Mavzu: oecd va iea xalqaro tashkilotlari faoliyati va tahlili



Download 19,68 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,68 Kb.
#247946
Bog'liq
OECD va IEA xalqaro tashkilotlari faoliyati va tahlili.


Mavzu: OECD va IEA xalqaro tashkilotlari faoliyati va tahlili.

Mavzu rejasi:

1. OECD xalqaro tashkilotining faoliyati mazmuni

2. IEA xalqaro tashkiloti faoliyati mazmuni

3. OECD va IEA xalqaro tashkilotlari O’zbekiston bilaan xamkorligi.

Adabiyotlar:

Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1996й.

Сафо Очил., Ҳошимов К. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Т.: Ўқитувчи, 1999й.

Qurbonova U. Qiyosiy pedagogika o’quv qo’llanma-2013y.

Najmiddinova G., Qurbonova U. Qiyosiy pedagogika darslik - 2014y.

Xodjayev B., Mutalipova M. Qiyosiy pedagogika - Т.: 2015y

Вульфсон Б. Сравнительная педагогика : История и современные проблемы / — М. : УРАО, 2003г.

Джуринский А. Сравнительная педагогика: Учебник для магистрантов / - Люберцы: Юрайт, 2016г.

Супрунова Л. Сравнительная педагогика: Учебник / - М.: Academia, 2017г.

OECD bu iqtisodiy hamkorlik, taraqqiyot tashkiloti hisoblanadi . Ushbu tashkilot 1961-yil 30-sentyabrda bosh shtab kvartirasi Parijda joylashgan bo'lib , tarkibiga 35ta davlat kiradi . Bu tashkilotning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni ilgari surishdan iborat.

Binobarin, a'zo davlatlar erishgan iqtisodiy rivojlanish ajoyib va bu tan olingan . Chunki ular butun dunyo bo'ylab savdo va investitsiyalarni deyarli 80 foizini tashkil etadi .

OECD ning maqsadlari;

A'zo mamlakatlarning iqtisodiy ' siyosiy va ijtimoiy rivojlanishga ko'maklashish.

A'zo mamlakatlarning hamkorlik , rivojlanish va iqtisodiy kengayish strategiyasini ishlab chiqish.

Rivojlangan a'zo mamlakatlar iqtisodiyitini o'sishi va kengayishini maksimal darajada oshirish.

Jahon savdosini kengaytirishga , ish joyini yaratishda va a'zo davlatlar fuqarolarining hayot sifatini yaxshilashga hissa qo'shadi.

Davlat siyosatini shakllantirish bo'yicha xalqaro standartlarni o'rnatish.

Qariyib 60 yildan ko'proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta'limni qiyosiy o'rganish sohasida yetakchi tashkilot bo'lib kelmoqda . Mazkur tashkilot ta'lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta'sirini chuqurroq o'rganish maqsadida ta'lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta'lim jarayonlari va natijalarini ko'rib chiqib , ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi o'zaro bog'liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi.

1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta'lim sohasiga oid ko'plab mavzular bo'yicha 30 dan ortiq qiyosiy tadqiqotlarni o'tkazadi. Jumladan , matematika va tabiiy fanlar -TIMSS, o'qish- PIRLS, fuqarolik va fuqarolik ta'limi -ICCS, kompyuter va axborot texnologiyalari bo'yicha savodxonlik -ICILS kabi yo'nalishlarda o'quvchilarning bilim va ko'nikmalari , umuman olganda ta'lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda .

IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o'quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo uyg'unlik asosida o'z ichiga oladi , bu esa dunyo bo'yicha va har bir mamlakat kesimida ta'lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi .

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash , ularning bilim , ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar , xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish , shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish , mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish , tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar , ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2019- yil 29- apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712- son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlari tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish , matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.

Butun dunyo bo'ylab o'qish savodxonligining rivoji odamlarning nima sababdan o'qishlari bilan bevosita bog'liq . Umuman olganda , bu sabablar zavqlanish va shaxsiy qiziqish uchun o'qishni yoki ta'lim va jamiyat hayotida munosib ishtirok etishni o'z ichiga oladi. Ko'pgina yosh o'quvchilarning dastlabgi mutolaasi aksariyat hollarda hikoya yoki o'quvchilarda atrofidagi dunyo haqida ma'lumot beradigan va savollarga javob beradigan ma'lumotli matnlardan iborat bo'ladi . Yosh o'quvchi uchun o'qish savodxonligining har ikki maqsadi ham muhim hisoblanadi . Shuning uchun PIRLS har bir o'qish turini baholashda matnlarni teng bo'lishni asosiy maqsad qilib olgan .
Download 19,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish