Yopiq kodli dasturiy ta’minotlarga misol qilib quyidagi dasturiy ta’minotlarni keltirishimiz mumkin: Microsoft Windows, Adobe Flash Player, PS3 OS, iTunes, Adobe photoshop, Google earth, macOS( Rasman Mac OS X va OS X), Skype, WinRAR, Oraclening Java versiyasi va Unix ba’zi versiyalari. Shu bilan bir qatorda ba’zi tizimlarning distributivlari ham yopiq ham ochiq kodli bo’lishi mumkin. Masalan, Unix operatsion tizimini ochiq kodli deb hisoblasak uning ba’zi distributivlari yopiq kodli hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tdikki dasturiy ta’minotning kodi yopiq bo’lishining sababi mualliflik huquqqini ozlashtirish va asos kodni ko’chirib olish bo’lsa, yana bir sabablardan biri hujumlarni ishlab chiqishlardan himoyalash. Bunga sabab buzg’unchi tizimning asos kodini ko’ra olsa, tizimni tushuna oladi va bu esa tizimga kirish uchun buzg’unchi dasturlar yoki yo’llarni ishlab chiqishda juda katta yordam beradi. Davlat tashkilotlarining ba’zilari o’z tizimiga shu yopiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanadi. Yopiq kodli dasturiy ta’minotlarda texnik ta’minotga ham cheklovlar qo’yilishi mumkin. Masalan Appleda Mac OS X dan foydalanish uchun litsenziyali modelidan foydalanadi. Eng ommabop yopiq kodli dasturiy ta’minotlardan biri bu Windows operatsion tizimi hisoblanadi. Bu kompaniya dasturiy ta’minoti boshqalar uchun asos kodi yopiq hisoblanadi va ular dasturiy vositalarini sotadi. Ochiq va Yopiq kodli dasturiy ta’minotlarning afzallik va kamchiliklari. Obyektga yo’naltirilgan dasturlashda ochiq va yopiq kod usulidan foydalaniladi. - Masalan Javada Public va private usullari mavjud. Bulami ochiq va yopiq kodlarga misollar keltirsak bo’ladi. Public usulida hammaga ochiq bo’ladi. Lekin Private usulida faqat class ichida ko’rinadi.
- Ochiq kodli dasturiy ta’minotlarda asos kod hammaga ochiq hisoblanadi. Bu esa o’z o’rnida hammaga o’zgartirish huquqini beradi. Ya’ni istalgan odam bu dasturiy ta’minotga ozgartirish ya’ni rivojlantirishni qo’sha oladi. Misol uchun Linux operatsion tizimlari ochiq kodli hisoblanadi. Va hammamiz bilamizki bu tizim juda rivojlangan hisoblanadi. Chunki bu tizimga juda ko’plab malakali mutaxassislar rivojlanishga o’z hissalarini qo’shishgan.
- Yopiq kodli dasturiy ta’minotning ma’nosi uning asos kodlari yopiq hisoblanadi. Bu esa yuqorida aytganimizdek dasturiy ta’minot kodlarini ko’chirib, o’zlashtirishdan va muallif nomini o’zgartirib o’z nomini yozib yozib qo’yishdan himoyallaydi. Biz bilganimizdek bu tizimga Windows operatsion tizimi misol qila olamiz. Bilamizki bu tizim yaratuvchisi bu orqali juda katta foyda olishidan xabardormiz. Asos kodi yopiq bo’lganligi uchun bu tizimdan ko’chirmachilik qilish imkoni yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |