Mavzu: oilada bolalarni tarbiyalashda milliy tarbiya usullaridan foydalanish



Download 53,89 Kb.
bet2/7
Sana12.05.2022
Hajmi53,89 Kb.
#602325
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OILADA BOLALARNI TARBIYALASHDA MILLIY TARBIYA USULLARIDAN FOYDALANISH

Kurs ishining maqsadi: Oilada yo’qolib ketayotgan an’analarimizni yosh avlod ongiga singdirish, milliy tarbiyamizni yanada rivojlantirishda xalq pedagogikasining axamiyati beqiyos.
Kurs ishining vazifalari: Milliy an’analarimiz xis etgan ilmiy va badiiy kitoblar, darslik va qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar ishlab chiqarish.
Kurs ishining ob’ekti: Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda ota – onaning pedagogik madaniyatini shakllantirish.
Kurs ishining predmeti: Bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalash jarayonidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni aniqlash, ularni amalga oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratilsa.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

  1. OILADA BOLALARNI MILLIY AN’ANALAR ASOSIDA TARBIYALASHDA OILA VA JAMIYATCHILIK FAOLIYATLARINI MUVOFIQLASHTIRISH

Oilada bolalarning axloqi – odob bu jamiyatda kishilar o’rtasida kundalik turmushga zarur bo’lgan xatto xarakatlar, urf – odatlar normalari qoidalaridir. Barcha norma va qoidalarni kishilar tomonidan ado etishini nazorat eti shva tartibga solish ijtimoiy, yuridik asosda ta’minlanadi. Axloq – odob qoidalari va normalari har bir xalqning qadriyatlarida muxim o’rin egallaydi. Unga o’sha xalqning turmush tarzi madaniy saviyasi, an’analari guruhi, dini ifodalanadi, aks etadi.


Shuning uchun odob – axloq qoidalari va normalari o’sha xalqning bitmas – tugalmas ma’naviy boyligi xisoblanadi va millat darajasida shakllanganlik darajasi deb qaraladi. Axloq – odob norma va qoidalari jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib o’zgarib boradi. Bunda qardosh xalqlar, mintaqada yashovchi xalqlar, millatlar, urf – odatlar bir – biriga ta’sir ko’rsatadi. Ilg’or qulay urf – odatlar, an’analar esa qadriyatlar darajasiga ko’tariladi. Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma’naviy g’oya va milliy urf – odat, an’analar asosida tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Yuksak ma’naviy g’oya va urf – odatlar ko’lami nixoyatda keng va serqirra bo’lib, ularda eng muximlar: iymonlilik, vatanni sevish, insonparvarlik, do’stlik, o’rtoqlik, ongli intzom, ijtimoiy faollik, halol mehnat, oila, davlat va jamiyat oldidagi burchni anglash, tinch – totuv yashash uchun kurashish xurfikrlilik kabilar.
Umuminsoniy oilaviy urf – odatlar va an’analarni chuqur o’rganish ularni tahlil qilish, ularni turkumlashtirish, ularni paydo bo’lish yo’llari, revosutsion paydo bo’lish aniqlash ilmiy asoslardan g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni xayot talab etmoqda. Bularni xamon kelajak kishini tarbiyalashda amaliy yordam beradi. Qadim zamonlardan hatto o’zbek xalqini yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oildada amalga oshirilgan. Bunda tabiat va ijtimoiy omillar xal qiluvchi o’rin tutganligi shubxasiz. Xalq pedagogikasi xamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asaliy manbalariga tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham axamiyatni yo’qotmagani yo’q.
Har bir xalq o’zining o’tmishda qolgan milliy – an’analarga asoslangan tarixiy madaniyat va turmush tarziga egadir. An’analar insonlarni turmushi va madaniyati asosi sifatida xozirgi kishilar axloqiga ta’sir etish mumkin. An’analarning bunday tarbiyaviy ta’sir etishi katta axamiyat kasb etadi. An’analarning vujudga kelishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Unda xalqni dono fikrlari axloq me’zonlari insonni xurmatlash va qadrlash o’z ifodasini topgan. Shuning uchun ham yosh avlod – ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitdagi vujudga kelgan ilg’or an’analarni o’zlashtirish, unga rioya etish, boyitish nixoyatda zarurdir. Nixoyatda mazmuniga ko’ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va yangi an’analar qarama – qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim onalar qanday bo’lsa o’sha xolda ko’rinishda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ba’zilari ko’rinishni o’zgartiradi, ba’zilari esa yangilarini uyg’unlashadi, takomillashadi. Bolalar oilaviy an’analarga juda katta e’tibor, qiziqish bilan tayyorlanadilar, kutadilar. Bunday an’analar ular tarbiyasiga taalluqli bo’lgan vositalar sanaladi, ko’rinishdagi an’analarning umri boqiydir, urf – odatlar qancha xayotiy xalqchilik qancha ko’p tarqalgan bo’lsa u xalqda shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. Sharq xalqlari Jumladan o’zbeklar bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Xayotdagi hamma xatti – xarakatlarning oqibati to’g’ri baxolangan. Yoshga mos ravishda ta’sir ko’rsatish yo’l va vositalarni ajratilgan kerak bo’lganida rag’batlantirish turlaridan foydalanilgan lozim bo’lsa jazolangan. Bir bolaga yetti maxalla ota – ona deb bejiz aytilmagan noaxloqiy xatti – xarakatlar qisqa lekin o’ta tarbiyaviy axamiyatga ega bo’lgan yomon bolada iborasi bilan tavsiflangan. Masalan xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob – axloq qoidalariga ko’ra non ulug’langan «ushog’i bexosdan yerga tushib ketsa yomon bo’ladi» deb uni qo’lga olib ko’zga surib o’pib og’ziga solgan uni chetga olib qo’ygan. «Suvga tuflash gunox bo’ladi», «yomon bqladi» deb tushuntirilgan. Qadimgi xovuzlarning suvi xaftalab, oylab toza turgan, biror kishi uni ifloslantirib «xarom» qilishga botinolmagan. Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizilib qo’yilmagan. Ikki qo’lni orqada tirab o’tirish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib ko’pchilik oldida o’tirib uzatish odatsizlik xisoblangan. «Yomon bo’ladi» iborasi orqali kattalarga xurmat, kichiklarga g’axo’rlik tarbiyalangan, otaga tik qarash, ularga ters javob berish, xotin – qizlarga bexayolik qilish yomon bo’lishni yoshlikdan tushuntirilgan. Masalan, musulmon farzandi quyosh chiqqancha uxlasa «yomon bo’ladi» erta shaharda eshik ochilmasa «yomon bo’ladi», «Kunlik rizqimizdan benasib qolishimiz iborasi bolalarni erta turishiga undagan kechki payt quyosh botishi arafasida uxlash yomon bo’ladi deb o’qtirilgan. Xayvonlar, qushlarga tosh otma ozor berma «yomon bo’ladi» ekinlarni poyxon qilma «yomon bo’ladi» kabi iboralari orqali ona tabiatga hurmat uni avaylab – asrashga o’rgatilgan. Xozirgi so’zimiz bilan aytganda ekologik tarbiya berilgan. O’zbek xalqida bolalar bilan bog’liq juda ko’p yaxshi an’analar bor. Xalq pedagogikasi bolalarga mexr – muxabbat, ularni sevish, erkalash, parvarish qilish ta’lim – tarbiya berish extiyotlash kabi insoniy qarashlarni targ’ib qilib kelgan. O’zbek xaqining qadimiy urf – odatlariga ko’ra yangi chaqaloqning dunyoga kelishi, faqat uni ota – onasi uchungina emas, balki hamma qarindosh – urug’larni va maxalla – kuy uchun ham sevinchli xodisa xisoblanadi. Xozirgi davrda saqlanib kelayotgan qadimiy odatlardan biri yangi chaqaloq sharafiga mevali daraxt o’tqazilishidir. Bu bilan ular yangi chaqaloqni dunyoga keltirishni an’anaviy marosimga aylantirish va tabiatga mexr uyg’onishgina emas balki keyingi avlodlar xayotini farovonlashishini xam ko’zlangan. Xaqimizga faqat o’zining bolasinigina emas umuman o’ziga yaqin xamma bolalarni sevish extiyodlash ularning tarbiyasi bilan shug’ullanish payti kelsa sho’x bolalarni tartibga chaqirish ona suti berish parvarish qilish an’analari avloddan avlodga o’tib keladi. Bir bolaga butun maxalla ota ona degan maqol shundan. Maxalladagi xar bir bolaning yurish turishi tarbiyasi uchun xamma barobar ma’suliyat xis qilgan. Ota onasi bolalarni boqishi butun maxalla o’z zimmasiga olgan. Emizikli bolalar uchun ko’krakdagi suti bor onalarni jalb etish g’oyatda qadrlangan. Boquvchisi yo’qlar xam maxalla etiboridan chetga qolmagan. Xalq og’zaki ijodi asoslarini ko’zdan kechirar ekanmiz xalqning xam qo’yishi odatda keng o’rin berilganini ko’ramiz. Sharq xalqlari xususan o’zbek xalqida shunday odat bor bolalarga oiladagi kattalar elu yurt o’rtasida mo’tabar bo’lgan kishilar, etiborli qariyalar nom qo’yadilar bu qadimdan qolgan irimdir.




  1. Download 53,89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish