4.Katta oyna oldida bajariladigan mashqlar
5.”Futbol” o’yinli nafas mashqi
6. “Qor yog’di” o’yinli nafas mashqi
7 “Kapalakchalar” nomli nafas mashqi
8. “Stakanda bo’ron” nomli nafas mashqi
9. “Xazonrezgi” o’yinli nafas mashqi.
10. “Pufakchalar” o’yinli nafas mashqi.
11 “Kuzgi soyabon” o’yinli nafas mashqi.
12. “Issiq choy” o’yinli nafas mashqi.
13. “Kamalak” o’yinli nafas mashqi.
14. “Shilliq qurt” o’yinli nafas mashqi.
15. “Xo’rozcha” o’yinli nafas mashqi.
ARTIKULYATSION MASHQLAR
16. “Do’mboqchalar” mashqi.
17. “Ozg’inchalar” mashqi.
18. “Do’mboqchalar -Ozg’inchalar” mashqi.
19. “Arg’imchoq ” mashqi.
20. “Soatcha” mashqi mashqi.
21. “Otni to’xtat” mashqi.
22. “Shirin murabbo ” mashqi.
23. “ Ilon” mashqi.
24. “Futbol” mashqi.
Ovoz mashqlari
25. “ Baland past ovoz” mashqi.
26. “Biz bilan o’ynang” mashqi.
27. “Qo’girchoqni uyg’otib yubormang” mashqi.
28. “ Shamol esmoqda” mashqi.
Kirish
Quyidagi mashqlar og’ir nutq nuqsonlariga (dizartriya, rinolaliya,dududqlanish, alaliya) ega bo’lgan bolalar uchun tavsiya etiiadi.
Quyidagi yoritilib beriladigan mashqlar maqsadli ravishda nafas organlarining birinchi navbatda diafragma, ko’krak qafasi muskullari xarakat faoliyati yaxshilash shuningdek burun va jg’iz orqali nafas olib chiqarish mexanizmini to’g’ri yo’lga qo’yishga yordam beradi.
Har bir mashq 4-5 daqida davomida qisqa muddatli tanaffuslar bilan olib boriladi. Mashqlar uy sharoitida xam olib borilishi tavsiya etiladi.
1-mashq
Mashq yotgan xolatda amalga oshiriladi.
Logoped bolani tekis joyga yotqizgan xolda bolaning qorin soxasiga yengil o’yinchoq qo’yadi masalan : baliqcha, o’rdakcha
Bolaga burun orqali chuqur nafas olib qorini ishirish ya’ni diafragmaga xavo olish tushuntiriladi bu xolatda bolaning qorni ko’tarilrb baliqcha tepaga chiqadi keyin esa nafasni burundan chuqur burundan chiqarish aytiladi bunda esa baliqcha pastga tushadi.Bolaga bu jarayoni ko’rsatib qiziqtirib bajarilsa bolalar uchun bu mashq qiyinchilik tug’dirmaydi va qiziqarli bo’ladi.
2-mashq
-Bu mashq ham yotgan holatda bajariladi.
-Bola kaftini o’tgan mashqda o’yinchoq turgan joyga (diafragma ustiga) qo’yadi.
-Bola chuqur nafas oladi,kaftlari yordamida qorni qanday yuqoriga ko’tarilayotganini his qiladi.
-So’ngra bola nafas chiqaradi va qorning pastga tushayotganini kuzatadi.
3 Mashq
-Bu mashq o’tirgan holatda bajariladi.
-Bola kaftini diafragma ustiga qo’yadi.
-Bola chuqur nafas oladi va kaftlari yordamida qorin devorining ko’tarilayotganini his qiladi.
-Keyingi bosqichda bola nafas chiqaradi va qorning pastga tushayotganini kuzatadi.
4 Mashq
-Mashq turgan holatda katta oyna oldida bajariladi.
-Bola oynaga qarab turadi,qo’lini diafragma ustiga qo’yadi.
-Bola chuqur nafas oladi va kaftlari yordamida qorin devorining ko’tarilayotganini his qiladi.
-Bola nafas chiqaradi va qorin devorining pastga tushayotganini sezgan holatda kuzatadi.
5-“Futbol” o’yinli mashqi.
Maqsad:burundan chuqur nafas olib, o’g’izdan bir maromda nafas chiqarishni o’rgatish,lab muskullarini rivojlantirish.
Jihozlar:kichkina hajmdagi o’yinchoq darvoza yoki 2 dona qalam va kichkina yengil koptokcha.
O’yinning borishi:
1-variant:bola koptokni darvoza tomonga qarab puflaydi,gol urishga harakat qiladi. Koptokcha darvoza ichiga kirishi kerak.
Mashqni bajarish jarayonida bola yelkalarini ko’tarmasligiga,bir maromda nafas chiqarishiga, to’liq nafas olmasdan turib lunjlarini ishirmasligiga,lablarini yengil oldinga cho'zishiga ahamiyat berish kerak boladi.
2-variant:bir nechta mashqlardan so’ng mashqni murakkablashtirishimiz mucking.
Endilikda bola youilgan tilini pastki lab ustiga qoyip koptokni puflaydi .Havoli oqim tiling o’rtasidan o’tish kerak .Have oqimi tasirida tilning o’rtasida naycha hosil boladi.
Bu mashq artikulyatsion apparatni sirg’aluchan tovushlarni hosil qilishga toyyorlaydi.
6 “Qor yog’ar” o’yinli mashqi
Maqsad: Og’izdan chuqur va uzulmasdan nafas chiqarishni lab muskullarini harakatchanligini oshirish.
Jihozlar: paxta bo’laklari .
O’yinning borishi: Mashg’ulot turgan holatda bajariladi .Paxtadan “qor parchalari” yasaymiz. Bolaga òz holisida qor yoģayotganini tashkil qilishni taklif qiladi.
“Qor parchasini” bolalarning kaftiga qòyamiz. Uni puflashni aytamiz.
Mashq davomida bolaning tòģri turishga yelkalarini kòtarnasligiga, tòliq nafas olmasdan turib lunjlarini ishirmasligiga, lablarnini yengil oldinga chòzishga ahamiyat berish kerak boladi.
7. “ Hazonrezgi” òyinli mashqi.
Maqsad: Og’izdan chuqur va uzulmasdan nafas chiqarishni lab muskullarini harakatchanligini oshirish.
Jihozlar: rangli qoģozlardan barglar, agar kuz fasli balsa haqiqiy barglarni ishlatish mumkin
Òyinnig borishi:
Rangli qoģozlardan; sariq, qizil,jigarrang turli daraxt barglarini kesib olib huddi qor yoģdi òyni kabi qor parchalari òrnida ishlatish mumkin.
8 “Kapalaklar” òyinli mashqi:
Maqsad: Og’izdan chuqur va uzulmasdan nafas chiqarishni lab muskullarini harakatchanligini oshirish.
Jihozlar: Qoģozli kapalaklar.
Òyinnig borishi: Qoģozdan bir necha kapalaklar kesib yasaymiz. Har bir kapalaklarga ip boģlab chiqamiz. Kapalaklarni bolaning yuziga toģri keladigan darajada boģlaymiz.
Bola bilan birga òzbek xalq maqolini talaffuz qilib, sòng kapalaklar uchishi uchun chuqur nafas olib, bir maromda puflashimiz kerakligini aytamiz.
Mashq davomida bolaning tòģri turishga yelkalarini ko’tarmasligiga, tòliq nafas olmasdan turib lunjlarini ishirmasligiga, lablarnini oldinga yengil chòzishga ahamiyat berishimiz kerak boladi.
9 “Stakanda bòron” òyinli mashqi.
Mashq: Kuchli nafas chiqarishga, naycha orqali puflashga òrgatish lab til muskullarini rivojlantirish.
Jihozlar: kokteyl naychasi, suv va stakan .
Òyinning borishi: Keng yoyilgan tilning o’rtasiga naychaning bir uchi joylashtiriladi, keyingi uchi suv yarim tòldirilgan stakanga solinadi.
Burundan nafas olinadi, lablar biroz kulimsiragan holatda bòladi.
Stakandagi suvda bòron hosil bòlishi uchun nafas naycha orqali chiqariladi.
Bu vaqtda logoped bolaning lunjlari ishganligi va lablari qimirlamasligiga e’tibor beriladi.
10 “Pufakchalar” òyinli mashqi.
Jihozlar: Rang – barang pufakchalar.
Òyinning borishi: Bu òyinda bolalar soni 2 – 3 ta bòlsa òyin qiziqarliroq òtadi.
Har bir bolaga bittadan beriladi.
Ultra kim tezroq shishirish musobaqasi òtkazish taklif etiladi.
11 “ Kuzgi soyabon” òyinli mashq
Maqsad: Nafas òrganlarini rivojlantirish, bolalarga burun, oģiz orqali nafas olishga òrgatish va nafas chiqarish vaqtida turli mashqlar bajarishni òrgatish. Emotsional holatini yaxshilash.
Òyinnig borishi: Òyinnig asosiy mazmuni bola soyabon atrofida kuzgi hazonrezgilik holatini paydo qilishdan iborat.
Buning uchun barglarga toģri puflash kerak.
Burundan chuqur nafas olib oģizdan bir maromda chiqariladi.
12. “Issiq choy” òyinli mashqi.
Jihozlar:Rangli qoģozlar qaychi, kley, qoģozli salfetkalar.
Òyinning borishi: Rangli qoģozlardan piyola yasaymiz, uning oģziga, salfetkalardan ingichka tasmachlar qirqib, bir uchini yopishtiramiz.
Bola oynaga qarab kòrgazmani oģzi oldida tutib turadi.
Buyruq asosida burundan chuqur nafas olib oģizdan bir nafasda chiqaradi va bu jarayonda nafas chiqarganda kòrgazmaning qoģoz salfetkali tasmachalariga qarab puflaydi.
Chiqayotgan havo oqimi tasavvurdagi choyda chiqayotgan issiq parni uchiradi.
13 “Kamalak òyinli” mashqi.
Jihozlar : Rangli qoģozlar, qaychi kley.
Òyinning borishi: Yuqoridagi “Issiq choy” mashqi singari rangli qoģozdan bulutchlar kesib olamiz (oq yoki havo rang)
Kamalak ranglarida tasmachlar kesib olamiz va bir uchini bulutchalarga yopishtirib chiqamiz.
Bola oyna qarshisida qòlida kòrgazmani ushlab turadi.
Buyruq asosida bola burundan chuqur nafas oladi va kamalakka puflaydi.
Chiqayotgan havo oqimi kamalaklarni uchayotganini oyna orqali kuzatadi.
14 “ Shillaqurt” òyinli mashqi. Rangli qoģoz, flatmates,kley,qaychi.
Òyinning borishi: Rangli qoģozdan shillaqurt shaklini uzunchoq bòģim- bòģim qilib kesib olamiz. Har bir halqasini garmòshka shaklida tahlab chiqamiz.
Kòrgazmani stòl ustiga qo’yamiz.
Bola buyruq asosida burundan chuqur nafas oladi.
Buyruq asosida shillaqurtga qarab puflaydi.
Chiqayotgan havo oqimi ta’sirida shillaqurt harakatlanadi.
15 “ Xòrozcha” òyinli mashqi.
Bu mashq turgan holatda bajariladi.
Bola oyoqlarini yelka kengligida ochgan, qòllarini tushirgan holatda turadi. Xòrozcha qanotlarin qoqib
Barchamizni uyģatar
Qòllar ikki tomonga kòtaramiz. (Chuqur nafas oladi )
Ikki qòllari bilan oyoqlariga qarsak chaladi.
Qu – qa – ra – qu – quu
(Nafas chiqaradi 5 martta)
16-"Do'mboqchalar" artikulyatsion mashqi.
Logoped bolaga lunjlarini shishirishni ko'rsatib, o'rgatadi va shishirgan holatda 5 gacha shishirib turishni taklif qiladi.Shu holat 5 marta bajariladi.
17-"Ozg'inchalar" artikulyatsion mashqi.
Tishlar ochiq holatda,lablar oldinga bir oz cho'zilgan,lunjlarimiz ichkariga tortilgan holatda bo'ladi.Shu holat 5 marta bajariladi.
18-"Domboqchalar-Ozg'inchalar" artikulyatsion mashqi.
Yuqoridagi shu nomli mashqlar galma-gal bajariladi.
19-"Otni to'xtat" artikulyatsion mashqi.
Lablar bir-biriga yengil qisiladi,lablarda vibrasiya hosil bo'lguniga qadar havo puflanadi.
20-"Arg'imchoq" artikulyatsion mashqi.
Bu mashq ham oyna oldida bajariladi.
Bola oyna oldida qaddini tik tutgan holatda o'tiradi.
Bola tilini ingicha qilib chiqaradi, navbatma-navbat yuqoriga burun tarafga va pastga dahan tarafga yo'naltiradi.
Mashq bajarish jarayonida og'iz yopilmaydi.10-15 martagacha qaytarish mumkin.
21-"Soatcha" artikulyatsion mashqi.
Bola oyna oldida qaddini tik tutgan holatda o'tiradi.
Og'zi ochiq kulimsiragan holatda
Til uchi navbatma-navbat og'izning u burchagidan bu burchagiga harakatlantiriladi.
Mashq jarayonida pastki jag'larimiz harakatsiz holatda bo'ladi.
Bu mashq ham 10-15 marta bajariladi.
22-"Shirin murabbo" artikulyatsion mashqi.
Bola oyna oldida qaddini tik tutgan holatda o'tiradi.
Og'zi ochiq kulimsiragan holatda.
Tilimiz bilan avval yuqori labimizni o'ngdan chapga qarab yalaymiz,so'ngra pastki labga o'tiladi va huddi shu ish bajariladi.
23- "Ilon" artikulyatsion mashqi.
Bola oyna oldida qaddini tik tutgan holatda o'tiradi.
Og'zimizni katta ochamiz,tilimizni tashqariga ingichka uzun qilib chiqaramiz.
Maksimal uzunlikda til chiqarilgandan so'ng orqaga tortiladi.
Shu tariqa sekin tempda 10-15 marta gacha takrorlanadi.
24-"Futbol" artikulyatsion mashqi.
Bola oyna oldida qaddini tik tutgan holatda o'tiradi.
Og'zimiz yopiq holatda.
Til uchini taranglashtirgan holatda avval o'ng,keyin chap tarafga yo'naltiradi,lunjlarimizda koptokchalar hosil qilamiz.
Shu tariqa sekin tempda 10-15 marta gacha takrorlanadi.
25-"Baland-past" ovoz mashqi.
Maqsad:ovoz kuchini o'zgartira olish qobiliyatini rivojlantirish:ba'zan baland, ba'zan past ovozda gapirish.
Jihozlar:kichkina va katta kuchukcha yoki boshqa o'yinchoq.
O'yinning borishi:logoped bolaga 2 la o'yinchoqni ko'rsatadi va katta kuchuk baland ovozda "vovullaydi"- "vov-vov"(baland ovozda)deb ko'rsatib beradi va so'raydi: Katta kuchuk qanday "vovullaydi"?(bola baland ovozda qaytaradi)
Logoped: kichkina kuchuk past ovozda "vovullaydi" -"vov-vov" (past ovozda)
Boladan yana so'raydi : Kichkina kuchuk qanday "vovullaydi"?(bola past ovozda qaytaradi).
26-"Biz bilan o'ynang" ovoz mashqi.
Maqsad: baland ovozdan to'gri foydalanish qobiliyatini rivojlantirish.
Jihozlar: O'yinchoq ayiqcha,quyoncha,tulki yoki qo'l ostimizda bo'lgan o'yinchoqlardan foydalanishimiz mumkin.
O'yinning borishi: logoped boladan 2-3 metr masofaga o'yinchoqlarni joylashtiradi va bolaga murojaat qiladi: "Ayiqcha, quyoncha, tulkilar juda ham zerikishyapti. Kel ularni birgalikda o'ynashga chaqiramiz ular bizni eshitishlari uchun BALAND ovozda chaqiramiz" deb ko'rsatib beradi:"Ayiqcha kel birga o'ynaymiz" (baland ovozda).
Bola ham shu tariqa har bir o'yinchoqlarni chaqirib chiqadi.
Bola baqirib emas,baland ovozda mashqni bajarishiga ahamiyat beramiz.
27-"Qo'g'irchoqni uyg'otib yubormang" ovoz mashqi.
Maqsad:past ovozdan to'g'ri foydalanish qobiliyatini rivojlantirish.
Jihozlar: ko'zlari yumiladigan qo'g'irchoq,unga mos krovatcha,har hil mayda o'yinchoqlar.
O'yinning borishi: logoped bolaga krovatchada yotgan qo'g'irchoqqa ishora qilib "qo'g'irchoq juda ham charchab uhlab qoldi,biz sen bilan o'yinchoqlarni shovqin qilmasdan yeg'ishtiramiz. Qo'g'irchoqni uyg'otib yubormaslik uchun menga PAST ovozda qaysi o'yinchoqni qutiga solish kerakligini navbatma-navbat nomlab tur"deb ko'rsatma beradi.
Bola past ovozda lekin pichirlamasdan o'yinchoqlarni nomlashiga ahamiyat beramiz.
28-"Shamol esmoqda" ovoz mashqi.
Maqsad: ovoz kuchi va nutqiy nafasni rivojlantirish.
O'yinning borishi:bu o'yin guruhli mashg'ulotlar uchun tavsiya qilinadi.
Logoped va bolalar doira shaklida qo'llarini ushlagan holatda, oldindan yod olgan qo'shiqlarini aytadilar:
Biz ormonga boramiz,
Quyoshdan quvonamiz.
Tabiatdan zavq olib,
Chuqur nafas olamiz.
Logoped:bolalar qarang qanday yoqimli,sokin shamol esmoqda:
-Ssssssssss tovushini uzun va sokin talaffuz qiladi va bolalardan ham qaytarishni iltimos qiladi.
Yana kuylashda davom etadilar:
Yuqoridagi qo'shiq takrorlanadi.
Logoped:Bolalar qarang qanday kuchli va shovqinli Shamol esmoqda:
-Shshshshshsh tovushini uzun va shovqinli talaffuz qiladi va bolalardan ham qaytarishni iltimos qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |