Xurshidabonu, Abdullatif va Abdulazizlarning portretlari bir xil vaziyatda ichki kechinmalari bilan uyg’unlashtirilib beriladi. Xurshidabonu ham otasidek ilmli, bilimli, aql-zakovatli, ammo qo’rqoq emas. U Ulug’bekning o’limi xabarini eshitganda (ayollarga xos!) alamdanmi, faryoddanmi ro’molining uchini barmoqlariga o’rab lablarini himarib (yig’lamoqchi) osmondagi oyga tikilib qolgan edi. (go’yoki Ulug’bek tirikligida osmondagi oy misol edi). - Abdulaziz – Ulug’bekning o’g’li, faqat kasalmand-telba. Uning portreti asar voqeasidan ham ko’ra dahshatli qilib chiziladi. Chunki ota o’limini eshitgan farzandning tishlari bir-biriga tegmay shaq-shaq qilishi, iyagi osilib vujudi ayanchli tus olishi tabiiy.
- Mirzo Abdullatif ham farzand. Ammo u farzandlarning padarkush, mal’un toifasidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |