Mavzu: oddiy va murakkab to’pgullar reja


-rasm. Gulning morfologik tuzilishi



Download 0,85 Mb.
bet2/6
Sana29.05.2022
Hajmi0,85 Mb.
#619369
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oddiy va murakkab to\'pgullar

39-rasm. Gulning morfologik tuzilishi2.
3.Gul qismlarining tuzilishi va vazifasi
Kosacha bilan gulbarg birgalikda gul qoplamini tashkil etadi va gulqo’rg’on deb ataladi. Gulqo’rg’on gulining ichki qismini tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan (qurib qolish va sovuqdan) saqlaydi gulqo’rg’on kosacha va gultojdan tashkil topgan bo’lsa (g’o’za) qo’sh gulqo’rg’on, agar birqator gulbargdan yoki kosachabargdan iborat bo’lsa (lola) oddiy gulqo’rg’on deb ataladi. Gulqo’rg’oni bo’lmagan gullar yalang’och yoki ochiq gul (tol) deb yuritiladi. Gultoj tubida, gul o’rnida ba’zan asalchi bezlar (nektardon ) joylashgan bo’lib ular, hasharotlarni o’ziga jalb etish uchun shira ajratib chiqaradi (40-rasm).
SHunday qilib, gultojning asosiy funktsiyasi changlovchi hasharotlarni o’ziga jalb etish bo’lib, bunga gulbarglarining ochiq rangli, xushbo’y hidli va gul shirasining bo’lishi bilan erishiladi. Gul ichida shakli o’zgargan barglar – changchilar ham joylashgan, ular uchlarida changdonlar bo’lgan changchi iplaridan tashkil topgan. CHangchilar yig’indisi androtsey deb ataladi. CHangchilar erkin holda turadigan yoki bir – biriga qo’shilib o’sgan bo’lishi mumkin. CHangdonlar ichida chang bo’ladi, u o’simliklarning changlanishi uchun zaraur.
Gulning o’rtasida bir yoki bir nechta urug’chi bo’ladi, u bir yoki bir nechta shakli o’zgargan, qo’shilib o’sgan bargdan (urug’chi barglardan) iborat. Urug’chilar yig’indisi genitsey deb ataladi. Urug’chi odatda, uch qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat bo’ladi. Tumshuqcha chang donachalarini qabul qilish uchun xizmat qiladi. Ustuncha tumshuqchani tuguncha bilan bog’laydi: tugunchaning bitta yoki bir nechta urug’kurtak bo’ladi, gul urug’langandan keyin unda urug’ hosil bo’ladi. Tuguncha urug’kurtaklar bilan birgalikda urug’chining eng muhim qismi hisoblanadi.
Har xil o’simliklarning gullari bir – biridan faqat katta- kichikligi va shakli bilan emas, balki ularni tashkil etuvchi qismlari soni bilan ham keskin farq qiladi. Faqat gulo’rni hamma gulda bo’ladi. Boshqa qismlar, ba’zan bo’lmasligi ham mumkin.
Agar gulda hamma qism bo’lsa, u to’liq gul, agar biror qismi bo’lmasa, chala gul deb ataladi.
YUqorida aytib o’tilgandek, gulkosa bilan gultoj birgalikda gulqo’rg’onni hosil qiladi, u jinsiy organlarni himoya funktsiyasini bajaradi.
Gul rivojlanishining dastlabki davrida (g’unchalik vaqtida) gulqo’rg’on gulining shakllanayotgan ichki qismlarini (changchi va urug’chilarni ) tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan saqlaydi. Gullash davrida ham (ayniqsa, gullash muddati bir necha kunga cho’zilib ketganda) gulqo’rg’on o’sha funktsiyasini bajaradi. Gulqo’rg’on, ko’pincha, gulni kechasi (lolada ) yoki kunduzi (namozshomgulda ) ham berkitib turadi.
Gullar, ko’pincha, gulqo’rg’oni (kosachasi yoki gultoji ) bor yo’qligiga qarab farq qilinadi. Ana shu belgisiga qarab, gulqo’rg’on quyidagi tiplarga bo’linadi: gulkosacha va gultojdan iborat qo’shgulqo’rg’on, agar u yashil bargchalardan iborat bo’lsa (masalan, nasha yoki qand lavlagi gulida) kosachasimon gulqo’rg’on deb atladigan oddiy gulqo’rg’on, agar uning gulbarglari ochiq rangli bo’lsa (piyozgulda) tojisimon gulqo’rg’on bo’ladi.
SHunday qilib, bitta gulqo’rg’onli gulning kosachasi bo’lmaydi, balki faqat gultojning rangli gulbarglari yoki aksincha, kosacha bargi bo’ladiyu, gultoji bo’lmaydi (lola, yong’oq va boshqalarda).
Gulqo’rg’oni (kosachasi va gultoji) butunlay bo’lmaydigan, faqat changchilari hamda urug’chilari bo’ladigan gullar (qiyoq va boshoqdoshlarda ) gulqo’rg’onsiz yoki yalang’och gul deb ataladi.
Gulning tashqi qoplami – kosacha har xil shakldagi mayda bargchalardan (kosacha barglardan) iborat bo’ladi. Agar ular doira bo’ylab bir qator joylashgan bo’lsa, qo’shqavat kosacha deyiladi.
Qo’shqavatkosachaning tashqi doirasi ostki kosacha (qo’shimcha kosocha ) deyiladi (masalan, gulxayridoshlarda).
Kosachaning rangi, odatda, yashil, ammo kosachabarglar gultojining rangida bo’lishi mumkin. Gullash tugagandan keyin kosacha bilan gultoj birgalikda to’kilib ketadi, ba’zi o’simliklarda u meva yoki gul bilan birga qolish mumkin: ko’knorining kosachasi juda erta – gullay boshlagan vaqtida, olchaniki esa gullab bo’lgandan keyin gul barglar va changchilar bilan birga to’kiladi. Boshqa o’simliklarda (masalan, olma va noklarda) kosacha to meva pishguncha saqlanadi. Ba’zan u saqlanib qolib, meva bilan qo’shilib o’sib ketadi va uni himoya qiladi. Ko’pincha kosachaning shakli o’zgarib uchmaga aylanadi va bunda mevalarning (qoqio’t va bo’ztikanda ) tarqalishiga yordam beradi.
Kosacha barglar bir – biri bilan qo’shilib o’sishi mumkin, bunday kosachalar tutash bargli kosacha deb ataladi. Kosachalar qo’shilib o’sgan bo’lmasa, erkin bargli kosacha deyiladi.
Qo’sh gulqo’rg’onning ikkinchi doirasi gultojni tashkil etadi, gultoj anchagina yirik va rangli gulbarglardan iborat bo’ladi. Gulbarglar kosacha bilan birgalikda himoya funktsiyasini bajaradi. Gul ochilgandan keyin gultoj, CH.Darvinning mohirona ifodasi bilan aytganda, o’zga hashorotlarni jalb etadigan va gulni bezab turadigan lavholik rolini o’ynaydi.
Odatda, gultoj har xil : sariq, qizil, zangori va hokozo rangli bo’ladi. Bunday rang pigmentlarga (antotsian, antoxlor va karatinoidlarga) bog’liq bo’ladi. Hamda ko’pgina o’simliklarning doimiy belgisi hisoblanadi. Gulning yoshiga qarab, gultojning rangi o’zgarshi mumkin. Masalan, g’o’za gulining gultoji avval oq yoki oq- sarg’ish, gullab bo’lishiga yaqin esa pushti rangli bo’ladi.
Agar gultojning gulbarglari bir – biri bilan qo’shilib o’sib ketgan bo’lsa, tutash gulbargli gultoj deyiladi. Agar gulbarglar bir- biridan erkin ajralib tursa. Bunday gultoj erkin gulbargli gultoj deb ataladi. (ko’knori va g’o’zada). Gulbarglarning shakli ham nihoyatda xilma –xil: asosi (tubi) keng yuqoriga qarab asta – sekin torayib boradigan yoki asosi kambar bo’lib, uchki qismi kengayib boradigan bo’ladi.
Ayrim gulbargda toraygan qismi - gulbarg tagi va kengaygan yuqorigi qismi yaprog’i farq qiladi. Tutash gul bargli gultojning bar – biriga qo’shilib o’sib ketgan qismi naycha, qo’shilib ketmagan qismi esa qaytaqi deb ataladi. Naychaning qaytaqiga o’xshagan joyi toj og’izchasi (bo’g’zi) deyiladi. Bunday tuzilgan gultojlar chinnigulda va ba’zi boshqa o’simliklarda uchraydi. Gultojning gulbarglari, ko’pincha, ma’lum darajada kertikli bo’ladi, ammo butunligicha qolishi ham mumkin. Ba’zi o’simliklar gulning gulbarglarida shokilalar yoki tilsimon o’simtalar hosil bo’ladi.
Gultojlar va gulning shakli ham nihoyatda xilma- xil. Gultoj va gullar tuzilishining umumiy xarakteriga qarab, to’g’ri (aktinomorf) gultoj va gullar hamda qiyshiq (zigomorf ) gultoj va gullar farq qilinadi (41,42, 43,44-rasmlar). To’g’ri gultoj va gullarning hamma gulbarglari bir xil, ulardan fikran bir nechta simmetrik tekisliklar o’tkazish mumkin (masalan, g’o’za, olcha, lola va boshqalarning gullari). Qiyshiq gultoj va gullarning gulbarglari bir xil bo’lmaydi, ulardan faqat bitta simmetrik tekislik o’tkazish mumkin (masalan, no’xot, akatsiya, yalpiz gullari) Agar gultoj va guldan bitta ham simmetrik tekislik o’tkazish mumkin bo’lmasa, bunday gul assimmetrik gul deb ataladi. (gunafsha, shoyigul).
Ayrim (tutashmagan) gulbargli aktinomorf gullar orasida o’z tuzilishi va tashqi shakli bilan bir – biridan farq qiladigan bir necha tipdagi (bir necha xil) gulbarglarni ko’rsatish mumkin. Bularga krest shaklida joylashgan to’rtta gulbargdan iborat krest gulli gultojlar kiradi. Bunday gultojlar karam, turp va boshqa o’simliklarning gullariga xos.
Beshta gulbargdan iborat chinnigul tipidagi gultojlar ham bo’ladi, bunday gullarda (chinnigul ) gulbarg tagi va yaproq qismi bor. Ko’pincha gulbarg tagi bo’lmaydigan beshta gulbargdan tuzilgan tipdagi gultojlar ham uchraydi (atirgul, olma, olchada).
Ayrim (alohida) gulbargli zigamorf gultojlar ham tuzilishi va shakliga qarab, bir necha gruppaga bo’linishi mumkin. Masalan, kapalaksimongultojlar gruppasiga kiruvchi gultoj beshta gulbargdan iborat bo’ladi. YUqorigi, odatda, anchagina yirik bo’ladigan, toq gulbarg, undan keyin yon tomonlarga yo’nalgan ikkita yon gulbarg hamda quyi qismi qo’shilib o’sib ketgan, ko’pincha, qayiqcha deb ataladigan ikkita pastki gulbarglar keladi. Bunday gullar dukkakdosh o’simliklarda (beda, no’xat, mosh va boshqalarda ) uchraydi.
Qo’shilib o’sgan aktinomorf va zigamorf gultojlarning tashqi ko’rinishida ham anchagina xilma – xillikni ko’rish mumkin.
Gullab bo’lgandan keyin gultojning gulbarglari, odatda, to’kilib ketadi, buni olma va olcha kabi o’simliklarda ko’rish mumkin. Faqat kamdan kam hollarda, gultoj qurib qolib, mevalarda saqlanib qoladi.
Gul o’rnida gulqo’rg’ondan ichki tomonda changchilar o’simliklarning erkaklik urug’i joylashadi, ular bittadan to bir necha yuztagacha bo’lishi mumkin. Rivojlangan har qaysi changchining pastki ipsimon yoki plastinkasimon qismli ipi hamda yuqorigi kengaygan, xaltachasimon, qismi-changdoni bo’ladi. Ipning changdonga birikkan joyi bog’lag’ich deb ataladi.
CHangdonlar, odatda, ikkita ichki chang xaltachalardan tashkil topadi, ularning ichida chang bo’ladi. Ba’zi o’simliklarning changchi iplari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi, ularda changdonlar to’g’ridan – to’g’ri gulo’rniga birikadi. Bunday gullar bandsiz gul deyiladi.
CHangchilar gul o’rnida doira yoki spiral shaklida joylashadi. Ular batamom erkin yoki qisman bir – biriga qo’shilib o’sgan bo’lishi mumkin. Masalan, g’o’za gulida changchilar yaxlit naycha bo’lib qo’shilib o’sadi, uning uning ichidan urug’i o’tadi. Dukkakdoshlarda to’qqizta changchi birga qo’shilib o’sadi, o’ninchisi esa erkin qoladi. Faqat changchilar (murakkabguldoshlarda) yoki faqat urug’chi iplari (dukkakdoshlarda) qo’shilib o’sishi mumkin. Bundan tashqari, changchilar faqat bir – biri bilangina emas, balki gulning boshqa qismlari bilan ham qo’shilib o’sish xususiyatiga ega. Ba’zan changchi iplarining shoxlanishlari ham kuzatiladi, buning natijasida changchining uchki qismi bir necha shoxchaga ajraladi, ulardan har qaysisining uchi changdon bilan tugaydi (kanakunjutda). CHangchilarning sirti odatda yalang’och bo’ladi, ammo ba’zi changchilari tuk bilan qoplangan o’simliklar ham uchraydi (sigirquyruq).




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish