning mustahkam bo'lishidan jamiyat manfaatdor. Shuning uchun oilani har tomonlama qo'llab-quvvatlash va himoya qilishni jamiyat o'z zimmasiga oladi.
Jamiyat oilalarni qo'llab-quvvatlashda, ularni muhofaza qilishda katta imkoniyatlarga ega davlat xizmatidan foydalanadi.
Oilani qo'llab-quvvatlash, muhofaza qilish davlatning konstitutsiyaviy burchidir. Davlatning oilaga g'amxo'rligi qonun asosiga qurilgan bo'lib, avvalo u Oila kodeksida belgilangan.
Bundan tashqari, oilani qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati ko'plab hujjatlar qabul qilgan. Oilani muhofaza qilish va qo'llab-quvvatlashda ularni moddiy tomondan qo'llash, ularga moddiy yordam berish chora-tadbirlarining ko'rilishi muhimdir.
Davlatimiz boquvchisini yo'qotgan, ko'p bolali oilalarga moddiy yordam berishni o'z vazifasi hisoblaydi va buning amaliy choralarini ko'radi. Bunday oilalarga, farzand ko'rish va tarbiyalash uchun onalarga beriladigan mablag'lar yildan-yilga ko'payib borishi buning misolidir. Oilalarga turar-joy qurish uchun yer uchastkalarining ajratilishi, qo'shimcha manba bo'lishi uchun tomorqalar bilan ta’minlanishi doimiy tadbirlar qatoriga kiritilgan.
1998-yilning “Oila yili” deb e’lon qilinishi har bir oilani davlat tomonidan himoya qilish choralarini kuchaytirib, oilalarning mus tahkamlanishida katta samara berdi. “Oila yili” munosabati bilan belgilangan tadbirlar natijasida davlat oilalarga juda katta moddiy yordam ko'rsatdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilalarga, ayniqsa, serfarzand, kam ta’minlangan oilalarga davlat tarafidan koYsatilgan yordam tufayli oilalar qattiq zarbalarga uchramadi va turmushda o‘z vazifasini bajarishdan chetlanmadi.
2012-yil Prezidentimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan oilani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yanada kengaydi. Oilani himoya qilish mexanizmi kuchaydi.
“Mustahkam oila yili” munosabati bilan davlat idoralari, nodavlat tashkilotlari, hayriya jamg'armalari birgalikda ishlab chiqqan dasturda oilani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish ko'zda tutildi.
Shuningdek, oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha yangidan qabul qilinadigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bugungi va ertangi kun talablariga javob berishi, amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o'zgartirish va qo'shimchalar esa, oila maqomini kuchaytirishi, uning jamiyatdagi o'rnini anglashga yordam berishi, oilani davlat tomonidan, boshqa fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish ko'zlangan asosiy maqsadlardandir.
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan.
Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Buyuk allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʻlmasligini taʼkidlashgan.
Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi. Mazkur Farmonga binoan, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oila instituti sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi tizim sifatida tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi davlat va jamoat tashkilotlari, parlament, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini Oʻzbekiston oilalarini mustahkamlash gʻoyasi atrofida birlashtirish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib borish, mamlakatda faqat sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat ustuni boʻla olishini aholi ongiga singdirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish orqali oila institutini mustahkamlash etib belgilangani mamlakatimizda bu borada mutlaqo yangi bosqichdagi saʼy-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi.
Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy anʼanalarni saqlab qolish hamda targʻibot qilish masalalari boʻyicha hududlarda qator fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilayotir. Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila mezonlari qanday boʻlishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli viloyatlarida 800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, yakuniy natijalar boʻyicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot oʻtkazilgan oilalar vakillarining fikrlariga koʻra, oiladagi sogʻlom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak maʼnaviy-axloqiy tarbiya; yetarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila aʼzolarining taʼlim yoʻnalishida oliy maʼlumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida eʼtibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.
Shu oʻrinda har qancha achchiq boʻlmasin, ochiq aytish kerak, tadqiqotlarimizning koʻrsatishicha, keyingi paytlarda xalqimizga xos boʻlmagan ayrim illatlar — oilaviy ajrashishlar, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosogʻlom muhit, maʼnaviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qoʻl urish holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-maʼnaviy muammolarni paydo qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish uygʻotadi. Respublikamizning uchta viloyatida olib borgan tadqiqotlarimizdan maʼlum boʻldiki, oilalar barbod boʻlishiga quyidagi omillar asosiy sabab boʻlmoqda:
Psixologik omil — oiladagi ogʻir psixologik muhit, oʻzaro tushunishning yoʻqligi, oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qoʻyish, bir-biriga befarqlik;
Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi emasligi;
Maʼnaviy-axloqiy omil — er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari;
Iqtisodiy omil — turarjoy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, erning oilani taʼminlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik.
Eʼtirof etish lozim, hozirgi kunga qadar 11800 dan ortiq nizoli oilalarning ishi sudga yetib bormasdan, FHDYO organi va sudga ajrashish uchun ariza bergan 3100 dan ziyod oilalarni esa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yarashtirishga erishildi. Umuman, buzilib ketish arafasida turgan 14645 ta oila saqlab qolindi.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning oldini olish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqdik. Bizningcha, eng avvalo, mahalla fuqarolar yigʻinlari huzuridagi Yarashtirish komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarur. Oila qurayotgan fuqarolarni tegishli qonunchilik asosida er-xotinning huquq va majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish tartiblari, shart-sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish lozim. Bu borada keng qamrovli targʻibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy qoʻllanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Umumtaʼlim maktablaridan tortib, oliy oʻquv yurtlarining dasturlarigacha oila saboqlarini oʻrgatuvchi dars mashgʻulotlarini kiritish foydadan xoli boʻlmaydi.
Joylardagi oʻrganishlarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, bugun oila atalmish muqaddas dargoh ostonasidan xatlayotgan koʻpchilik yoshlarimiz, afsuski, mustaqil hayotga na iqtisodiy, na maʼnaviy, na huquqiy, na ruhiy va na diniy-maʼrifiy tomondan tayyor. Bu muammoga yechim izlab Toshkent viloyatining Parkent tumanida FHDYO organiga nikohdan oʻtishga ariza bergan boʻlgʻusi kelin-kuyovlar uchun maxsus oʻquv-kursi tashkil etib, bir oy mobaynida ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishga harakat qildik. 15 juftlikka oʻz kasbining mohir ustasi boʻlgan mutaxassislar tomonidan interaktiv, innovatsion usullarda mashgʻulotlar oʻtildi. Parkent tumanida izchil davom ettirilayotgan bu oʻquv-kursi yoshlarga nihoyatda maʼqul kelgani bois ushbu tajribani butun respublikamiz boʻylab ommalashtirmoqdamiz. Yaqin kunlar ichida esa markazimizning Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikdagi loyihasi — Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida “Boʻlgʻusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyat boshlayapti.
Bundan tashqari, mutaxassislarimiz tomonidan Namangan viloyatida oila masalalariga yangicha innovatsion yondashuv joriy etilmoqda. Buning uchun avval oilaga koʻrsatiladigan xizmatlar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi qator muassasalar bilan hamkorlikda kompleks oʻrganib chiqildi. Oilalar bilan ishlash boʻyicha treninglar tashkil etish orqali soha mutaxassislariga mukammal bilim va koʻnikmalar berildi. Oʻz navbatida, “Oila” markazining mutaxassislari davlat hamda nodavlat tashkilotlariga oilaga xizmat koʻrsatishni taʼminlab beruvchi mutaxassis sifatida yaqinlashtirilmoqda. Natijada murakkab sharoitda qolgan, muammoli oilalar davlat xizmatidan bahramand boʻlyapti. Ayni vaqtga qadar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi oilalar holati toʻliq ilmiy-amaliy tahlil qilinib, 84 tasini nochor holatdan chiqarish boʻyicha har biri uchun alohida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va ushbu hujjatlar hayotga joriy etilayotir.
Markazimiz boʻyicha 10000 dan ortiq notinch oilalar aniqlanib, barcha hududiy boʻlinmalarimizda maʼlumotlar bazasi shakllantirildi hamda ular bilan individual ish olib borilyapti. Shu bilan birga, 4343 ta oʻta nochor oilaning asosiy muammolarini hal etish boʻyicha tumanlardagi sektorlar, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliy yordam berish choralari ishlab chiqildi. Oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlashda muammolari boʻlgan 3819 ta oila bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa yoʻlga qoʻyildi. 1,5 milliondan ortiq namunali oilalar boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantirildi.
Albatta, oilalar bilan ishlashda soha mutaxassislaridan yuqori bilim hamda koʻnikma, oʻziga xos tajriba talab etiladi. Shuni eʼtiborga olib, markazimizning viloyat boshqarmalari qoshida tashkil qilingan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv-kurslarida, birinchi navbatda, markaz hamda hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun oʻquv-kurslari tashkil etilib, mashgʻulotlarni oʻtaganlarga maxsus sertifikatlar berildi. Hozirgi kunda esa butun respublika boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari oʻquvlari izchil davom ettirilmoqda.
Oila instituti sohasida markazimiz bir qator davlat va nodavlat, xalqaro tashkilotlar bilan ham oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda. Ayni paytga qadar 20 dan ortiq tashkilotlar bilan Memorandum imzolanib, faol hamkorlik oʻrnatildi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, joriy yilning 27 iyun kuni Prezidentimiz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangani ham yurtimizda oilalar farovonligi uchun davlat hamda jamiyat astoydil qaygʻurayotganining hayotiy ifodasi boʻldi.
Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oila farovonligini oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan holda, davlatimizning izchil va barqaror taraqqiyotiga erishishdir. Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sogʻlom, baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bagʻrida ulgʻayayotgan farzandlar komil inson sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qoʻshaversin. Zero, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekan, uning mustahkam boʻlishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qilishi, shubhasizdir.

2-BOB: ZAMONAVIY O'ZBEKISTON OILALARINING JAMIYATDAGI MA'NAVIY QADRIYATLARNI SHAKLLANISHIDAGI O'RNI
2.1 Mamlakatimizda oilalarda milliy-ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirishga oid davlat siyosatining mohiyati
Download 36,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish