Kalit 1 Kalit 2 - Shifrlash matn Deshifrlash matn
- Bugungi kunda kriptografiya fani jadal suratlar bilan rivojlanib kopchilik tomonidan katta qiziqish bilan o`rganilmoqda. Bunga misol tariqasida yevropa va amerika mamlakatlarining bank tizimini olishimiz mumkin. Ularda qog`ozbozlik bilan hal qilinadigan ishlar deyarli qolmadi, barcha ishlar elektron variantdagi hujjatlar va imzolar bilan hal qilinadigan bo`ldi. Bu esa o`z navbatida bank tizimidagi ma`lumotlarni muxofazasini ya`ni maxfiyligini ta`minlash shartlarini talab etadi.
- Yaqin yillar ichida mamlakatimiz ham raqamli imzo va hujjatlar tizimiga to`la va to`kis o`tadi. Bu paytda bizning yaratgan dasturimiz bank tizimi va qolgan ijtimoiy sohalardagi kerakli axborotlarni muxofazasini ta`minlaydi. Bu kriptografik dasturning yaratilishi favqulotda holat emas balki bu taraqqiyot va davr talabidir. Insoniyat zamon bilan ham nafas ravishda rivojlanib boradi. Zamonning shakllanishi esa taraqqiyotga bog`liq, taraqqiyotni o`zgartirish esa bizning qo`limizda.
- Agar biz yaratgan dasturning muhofaza tizimi bo`lmaganda edi, uning oqibatlari ancha ayanchli tarzda tugagan bo`lardi. Buning oqibatlariga misol keltiradigan bo`lsak, bularga: mamlakatda bank tizimidagi islohotlarga salbiy tasir ko`rsatishi mumkin, bank tizimida ko`pdan-ko`p qaroqchilik holatlari bo`lishi mumkin, ta`magirlikga yo`l qo`yilishi mumkin, begona shaxslarning bank faoliyatiga to`g`ridan-to`g`ri aralashish hollari kuzatilishi mumkin va bank mijozlarining omonatlari muhofazasining susuayishiga olib kelishi mumkin. Bu holatlarning eng yomon tomoni shundaki, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. Hozir biz faqatgina bank tizimi nuqtai nazaridan kelib chiqib shunday xulosaga kelyapmiz. Agar jamiyatning boshqa sohalaridan kelib chiqib gapirganimizda edi, uning oqibatlari anchagina ayanchli bo`lardi.
- Bizning yaratgan dastur kriptografiyaning matematik ko`rinishini mukammallashtirilgan xolda ishlab chiqildi. Ushbu dasturning imkoniyatlariga keladigan bolsak, bizda lotin alfavitining kichik va katta harflari , krill alfavitining kichik va katta harflari, ASC II standart jadvalining 256 ta belgisi va so`zlarni shifrlash ustida ishlar olib bormoqdamiz.
- Yuqorida takidlab o`tganimizdek mamlakatimiz ham yaqin yillar ichida electron variantdagi imzo va hujjtlar tizimiga o`tadi, bu o`tish davrini esa biz munosib darajada kutib olishimiz kerak. O`ylaymanki o`sha paytda bizning dasturimiz jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladi. Bu to`grisida prizidentimiz I.Karimovning 2003-yil 30 mayda qabul qilingan elektron imzo haqidagi qarori bunga yaqqol misol bo`la oladi.
- Biz yaratgan dasturni takomillashtirish uchun juda ko`p mehnat talab etiladi. Kelajakda dasturning rivojlangan versiyalarini yaratish uchun biz yuqori malakali tilshunos mutaxasisarni jalb qilmoqchimiz.
- Endilikda mamlakatimizda boshqa mamlakatlarning himoya tiziminiga asoslangan dasturlarni ishlatgandan ko`ra o`zimizning milliy himoya tizimimizni yaratgan ko`p taraflama ma`qul,shuning uchun ham men bu sohada dastlabki qadamlarimni qo`ydim.
Do'stlaringiz bilan baham: |