Mavzu: Oila pedagogikasi fan sifatida. Reja: Oila pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari. Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari. Oila pedagogikasining boshqa fanlar bilan


Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 16,22 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2022
Hajmi16,22 Kb.
#863969
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Oila pedagogikasi fan sifatida. Reja Oila pedagogikasi f-hozir.org

Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari:
Ilmiy tadqiqot metodlari tadqiqotchilar tomonidan ko‘proq oilaviy muammolarni hal qilish maqsadida olib boriladi. Oilaviy muammolarni o‘rganish uchun dastlab manbalarga murojat etiladi.


Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Oila pedagogikaiga doir adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagogik olimlarning asarlari, Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, risola va maqolalar, pedagogik, psixologik, badiiy va ommaviy adabiyotlarni o‘rganish.

Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishda ta – onaning biror maqsadini ko‘zda tutib tashkil etiladi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish, qisqa kuzatish ob’ektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish -qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi.
Suhbat metodi !
Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas`ul shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib, natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. O‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik eksperiment har qanday ilmiy – pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy gipotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi. Tabiiy eksperiment sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va hokazolar odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment – bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo‘ladi. Pedagogik jarayonda aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarini, aniq sharoitlarni va o‘qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab etadi.
Laboratoriya pedagogik eksperimenti ilmiy tadqiqotning qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib borishga va o‘zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish, eksperiment o‘tkazish va natijalarni sharhlash.
Rejalashtirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Oila shajarasini o‘rgatish, tahlil qilish metodi – pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda oilaning kelib chiqish tarixini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Oila haqidagi ma’lumotni tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog’i lozim.
Bolalarning ijodiy qobiliyatini o‘rganish metodi – oilada bolalarning ijodini hamda turli-tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyati, olijanob axloqiy qiyofasi, estetik didi, sinchkovligi va qiziquvchanligi bilan ajralib turadilar. Ta’lim qonunida va milliy dasturda pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning tugri yo`llarini ko`rsatib berishga qaratilgan.
Oila shajarasini o‘rgatish, tahlil qilish metodi – pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda oilaning kelib chiqish tarixini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Oila haqidagi ma’lumotni tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog’i lozim.
Bolalarning ijodiy qobiliyatini o‘rganish metodi – oilada bolalarning ijodini hamda turli-tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyati, olijanob axloqiy qiyofasi, estetik didi, sinchkovligi va qiziquvchanligi bilan ajralib turadilar. Ta’lim qonunida va milliy dasturda pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning tugri yo`llarini ko`rsatib berishga qaratilgan.
Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya’ni:
1) Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo‘lishi;
2) Tadqiqot metodlarining ishonchliligi;
3) Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi – pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil O‘zbekistonda fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo’shadi.
Anketalar metodi – oila a’zolari va bolalardan so‘rash usuli bo‘lib, u oila jamoasining ma’lumotlari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yo‘naltirishni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan bo‘lmog‘i lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollar bo‘lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqmog’i lozim



Download 16,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish