Kurs ishining maqsadi: Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarda tafakkur, idrok xususiyatlarini o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
tegishli psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarning idroki va tafakkur xususiyatlarini aniqlash;
og‘ir nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar idroki va tafakkur xususiyatlarini rivojlantirish yо‘llarini aniqlash.
Kurs ishining ob’ekti: og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar ruhiyati.
Kurs ishining predmeti: og‘ir nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar idroki va tafakkurni о‘rganish jarayoni.
Kurs ishini yoritish jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:
kurs ishi mavzusi bo‘yicha pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hujjatlari va tarbiyalanuvchilarning tibbiy pedagogik hujjatlarini o‘rganish, tarbiyalanuvchilar, logopedlar, tarbiyachilar hamda ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazish;
pedagogik jarayonni kuzatish va tahlil kilish;
bolalarning psixologik jarayonlarini o’rganish;
o’rganish natijasida olingan ma’lumotlar va natijalar yuzasidan xulosalar berish.
Kurs ishining metodologik asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim hamma uchun”, “2020 yil - ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ma’ruzalari, asarlaridagi ta’lim – tarbiyaga oid nazariy fikrlari, qarorlari, farmonlari, shaxsning mohiyati, faoliyati, Sharq mutafakkirlarining ta’lim – tarbiya va komil inson to‘g‘risidagi ta’limotlari, hamdo‘stlik mamlakatlari hamda Respublikamiz olimlarining mazkur muammoga oid tadqiqot ishlari kurs ishimizning nazariy, metodologik asosini tashkil etadi.
Bolada maktabgacha yosh bosqichi uning keying, hayotini muhim bosqichi bo’lgan maktabga kirish bosqichiga bevosita o’tish oldidagi bosqichdir. Shuning uchun hayotning 5-6 yoshdagi bolalar bilan ishlashda ularni maktabga psixologik, pedagogik tayyorlash muhim o’rin egallaydi. Bu yerda ikkita jihatni ajratib ko’rsatish mumkin: birinchidan, u kelajakda o’quv dasturini yaxshi o’zlashtirishi asosida bolaning maqsadga yo’naltirilgan, shaxsning psixik bilish jarayonining davomiy shakllanishi yotadi; ikkinchidan, boshlang’ich maktab ko’nikma va malakalariga o’qitish (yozish, o’qish, sanash elementlari).
Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalarning tafakkuri rivojlanishini o’rganish jarayonida shu narsa aniqlandiki, bunday bolalarning deyarli barchasida tafakkur jarayonlarning rivojlanishida ortda qolishi kuzatiladi.
Og‘ir nutq kamchiligiga ega bolalardagi tafakkur rivojlanishidagi kamchiliklarni turli mashqlar va o‘yinlar asosida bartaraf etish samarali bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologik tekshirishning maqsadi – bolalarni ruxiy rivojlanishi xamda psixik funksiyalarning xolatiga baxo berishdir.
Psixolog bolada korreksion mashg‘ulotlar olib borishda bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi, eksperiment vaqtida bolaning kayfiyatini ko‘tarib uni maqtab yaxshi so‘zlarini aytish kerak.
Og’ir nutq nuqsonlariga ega bolalarning idroki va tafakkurini tekshirishga va rivojlantirishga qaratilgan metodikalar
1. “Narsalarni taqqoslang”. Bu metodika idrok va tafakkurni tekshirishga va rivojlantirishga qaratilgan. Bolaning oldiga ikkita o‘yinchoq qo‘yiladi. Bola avval ular nimasi bilan bir – biriga o‘xshashligini, keyin o‘zaro farqini aytib berishi kerak. Masalan, ayiq va quyoncha bir – biriga yumshoqligi bilan o‘xshaydi, ularning qo‘l, oyoqlari, ko‘z, quloqlari bor. Farqi shundaki, ayiq katta, quyon kichkina. Ayiq – jigarrang, quyon oq va xakozolar. Belgilarini bolalar bilan galma – gal aytish mumkin. Shu tarzda xar qanday juft o‘yinchoqni taqqoslash mumkin.
2. “Xatosini top”. Bu metodika idrok va tafakkurni o‘stirishga qaratilgan. Avvaldan 5 – 6 ta xatosi bo‘lgan rasm chizing. Masalan, qish kuni xovlida o‘ynab yurgan o‘g‘il bolalar yengil oyoq kiyimda, qiz bolalar savatchada qo‘ziqorin terib yurgan xolda tasvirlangan bo‘lishi mumkin. Albatta surat mazmuni va xatolar tushunarli bo‘lishi lozim. Metodikani murakkablashtirish uchun xatolar sonini ko‘paytirish lozim, ularni bola uchun sezilmaydigan qilish lozim.
3.“Ortiqchasini top”. Bu o‘yin idrok va tafakkurni tekshirishga va rivojlantirishga qaratilgan. Bolaga 4 – 6 ta rasm orasidan siz tasvirlaganingizni (farqini, kata-kichikligini) ajratib berishini taklif qiling.
Xulosa
Og’ir nutq nuqsonlariga ega bolalarning idroki va tafakkurini o’rganish, tekshirish va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot ishimizni 2 bosqichda olib bordik: birinchi bosqichda gurux logopedi bilan suxabtlashdik. Suxbat davomida bolaning rivojlanish tarixi va xujjatlarini o‘rgandik; ikkinchi bosqichda bolalarni o‘yin va mashg‘ulot jarayonlaridan kuzatdik; alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarning tafakkurini psixologik tekshirish metodikalarini aniqladik va tarbiyalanuvchilarning psixologik jarayonlarini o’rgandik. Nazariy o’rganish jarayonida shu narsa aniqlandiki, bunday bolalarning deyarli barchasida tafakkur jarayonlarning rivojlanishi ortda qolishi kuzatildi. Og’ir nutq nuqsonlariga ega bolalardagi tafakkur rivojlanishidagi kamchiliklarni turli mashqlar va o‘yinlar asosida bartaraf etish samarali bo‘ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |