2.2. Oddiy qirqimlarga oid ishlanmalar
Eng oxirida o`quvchilarni murakkab siniq qirqimlarni taxt qilish qoidalari bilan tanishtirish va murakkab qirqimlarga ega bo`lgan chizmalarni o`qish va bajarishga doir frontal va individual mashqlaro`tkazish muhimdir.Bu mavzu bo`yicha mustaqil ishlar bajarishda o`quvchilarda quyidagi tipik xatolar tеztеz uchrab turadi:
1) bеrilgan kеsuvchi tеkisliklar yo`nalishini bog`lovchi o`tish joyini noto`g`ri tanlash;
2) bir kеsuvchi tеkislikdan unga parallеl bo`lgan ikkinchi bir kеsuvchi tеkislikka o`tish joyini frontal qirqimda tutash chiziq bilan tasvirlash;
3) kееim chizig`ining boshlang`ich va oxirgi shtrix chiziqlari ko`p incha tasvir konturini kеsadi;
4) kеsim chiziqlarining yoto`g`ri bеlgilanishi, shuningdеk zarur yozuv- larning bo`lmasligi.
Bu xatolarning oldini olish uchun o`quv matеrialini bayon btishda ularga e`tibor bеrish kеrak bo`ladi.
Yuzani namda tekislik orqasida ko’rinib qolgan teshik chiziqlari, qirra, qovurg’a, vahokazolarni qo’shib ko’rsatish qirqim deyiladi. Kesuvchi tekisliklar soniga qarab qirqim oddiy va murakkab qirqimlarga bo’linadi. Oddiy qirqim. Chizmada bitta kesuvchi tekislik bilan hosil qilingan qirqim oddiy qirqim deyiladi. Kesuvchi tekislikning proyeksiyalar tekisligiga nisbatdan joylashuviga qarab oddiy qirqimlar quyidagicha bo’ladi.Gorizontal qirqim- Qirquvchi tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’ladi. (3.13 s rasm)Frontal qirqim – Qrquvchi tekislikni frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel qilib olinadi (3.14- rasm)
Profil qirqim-qirquvchi tekislikni profil proyeksiyalar tekisligiga parallel qilibolinadi (3.15-rasm).Qiya qirqim – qirquvchi tekislik proyeksiyalar tekisligining biriga nisbatdan biror burchak ostida bo’ladi (3.16 rasm).Simmetrik shakllarda iborat bo’lgan ko’rinishlarda qirqimni to’liq ko’rsatish shart emas. Bunda bitta proyeksiyada ko’rinishning yarim qirqimning yarmi bilan qo’shib tasvirlanadi, ularni bir birida simmetrik o’q ajratib turadi. (3.17 rasm)
Maxalliy qirqim-buyumning biror kichik qismini aniqlash maqsadida berilgan qirqim maxalliy qirqim deyiladi (3.18- rasm) qirra simmetrik buyumlarga qirqim berishda agar qirra simmetrik o’qi bilan qo’shilib qoladigan bo’lsa ko’rinish qismi qirqim qismidan to’liqsimon chiziq bilan ajratiladi (3.19- rasm)
Ikki va undan ortiq kesuvchi tekislik bilan xosil qilingan qirqim murakkab qirqim deyiladi. Murakkab qirqimlar pog’onali va siniq qirqimlarga bo’linadi.Kesuvchi tekislik o’zaro parallel joylashgan bo’lsa, pog’onali qirqim (3.20- rasm), kesuvchi tekisliklar o’zaro kesishib burchak xosil qilsa siniq qirqim (3.21- rasm) xosil bo’ladi.4.Kesimlar. Detalning tekislik bilan kesilgan yuzasigagina ko’rsatilgan tasvir kesim deyiladi.Kesimlar chizishda joylashtirishiga qarab chetga chiqarilgan va ustiga qo’yilgan kesmalarga bo’linadi.
Chetga chiqarilgan kesmalar buyum ko’rinishlaridan tashqarida joylashadi va asosiy tutash chizig’I bilan ajratiladi (3.24- rasm), (3.23- rasm)
Ustiga qo’yilgan kesmalar bevosita ko’rinishning o’zida tasvirlanadi (3.24- rasm)Kesim deb bir yoki bir necha tekislik bilan buyumni fikran kesilganda hosil bo‘lgan kesim yuzasining tasviriga aytiladi. Kesimlarda qirqimlardan farqli ravishda kesuvchi tekislik bilan kesilgan yuzaning o‘zi tasvirlanadi.
Kesimlarning chiqarilgan (10.14- rasm, a) va ustiga chizilgan (10.14- rasm, b) turlari mavjud. Ko‘proq chiqarilgan kesimlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularni asosiy ko‘rinishlarni uzib orasiga joylashtirib ko‘rsatish ham mumkin(10.14- rasm,v).
Chiqarilgan kesimning kontur chizig‘i asosiy tutash chiziq bilan, ustiga chizilgan kesimning konturini esa ingichka tutash chiziq bilan beriladi.Nosimmetrik kesimlarda kesuvchi tekislikni strelka bilan yo‘nalishi ko‘rsatilgan uzuq chiziq bilan beriladi. Chiqarilgan kesimni esa mos ravishdagi rus alfavitining katta harflari bilan belgilanadi (10.14- rasm, a). Ustiga yoki oraliqqa chizilgan kesimlarda kesuvchi tekislik strelka va uzuq chiziq bilan ko‘rsatiladi, lekin harf belgisi qo‘yilmaydi (10.14-shakl, b,v).Simmetrik bo‘lgan chiqarilgan yoki ustiga chizilgan kesimlarda simmetriya o‘qi ingichka shrtixpunktir chiziqlar bilan chiziladi, biroq uzuq chiziqli, harfli va strelkalibelgilarqo‘yilmaydi.
K esim yuzalarining qurilishi va holati strelka ko‘rsatgan yo‘nalishga mos kelishi shart. Kesimni chizmaning ixtiyoriy joyida joylashtirish mumkin. Kesuvchi tekisliklarning holati buyumning normal ko‘ndalang kesimiga mos kelishi kerak. Kesim yuzaning shakli kesuvchi tekislikni proeksiya tekisliklaridan birortasiga nisbatan parallel holatga kelguncha aylantirib olinadi (10.15-10.16- rasm).Bitta detalga tegishli bir nechta bir xil kesimlarni bir xil harf bilan belgilanishiga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, 10.17-shakldagi A-A kesim.Aylanish o‘qiga radial yo‘nalishda perpendikulyar o‘yilgan konussimon (10.18,a- rasm) yoki silindrik (10.18,b- rasm) teshiklarni kesimda ko‘rsatilganda, kesim konturi to‘liq chiziladi. Kesuvchi tekislik sifatida silindrik sirt olinib, uni yoyib ko‘rsatish ham mumkin. Bunday hollarda kesim belgisi yoniga belgisi qo‘yiladi yoki «yoyilgan» deb yozib qo‘yiladi (10.19- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |