2. Jarohatning klinik belgilari. 1. Ogriq reaksiyasi jarohatlanish natijasida nerv va tugunlarning shikastlanishidan kelib chiqadi. Ogriq hayvon turi, toqima xususiyatlari va jarohatning joylashishiga bogliq. Masalan: tuyoqning teri asosi, jinsiy azo va anus terisi, qorin pardasi, suyak usti pardasi va kozning shox (muguz) pardasi ota sezuvchan boladi. Parenximatoz azolar, plevra, bosh miya, togay va suyaklarning jarohatlarida ogriq uncha sezilmaydi.Yuqorida aytib otilganday ogriq kuchi hayvon turiga ham bogliq. Masalan: qoramollarda ogriq otlarga nisbatdan kam seziladi. It va mushuklar ogriqqa chidolmasligi natijasida ogriq shokidan olishlari mumkin. Qushlar esa ogriqqa ancha chidamlidir. Ogriq organizmning barcha sistemalariga tasir qiladi va u kuchli bolsa shokka olib kelishi mumkin. Ogriqning klinik korinishlari: yurak urishining tezlashishi, titroq, siydik ajralishi, koz qorachigining kengayishi va ter ajralishi. 2. Faoliyatlar buzilishi jarohat turi va joylashishi bilan bogliq. Masalan: oyoqlarning yuzaki jarohatlari hayvon harakatlanishiga xalaqit bersa, chuqur jarohatlar oyoq faoliyatini keskin buzadi. 3. Jarohat chetlarining bir biridan (ozaro) uzoqlashishi jarohatning joylashishi, yonalishi, uzunligi, chuqurligi va toqimalar xususiyatlari bilan bogliq. Kesilgan va yirtilgan jarohatlarda jarohat chetlari eng katta ochiladi, sanchilgan jarohatlarda esa uncha sezilmaydi. Undan tashqari, jarohat chetlarining bir biridan uzoqlashishi koproq bogimlarning kondalang jarohatlari va yagrin jarohatlarida kuzatiladi. Muskullarning kondalang jarohatlarida chetlarining ozaro uzoqlashishi koproq boladi. 4. Qon ketishi. Kozning muguz pardasi va togaylardan tashqari organizmning barcha toqimalarida qon tomirlar otadi, shuning uchun toqima buzilishi odatda qon ketishi bilan kechadi. Qon ketishi arterial, venoz, kapillyarli, ichki va tashqi hamda parenximatozliga bolinadi. Tashqi qon ketishi oddiy koz bilan korinadi. Ichki qon ketishida qon toqima yoki anatomik boshliqga oqishi tufayli uni aniqlash qiyin. Boshliqlarda toplangan qon turli asoratlarni chaqiradi; masalan: plevra orasida gemotoraks, bogim ichida gemartroz, bachadon ichida gemometra, koz ichida gemoftalmus. Qon ketishi birlamchi va ikkilamchi bolishi mumkin. Birlamchi qon ketish jarohat sodir bolgandan song birdaniga, yoki bir necha soatdan keyin boshlanishi mumkin. Ikkilamchi qon ketishi qonni toxtatgandan song bir necha soatdan yoki kundan keyin qayta tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |