Mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari. Reja


Tengdoshlaridan oldin balog’atga yetgan qiz



Download 102,98 Kb.
bet13/50
Sana05.06.2022
Hajmi102,98 Kb.
#637775
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
Oila psixologiyasi ma\'ruza matn (2)

Tengdoshlaridan oldin balog’atga yetgan qiz. Jinsiy balog’atga yetishi boshqalardan oldinroq boshlangan 10-11 yoshlardagi qiz bola ham qator psixologik muammolarga duch keladi. Odatda, qiz bolaning jinsiy balog’atga yetish davri o’g’il bolalarnikidan 1-2 yil oldin boshlanadi, shuning uchun ham bu davrda o’z tengdoshlaridan oldinroq kirib bogan qizlar odatda o’z tengdoshlarining aksariyat qismidan o’zining jismoniy rivojlanganligiga ilgarilab ketish unga hech qanday afzallik keltirmaydi. Jismoniy rivojlanishda o’z tengdoshlaridan ilgarilab ketgan qiz bola 2-3 yil davomida o’z tengdoshlari va atrofdagilar bilan hamqadam ketmayotganligi tufayli turli noqulayliklarni boshdan kechiradi. Bizning etnik xususiyatimiz, bolalar va o’smirlar o’rtasida jinsiy tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilmaganligi, jins psixofiziologiyasiga oid ma’lumotlarning ham bu borada yetarli ilmiy asoslangan ma’lumotga ega emaligi bu o’rinda jiddiy muammolarning yuzaga kelishi asos bo’lishi mumkin. Jinsiy yetilish davrida erta yetilishdan qiz bola hali bu haqda, bu davrda ro’y beradigan o’zgarishlar, bu davrda o’zini qanday tutishini biladi.
Tayanch so’z va iboralar:
O’smirlik davri, “o’tish davri”, og’ir davr, inqiroz davri, o’smir organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar, o’smirlik avtonomiyasi, biologik yetuklik, fiziologik yetuklik, jinsiy balog’atga yetish, jinsiy balog’atga yetish bosqichlari, pubertat oldi bosqichi, pubertat boshlanishi, jinsiy tarbiya, jinsiy balog’atning erta yoki kech yuzaga kelishi hususiyatlari.
Nazorat uchun savollar:

  1. O’smirlik davri qaysi yoshlarga to’g’ri keladi?

  2. O’smir organizmida qanday o’zgarishlar ro’y beradi?

  3. O’smirlik avtonomiyalari nima va uning qanday turlari farqlanadi?

  4. Menstrual sikl nima va u qanday kechadi?


Mavzu: Muhabbat psixologiyasi.


Reja:

1. Sevgi – muhabbat tuyg’ulari.


2. Muhabbat va yosh.
3. Muhabbat bosqichlari.
4. Muhabbat va mijoz.
5. Rashk hislari.
6. Rashk hislaridan halos bo’lish yo’llari.

Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asrlarini olib ko’rmang, ularning hech qaysisi o’z ijodiy faoliyatida inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sexrlisi hisoblangan muhabbatni chetlab o’ta olmagan. Insoniyat bor ekan, muhabbat odamni sirli tuyalar olamiga yetaklagan, uni yengib bo’lmas olovlardan o’tishga va cho’qqilarni zabt etishga undagan, uni rag’batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hatto o’lim to’shagida yotgan odam ham umid bag’ishlab, nashasini suydirgan, oddiy kunlariga kamalak jilolarini armug’on etgan, uning atrof-muhitni hamda o’zligini idrok qilishi uchun turtki bo’lgan. Shaxs ruhiystida hatto o’ziga ham noma’lum bo’lgan qudratni kashf etgan. Ko’hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg’u hammaga barobar aziz va muqaddasdir. Sevgi muhabbat tuyg’ularini D.A.Li bir necha turlarga bo’ladi.


1. EROS-kuchli sevgi-muhabbat hislari bo’lib,bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat ob’ektiga jismoniy ega bo’lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.
2. LYuDUS-sevgi hislarining unchalik chuqur bo’lmagan muhabbat o’yini sifatida idrok qiladigan, sevgi hislari ob’ekti oson almashishi bo’lgan turi.
3. STORGE-tashqi ko’rinishidan kuchli ifodalanmagan, ammo ishonchli muhabbat-do’stlik turi.
4. PRAGMA (LqS)-lyudus va storgenlardan iborat doimo ong nazoratida bo’lgan, sevgi shaxsning manfaatlarini ko’zlagan maqsadlari asosida yuzaga kelgan sevgi hislaridir.
5. MANIYa (EqL)-eros va lyusdusan iborat bo’lib, sevgan kishi sevgi ob’ektidan tobeligi bilan xarakterlanadi. Ammo yeros va lyudusdan bu turning farqli sevgi shaxsdan o’ziga ishonch hislari yetarli bo’lmaydi.
6. AGAPE (EqS)-eros va storgelar yig’indisidan iborat kuchli ifodalanadigan, sevgan kishi muhabbat ob’ektiga hamma narsasini hatto o’zini ham bag’ishlashga tayyor bo’lgan hislar turi va hakozo.
Kuzatilishlarga ko’ra, erkaklarning sevgi-muhabbat hislarida ko’proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.
O’smir va o’spirin yoshdagi o’g’il va qiz bolalarda ko’proq maniya turi, katta yoshlardagilarda esa bosh turlarga kuzatiladi.
Muhabbat ontogeneziya nazar tashlaganda sevgi hissining ilk kurtaklarini bog’cha yoshidagi bolalarda ham ko’rish va buni har bir tarbiyachidan so’rab, ishonch hosil qilish mumkin. Lekin tabiiyki, bu hali to’laqonli muhabbat bo’la olmaydi. Bolalikdagi sevgi hislarida fiziologik komponent, ya’ni jinsiy intilish deyarli bo’lmaydi.Ulardagi hissiyotning aksariyat qismi ruxiy komponentdan iborat. Maktab yoshidagi o’g’il va qiz bolalar o’rtasidagi muhabbat hislari esa bir muncha farq qiladi. O’spirinlik yoshidagi qiz bolalarda ruxiy komponent jinsiy komponentdan ustunlik qilsa, o’g’il bolalarda hissiyot divergensiyasi-bo’lishi kuzatiladi. Ya’ni ular muhabbat hislarini bitta qizga nisbatan boshidan kechirsalar, jinsiy intilishni katta yoshli ayolga nisbatan his etadilar, ulardagi hissiyot ikki ob’ektga bo’linadi. Bu faqat o’g’il bolalarga hos bo’lib, qizlarda bunday hol kuzatilmaydi. O’spirinlik yoshidagi o’g’il bolalarda gipeseksuallik natijasida ularning hissiyotida jinsiy intilish ustunlik qiladi yoki uning ahamiyati keskin ortadi. Qiz bolalarda esa ruxiy komponentning ustunligi saqlanib turadi. 17-25 yoshlardagi yigit-qizlarda qiz juftini topishga intilish va hirs keskin ortadi.Sevish va sevilishga bo’lgan ehtiyojning ortishi natijasida yoshlar yorini tezroq qidirib topishadi va oila qurishadi, ba’zan bunday yoshlar qisqa vaqt ichida ajralishiga ham ulgurishadi. 25 yoshdan keyin qizlarning oila qurish imkoniyatlari ancha kamayib boradi. Unda bo’lgusi kuyovga nisbatan talabchanllik oshib, tanqidiy qarash kuchayadi. Endi unda hislarga berilish kamayib, uning o’rniga bo’lg’usi yoriga butunlay boshqacha qaray boshlaydi. Bunday ruxiy o’zgarishlar yigitlarda ham kuzatiladi, ammo qizlarda farqli ravishda ularning oila qurish, uylanish imkoniyatlari kamayadi, aksincha birmuncha ortadi. Chunki bu yoshda ularning ko’pchiligi bitirib, ma’lum bir ixtirosni egallagan, mehnat faoliyatini boshlagan bo’ladilar. Ya’ni oilani mustaqil tebratish imkoniga ega bo’ladilar. Muhabbat hislari erkak va ayollardao’ziga xos shaxvoniy hirs oyg’otadi. Erkaklarnikidek tez orada o’zgarmaydi va nisbatan uzoq davom etadi. 13-14 yoshli o’g’il bolalarning 40 foizi, qizlarning 26 foizi ilk sevgi hislarini boshidan kechirayotgan yoki kechirgan bo’ladilar. Bu hol 5-16 yoshli o’g’il bolalarda – 17%, qizlarda 30%ni, 17-18 o’g’il bolalarda – 10%, qizlarda 9%ni tashkil qiladi. A.R.Lemexova qizlar va yiitlar orasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganib, uni uch tuga bo’lgan.
1. Uyg’un tur – bunda qiz va o’g’il bolalarda axloqiy tushunchalar shakllangan, hissiyot madaniyati rivojlangan bo’lib, ular muhabbatga, qarama-qarshi jinsga, oilaviy hayotga birmuncha aniq qarashadi.
2. Oilaviy romantik tur – bunda muhabbat, jinslar orasidagi munosabatlar hayotdan yulingan holda, nihoyatda ideallashtirib olingan bo’lib, hayotdagi mavjud borliq bilan to’qnashganda esa barcha tasavvurlari parchalanib, ruhan tushkunlikka uchraydi.
3. Ma’naviy kambag’al tur – bunda yoshlar muhabbatni notog’ri tushunadilar. Muhabbatda ma’naviy yaqinlikni, ruhiy omilning ahamiyatini ko’ra bilmaydilar. Muhabbatda asosiy rolni jinsiy yaqinlik o’ynaydi, deb biladilar. Bunday toifadagi yoshlar ko’p hollarda jinsiy hayotni erta boshlaydilar.
To’laqonli sevgi-muhabbatni his etgan ha bir inson muhabbatning boshlang’ich, alangalangan va o’zaro hurmat bosqichlari ni bosib o’tadi. Boshlang’ich haqiqiy, istiqbpoliporloq, bir umirlik sof muhabbatning boshlanish yoki aksincha shunchaki havas qilishi yoki umri qisqa sevgining biror bir ko’rinishi bo’lishi mumkin. Mazkur bosqich muhabbatning “agape” turining boshlanishi yoki “yudus” turining o’zginasi bo’lishi mumkin.

Download 102,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish