2. Mutlaq spetsifiklik. Spetsifiklikning eng qatiy va eng ko`p tarqalgan turi mutlaq spetsifiklikdir. Bu turdagi spetsifiklikka ega bo`lgan ferment faqat bittagina substratga tasir etadi va substrat molekulasida ro`y beradigan ozgina o`zgarish ham uning faolligini yo`qolishiga olib keladi. Jigarda uchraydigan arginaza fermentini bunga misol qilib keltirish mumkin. Uning substrati L-arginin bo`lib, ferment bu aminokislotaning boshqa unumlaridan birortasiga ham tasir etmaydi. Oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlarning muhim vakili suktsinatdegidrogenaza mutlaq spetsifiklikka ega. U faqat qahrabo kislotani degidrirlaydi. Ammo ferment suktsinatdan faqat bitta metilen guruhini ortiq yoki kam saqlaydigan malonatga yoki glutaratga tasir etmaydi.

3. Mutlaq guruhli spetsifiklik ‘ faqat substratlarning o`xshash guruhlarini katalizlaydi. Masalan, alkogoldegidrogenaza faqat etanolga emas, balki har xil tezlikda bo`lsa ham boshqa alifatik spirtlarga ham tasir etadi.

4. Nisbiy guruhli spetsifiklik ‘ ferment substrat molekulalarining guruhlariga spetsifiklik tasir qilmasdan, substrat guruhlarining malum bir kimyoviy bog`lariga tasir qiladi. Masalan, ovqat hazm qilish fermentlari ‘ pepsin, tripsin turli oqsillardagi malum aminokislotalardan hosil bo`lgan peptid bog`iga nisbatan spetsifik.
5. Nisbiy substratli spetsifiklik ‘ ferment kimyoviy birikmalarning turli xil guruhlariga tegishli substratlarni katalizlaydi. Masalan, sitoxrom P450 fermenti turli xil moddalarning (7000 ga yaqin) gidroksillanishida ishtirok etadi. Bu tabiiy moddalar, dori va zaharlarning o`zgarishlarida ishtirok etadigan kamroq spetsifiklikka ega bo`lgan fermentli sistema.