Mavzu: oilada bolalarni tarbiyalashda milliy tarbiya usullaridan foydalanish


MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI MILLIY AN’ANALARI ASOSIDA TARBIYALASHNING ASOSIY TAMOYILLARINI BELGILASH



Download 53,89 Kb.
bet3/7
Sana12.05.2022
Hajmi53,89 Kb.
#602325
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OILADA BOLALARNI TARBIYALASHDA MILLIY TARBIYA USULLARIDAN FOYDALANISH

MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNI MILLIY AN’ANALARI ASOSIDA TARBIYALASHNING ASOSIY TAMOYILLARINI BELGILASH

Erali va Sherali dostonida aytilishicha o’sha zamonning rasmiga ko’ra bolaning birini podsho qo’liga birinchi xotiniga ko’tartirib ipak alvon chodirlarning ichidan xaloyiqqa qarab bolalarga qarab munosib ot qo’yishni so’radi.
Birisini berdim xaylo gulima,
Birisini o’zim oldim qo’lima.
Bir maslaxat sizlarday-el ko’nima,
Birodarlar ot qo’yinglar o’g’lima.
Ba’zilar aytdi Egizak bo’lganidan keyin Xasan-Xusan bo’ladi deb. Birovlar Shamsi va Qamar, deyishadi. Yana biri aytdi, Zalil va Karim deb xech birini degani podshoga yoqmay turgandi to’qson yamoqli to’n kiygan qalandar el o’rtasiga chiqdi. Ana shu qalandarning qo’ygan oti Erali-Sherali xammaga maqul bo’ladi. Bola aziz odobi undan aziz. Bu maqolda o’zbek xalqining tarbiyaga oid qarashlari o’z ifodasini topgan. Bu e’tiqod yillar davomida ular ongiga singib ketgan. Ota onalar farzand ko’rish ularni sog’lom o’stirish bilan birga ularning odobli bo’lishlarini xam orzu qilishgan. Bola tilga kirishi bilan axloqiy tarbiyaning alifbosi bo’lgan salomlashishini o’rgatishdir. O’zbek xalqi o’zining milliy tarbiya uslublarida bolalarga kattalarga birinchi bo’lib salom berishni kattalar suxbatiga aralashmaslikni ularni xadeb noo’rin savollar bezor qilmaslikni kattalar o’z joylariga o’tirganlariga qadar o’tirmaslikni uyda mexmondan so’ng kirishni lekin birinchi bo’lib lekin eshikni ochishni ularga yordam berishni odob qoidalariga doimo rioya etishni talab qilgan. Ota-ona dasturxonga qo’l uzatmaguncha dsturxon atrofiga yoshi kattalar to’rga o’tirishi lozim. Bunday qoidalarga rioya qilgan bolalargina tarbiya ko’rgan bolalar sanaladi. Bolalar xulq atvorlariga qarab ota onalarning tarbiyaviy iqdidorlariga baxo berilgan. Ijobiy baxolar Otanga raxmat kabi rag’batlarga ifoda yetgan, bo’lsa, aksincha salbiy xolatlarga duch kelganda Padaringga lanat koyish o’zbek xonodoni shaniga katta dog’ xisoblanadi. Yuqoridagi odob qoidalariga xozirgi kunimizda xam o’z axamiyatini deyarli yo’qotmagan bo’lib ular bolalarimizning madaniy xulq ko’nikmalaring qaror topishida muxim o’rin tutadi. Biz oilada farzand tarbiyasi mavzusini o’rganib chiqib quyidagi xulosalarga keldik. Barcha milliy an’analarimizni avaylab – asrab, rivojlantirib, kelajak avlodga yetkazib berish bizning asosiy vazifamiz bo’lib, hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyoti ko’pgina davrlarda tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz va urf – odatlarimiz uyg’unligi bilan belgilanadi. Bu nazariy qoida xozirgi kunda ijtimoiy tarbiyaga bog’liq. Yosh avlodni tarbiyalashda bugungi kunda bu qadriyatlar, an’analar o’zining barcha qirralarini ko’rsatib yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash uchun oila, maktab va mahallalar birgalikda quyidagilarni bosqichma – bosqich amalga oshirsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.



  1. Oilada bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalashda oila va jamiyatchilik faoliyatlarini muvofiqlashtirilsa.

  2. Bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalash jarayonidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni aniqlash, ularni amalga oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratilsa.

  3. Maktab yoshidagi o’quvchilarni milliy an’analari asosida tarbiyalashning asosiy tamoyillarini belgilash.

  4. Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda ota – onaning pedagogik madaniyatini shakllantirish.

  5. Milliy an’analarimiz xis etgan ilmiy va badiiy kitoblar, darslik va qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar ishlab chiqarish.

  6. Oilada yo’qolib ketayotgan an’analarimizni yosh avlod ongiga singdirish, milliy tarbiyamizni yanada rivojlantirishda xalq pedagogikasining axamiyati beqiyos.

Milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf – odatlarimizni ta’lim – tarbiya jarayonida yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda amaliy qo’llash, uning nazariy asoslarini ochib berish, kelajakni asosi bo’lib xizmat qiladi. Har qanday mustaqil davlat o’zining iqtisodiy, siyosiy ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha tayanch yo’nalishlarni belgilab oladi. Ushbu yo’nalishlar asosida asosiy maqsad va vazifalar aniqlanadi. Xuddi shuningdek O’zbekiston Respublikasi ham turli hayot sohalar bo’yicha o’z yo’nalishlarini, maqsad va vazifalarini belgilab oldi. Hamda ularni hal qilinishi davlat, millatning porloq kelajagini belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatimiznining iqtisodiy – ijtimoiy, manaviy – ma’rifiy rivojlantirish jarayonida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’zgarishlar ayniqsa ta’lim sohasini tubdan isloh qildi. «Ta’lim to’g’risidagi qonun»1, asosida ta’limning quyi bosqichidan boshlab oliy ta’lim tuzilishiga yosh avlodni ta’lim tuzilishiga yosh avlodni ta’lim – tarbiyasini sifat jixatidan qayta ko’rib, uni yangilashga muvaffaq bo’lindi. Yosh avlodni tarbiyalash murakkab va ko’p qirrali jarayon. Yoshlarni har tomonlama ham aqlan, ham jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma’naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muxim va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizning taqozosidir. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Oila insoniyatning naslining davomchisidir. O’zbekiston Respublikasi o’tish davri jarayonida ham mamlakatning ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha sharoitga mos ravishda har tomonlama rivojlantirish haqida xarakatlar qilmoqda. Ushbu ishlar mamlakatning ta’lim – tarbiya sohasini ham o’z ichiga olgan. Bunga misol tariqasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi Qonunlarini keltirish mumkin». Ushbu xujjatlar ta’lim – tarbiya sohasini to’liq takomillashtirish, yoshlarni milliy an’analar asosida tarkib toptirish masalalariga ham qaratilgan. Mana shu fikrlar nuqtai – nazarida bitiruv ishiga tanlangan mavzu o’zining dolzarbligi va muximligi bilan ajralib turadi. Shuni ta’kidlaymizki xalqning keng qatlamlarini va birinchi o’rinda yoshlarni umuminsoniy va milliy ma’naviy talablariga mos ravishda tarkib toptirish o’ta muhimdir.
Tanlangan muammo hozirgi paytda o’rganish arafasida turibdi, chunki uni o’rganish har tomonlama ma’noda tahlil qilish kelajak avlodni ijobiy tomondan shakllantirish masalasini hal qilishda katta rol o’ynaydi. Shu ma’noda Oynisa Musurmonova, A.Munavvarov, M.Ochilov, Malika Inomovalarning tadqiqotlari katta e’tiborga molik, oilada bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda xalq an’analarining milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda va uni shakllantirish borasida bir qator pedagogik muammolarni yechishga xarakat qiladi. «Bizning nazarimizda – deb ta’kidlaydi Malika Inomova – barcha xalqlarda bo’lganidek o’zbek an’analari zamirida mazkur xalqqa xos qadriyat sifatida namoyon bo’ladi». Ana shu narsa yoshlarda milliy ong, milliy g’ururni shakllantirishiga yordam beradi. Haqiqatdan ham taqqos qilib tadqiqotchi qayd etgani kabi bolalarda milliy g’urur, milliy ong, milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyat an’analari orqali shakllanadi va tarbiyalanadi. Mavzuning dolzarbligini yana bir muhim sabablaridan biri sobiq tuzim davrida qator urf – odatlarimiz, an’analarimizna putur yetganligi tufayli ularda kelib chiqadigan va ular bilan bog’liq bo’lgan milliy qadriyatlarimiz ham xira torta boshladi. Xalqimizga xos bo’lgan xushmuomilalik, andishalik, bolajonlik, kattaga xurmat – kichikkka muruvvat, mehr – shavqat ko’rsatish, xalollik kabi odatlarimiz sekin – asta yo’qola boshladi. O’zbek xalqiga xos bo’lgan milliy odatlarimizga zid bo’lgan ovropacha odatlarga ko’r – ko’rona taqlid qilish kuchaydi. Maslan kelin – kuyovni to’y bazmida o’pishishlari va davraga chiqib o’ynashlari va hakozolar. Mustabid yillarda milliy oilaviy tarbiyada milliy va ma’naviy qadriyatlardan o’z o’rnida foydalanmaslik ko’plab ko’ngilsiz voqyealarni keltirib chiqaradi va hozir ham yosh avlodning tarbiyasiga ta’sir ko’rsatmoqda. O’quvchilarga o’zbek xalqini maktabda va oilada milliy qadriyatlar sohasida qimmatli g’oya va tajribalarning moxiyati mazmuni haqida ta’lim – tarbiya bermasdan turib, o’quvchilar tarbiyasida jiddiy o’zgarishlar kutish qiyin. Tarbiyaga o’rgatilgan fazilatlarni o’quvchilardan qanday qilib talab qilish mumkin axir? Xalqimizda «Aql, bozorda sotilmas» - degan naql bor. Shunday ekan oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash har birimizning hoxish irodamizga qat’iy nazar olib borish shart bo’lgan hayotiy extiyojdan kelib chiqadigan zaruriyatdir. Yuqorida yuritilgan fikr – muloxazalarimizdan kelib chiqqan holda ishimizning maqsadi o’quvchilarni o’z millati va uning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari, an’analari, urf – odatlari haqida to’la ma’lumot berish, o’zligini anglash, milliy ong, g’ururga ega bo’lish bilan bog’liq milliy bilim ko’nikma va odatlarni shakllantirish eng muximi bolani o’z qadrini bilishga va o’zgalarni qadrlashga o’rgatishdan iboratdir.


  1. Download 53,89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish