Mavzu: o ʻ zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.12.2022
Hajmi1,18 Mb.
#880900
Bog'liq
Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari



1
1
Mavzu: O
ʻ
zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari.
Reja:
KIRISH
1.Mintaqaviy turizmning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni hamda milliy
iqtisodiyotda tutgan о‘rni
2.О‘zbekiston mintaqalariga xos turizm turlari va ularni rivojlantirish
imkoniyatlari
3. О‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotidagi о‘rni
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


2
2
KIRISH
Mamlakatimiz hudud¬larining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlashning muhim omillaridan biri – bu, ularning raqobatbardoshlik
omillaridan oqilona foydalanishdan iborat. Ho¬zirgi vaqtda dunyo olimlari va
mutaxassislari mintaqalar raqobat¬bardoshligini oshirishning asosiy mexanizmi
sifatida mintaqaviy klasterlarni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab
chiqishga katta e’tibor berishmoqda. Biroq, bu borada yagona qarash va fikr¬lar
mavjud emasligini ham ta’kidlash lozim.Mamlakatimizda turizm indus¬triyasi
tez sur’atlarda rivojlanish bosqichiga kirdi. Shunga qaramasdan, mintaqaviy
turizm bozori raqobatbardoshligi¬ni oshirish, yangi imkoniyatlarni yaratish
bо‘yicha bir qator muammolar mavjud. Ayniqsa, mintaqalarda turizm bozori
klasteri shakllanishini asoslash, uning istiqbolli strategik yо‘nalishlarini aniqlash
va amaliyotda qо‘llash juda dolzarb ma¬salalardan biri hisoblanadi. Ushbu
innovatsion g‘oyani amaliyotga tatbiq etish mintaqalarni barqaror, yuqori
sur’atlarda о‘sishi uchun katta turtki bо‘ladi.
O‘zbekiston mintaqalarida (jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva,
Shahrisabz shaharlarida) saqlanayotgan har bir davrga xos bo‘lgan va
sivilizatsiyaning o‘ziga xos 400 dan ortiq me’moriy va tarixiy-madaniy obidalari,
arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lib ularning ko‘pchiligi YUNESKOning
Butunjahon madaniy meroslar ro‘yxatiga olingan. Bu shundan dalolat beradi-ki,
mamlakatimiz mintaqalarida yetarlicha turistik imkoniyatlar mavjud va ularni
o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunning asosiy masalalaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ammo tan olishimiz kerakki mamlakatimizni boy turistik resurslarga ega
bo‘lishi nuqtai nazaridan oladigan bo‘lsak yuqoridagi ko‘rsatkichlar hozirgi
kunda qoniqarli bo‘lib hisoblanmaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mо

ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yо

nalishlariga bag

ishlangan kengaytirilgan
majlisidagi ma

ruzasida bu masala xususda alohida tо

xtalib о

tgandi. Jumladan,
mamlakatimizda turizm industriyasini taraqqiy ettirish borasida sо

z yuritayotib,


3
3

Oxirgi yillarda turizmdek muhim soha kompleks rahbarining zarur darajadagi
e

tiboridan chetda qolib ketdi. Bu xatoni sо

zsiz va eng muhimi, natijali ravishda


g

rilash kerak. Biz hozir faqat turizmni rivojlantirish bilan shug

ullanadigan
tuzilmaga doir masalalarni tasdiqladik. Bu choralar turizmning О

zbekiston
iqtisodiyoti rivojiga qо

shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy
qadriyatlarimizni targ

ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini tо

ldirish


yicha aniq chora-tadbirlar bilan kuchaytirilishi zarur

degan edi.
1.Mintaqaviy turizmning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni hamda milliy iqtisodiyotda
tutgan о‘rni
So‘ngi yillarda turizmning tez sur’atlarda o‘sishi va ta’sir doirasining
kuchayishi dunyo mamlakatlari o‘rtasida aloqalarning rivojlanishida muhim
omil bo‘ldi. Shuningdek, turizm jahon va milliy iqtisodiyotga sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Turizm mintaqaviy daromadning o‘sishi, infrastrukturaning
shakllanishi, yangi ish joylarini yaratish orqali bandlik muammosini hal qilish,
davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirgan holda, mintaqaviy
rivojlanishning barcha tamonlariga ta’sir etadi. Shunday ekan oldimizda turgan
asosiy vazifalardan biri mamlakatimizda mintaqaviy turizmni rivojlantirishdir.
Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport
va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o‘zining munosib o‘rniga ega
bo‘lishi
uchun
yetarlicha
resurslarga
ega.
Mamlakatimizda
turizmni
rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi
hisoblanadi.
Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u
turizmni rivojlantrish evaziga o‘z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat
byudjetiga tushumlarning ko‘payishini ta’minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-
avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga harakat
qiladi va unga erishadi, xalqaro aloqalarga erishad
i, madaniy aloqalar kengayadi,
valyuta tushumi ko‘payadi va h.k. Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida
turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, qattiq valyuta


4
4
tushumini ta’minlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga
xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo‘ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi
lozim. Turli shou dasturlarda qatnashadilar. Bularning hammasi naqd pul, ko‘p
hollarda agar ular xorijiy turistlar bo‘lsa, valyuta tushumining ko‘payishini
ta’minlaydi. Shu sababdan turistik resurslarning turizm faoliyatida iqtisodiy
mazmuni oshib boradi.
Shunday qilib, turistik resurslar iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bulardan tashqari resurslar mamlakat hayotiga
sezilarli darajada ta’sir qiladi. Buning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi
bor. Ular ish bilan ta’minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan
muloqotda bo‘ladilar va ularning turli an’ana va qadriyatlari bilan tanishadilar,
doimiy daromad olib turish imkoniyati, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o‘zlarining an’ana va qadriyatlarini
namoyish qilish uchun uni saqlab qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar. Turistik
resurslarning iqtisodiy ahamiyati yana shundan iboratki, mamlakat tabiati ham
turizmni rivojlantirish katta foyda beradi. Xususan, mamlakat ekologik
barqarorlikni ta’minlash tadbirlari qo‘llaniladi, tabiat resurslaridan turistlarning
rohatlanishi
uchun
foydalanladi,
manzarali
maydonlarning
yaratilishi
imkoniyatini tug‘diradi, suv, havo, o‘rmonlarning tabiiy holda saqlanishi uchun
harakat qilinib, turistlarni jalb qilinadi.
Turizm sohasi hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining muhim qismi bo‘lib, u
milliy iqtisodiyotning barcha jabhalariga amaliy ta’sir etib kelmoqda, shu bilan
bir qatorda, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tobora ortib bormoqda. Turizm
sohasining
mahalliy
aholi
hamda
xorijiy
fuqorolarning
mazkur
mamlakat(mintaqa)larning tarixi, tarixiy arxitektura obektlarlari, mahalliy
aholining urf-odatlari, an’analari bo‘yicha intellektual salohiyatini oshirishi,
ularning dam olish, davolanishi bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga
bevosita ijobiy ta’sir etib kelmoqda. Turizm xizmat sohasi iqtisodiyot, jamiyat
hamda tabiat bilan hamohang tarzda rivojlanib kelmoqda.


5
5
2.О‘zbekiston mintaqalariga xos turizm turlari va ularni rivojlantirish
imkoniyatlari
Mamlakatimizda sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik
yo
ʻ
nalishlarni ishlab chiqilqan:

an’anaviy yo’nalishlar: Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Toshkent
va
Toshkent-Samarqand-Buxoro-Shahrisabz-Toshkent.
Bu
yo’nalishlar
mamlakatimizdagi eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy
obidalarga tashrif bilan bog’liq;

ekologik turizm yo’nalishlari: Orol dengizi va Orolboyi ekologik
regioni, Chimyon-Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Kitob geologik
qo’riqxonasi va Zomin qo’riqxonasi kabi mamlakatimizdagi qo’riqxonalar. Bu
yo’nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun
ekologik jihatdan qulay hamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan
bog’liq;

arxeologik
turizm
yo’nalishlari:
Qoraqalpog’iston,
Xorazm,
Surxondaryo, Samarqand hududdari bo’ylab, mazkur yo’nalishda yurtimiz
tarixiga oid o’zida uzoq o’tmishning sir-sinotlarini yashirgan eng qadimiy
arxeologik yodgorliklar bilan tanishishni maqsad qilib qo’yadi;

ekstremal turizm yo’nalishlari: Chimyon, Farg’ona vodiysi, Orol bo
ʻ
yi,
Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo’ylab;

diniy
turizm
yo’nalishi
Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent,
Toshkent-Termiz-Dalvarzintepa-Termiz-Toshkent
kabi
mamlakatimizdagi
tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog’liq.
O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy
yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qal’a majmuasi, Buxorodagi
tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun
dunyo merosi” ning maxsus royxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas
yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib,
mamlakat tarixida katta rol oynaydi.
Turistlarni o’ziga jalb qiluvchi tarixiy va zamonaviy o’bektlar, rekratsion


6
6
dam olish joylari mamlakatimiz hududi boyicha notekis joylashgan bo’lib,
shartli ravishda 6 ta rekratsion mintaqaga ajratish mumkin.
1-rasm. O’zbekiston turistik mintaqalari
Toshkent turistik mintaqasiga Toshkent sahri va Toshkent viloyatidagi
muhim dam olish maskanlari joylashgan hududlar kiritiladi. Dunyoning eng
qadimiy shaharlaridan biri va o’zining 2200 yilligini nishonlagan azmi Toshkent
zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, ayni paytda tarixiy yodgorliklar va
zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg’unligida zamonaviy qiyofadagi
betakror shahardir.
Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va
ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek
xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar
tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi
Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston
hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik
O’zbekiston turistik
mintaqalari
I. Toshkent turistik mintaqasi
II. Fargona turistik mintaqasi
III. Samarqand- Shahrisabz turistik
mintaqasi
IV. Surxondaryo turistik mintaqasi
V. Buxoro-Karmana turistik mintaqasi
VI. Xiva-Nukus turistik mintaqasi


7
7
beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks
ettiradi.
Shuningdek, poytaxt viloyatda ham dam olish uchun qulay bir qator
maskanlar tashkil qilingan, misol tariqasida Chimyon tog’ sport kompleksi,
Chorbog’ dam olish markazi, Toshkent dengizi (Tuyabo’g’iz suvombori) kabi
dam olish mumkin bo’lgan rekrasion manzillar kiritilgan bo’lib, aynan ushbu
maskanlardan mahalliy va chet el sayyohlari dam olish, davolanish hamda
boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin.
O’zbekiston durdonasi hisoblangan Farg’ona vodiysi o’zining maftunkor
maskanlari bilan alohida o’rin egallaydi. Qadimiy Qo’qon va Marg’ilon
shaharlari bilan birga so’lim Shohimardon, Chortoq va mashhur Chust, Rishton
o’ziga kishilarni jalb qilganidek, zamonaviy qiyofadagi Andijon, Namangan va
Farg’ona nafaqat mahalliy, balkim xorijlik mehmonlarni ham o’ziga tortadi.
Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy
transkontinental magistral hayotida muhim rol oynadi. Birgina Samarqand esa
“Buyuk Ipak yo’lining yuragi”deb nom old. Hozirgi kunda Samarqand
aholisining soni ko’pligi jihatidan mamlakatimizda ikkinchi o’rinda turuvchi
maftunkor shahar bo’lib,qadimda u “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo
ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan dunyoning ko’pgina
Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini
nishonladi. Samarqand - buyuk davlat hukmdori Amir Temur davrida temuriylar
davlati poytaxti etib tanlangan keyin o’zining eng yuqori gullab-yashnash
nuqtasiga yetdi. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bobosini an’analarni
davom ettirdiva shahar beqiyos darajada gullab yashnadi. Bugungi Samarqand
yanada go’zal va maftunkor, shahardagi qadim xarobalar, madrasa, maqbara va
minoralar orqali har qanday kishi qadim tarixning nafasini his etish va undan
ma’naviy oziqa olishi mumkin.


8
8
3.О‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotidagi о‘rni
Qashqadaryo viloyati – O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat.
1924 yil 1 noyabrda tashkil etilgan. 1927 yil 17 fevraldan 1938 yil 15
yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanvarda Buxoro
viloyatiga qo‘shib yuborildi. 1943 yil 20 yanvarda qayta tashkil etildi. 1960 yil
25 yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo‘shildi. 1964 yil 7 fevraldan yangidan
tashkil etildi. Respublikaning janubiy-g‘arbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-
Olay tog‘ sistemasining g‘arbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari,
Hisor va Zarafshon tizma tog‘lari orasida. Shimoliy-g‘arbdan Buxoro, janubiy-
sharqdan Surxondaryo, janubiy-g‘arb va g‘arbdan Turkmaniston, sharqdan
Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km
2
.
Tarkibida 13 ta tuman (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak,
Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Qarshi, G‘uzor), 12
shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz,
Yakkabog‘, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, G‘uzor), 5 shaharcha
(Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabog‘, Qashqadaryo, Shayhali), 491 ta mahalla
fuqarolar yig‘ini, 147 ta qishloq fuqarolari yig‘ini, 1046 ta qishloqlar bor (2014).
Markazi – Qarshi shahri.
Qashqadaryo
mamlakatimizning
eng
boy
tarixga,
rivojlangan
madaniyatga, serhosil zaminga ega bo‘lgan qadimiy o‘lkalardan biridir.
Qashqadaryo Zarafshon va Amudaryo daryolari oralig‘ida joylashgan, qadimda
Janubiy So‘g‘d, Janubiy Turon deya nomlangan, dehqonchilik va chorvachilik
uchun qulay iqlim va suv sharoitiga, o‘ziga xos go‘zal tabiatiga ega bo‘lgan bu
voha qadimdanoq ko‘plarning e’tiborini jalb etgan.
Qashqadaryo viloyati O‘zbekiston mamlakatining yirik tekisliklar, cho‘l,
tog‘ va tog‘oldi hududlariga, o‘ziga xos tabiiy va iqlim sharoitiga ega bo‘lgan
viloyatlardan biridir. U shimoldan Samarqand, shimoli-g‘arbdan Buxoro, sharq
va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyatlari bilan chegaradosh. Shimoli-sharq
qismidan Tojikiston, g‘arbiy qismidan esa Turkmaniston mamlakatlari


9
9
chegaralari o‘tadi. Ummiy sarhadlarining uzunligi 795 kilometrni tashkil etib,
shuning 400 kilometri tog‘ tizmalari orqali o‘tadi. Uning jami hududi 28,4 ming
kvadrat kilometr bo‘lib, Respublika yer maydonining 6,3 foizini tashkil etadi. U
joylashgan o‘rni jihatdan Albaniya, Niderlandiya, Belgiya, Armaniston
mamlakatlari bilan tengdir.
Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botig‘ini o‘z ichiga olgan.
Shimoliy, sharqiy va janubiy sharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma tog‘lari
bilan o‘ralgan. Tog‘lar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning
katta qismi g‘arbda Sandiqli va Qizilqum cho‘llari bilan tutashgan Qarshi
cho‘lidan iborat. Asosiy daryosi - Qashqadaryo. Uning irmoqlari - Jinnidaryo,
Oqsuv, Yakkabog‘daryo, Tanxozdaryo, G‘uzordaryo (Katta va Kichik
O‘radaryo bilan birga). Daryolar qor, yomg‘ir va muzliklar suvidan to‘yinadi.
Daryo suvidan, asosan, sug‘orishda foydalaniladi. Chimqo‘rg‘on, Qamashi,
Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibog‘, Eski Anhor, Koson,
Paxtaobod, Qarshi va boshqa kanallar bor. Qarshi cho‘lini o‘zlashtirishda 6
nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan.
Sug‘oriladigan yerlarning tuprog‘i, asosan, tipik va och bo‘z tuproqlar. Kitob-
Shahrisabz soyligida ko‘proq qumoq tuproqlar mavjud. Tog‘larda balandlik
mintaqalari bo‘ylab tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin
yuksak o‘simlik turidan iborat. Tog‘ yon bag‘irlari har xil o‘t o‘simliklari bilan
qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Tog‘ o‘rmonlari archa, bolom, pista,
jiydazorlardan iborat. Tog‘larda na’matak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora
zira va boshqalar o‘sadi.
Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi,
sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq,
ilonbosh, zog‘orabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor
tog‘-o‘rmon va Kitob davlat geologiya qo‘riqxonalari joylashgan.
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida jami 894 ta madaniy meros
ob’ektlari mavjud. Ularning 638 tasi arxeologiya, 181 tasi arxitektura, 75 tasi
haykaltaroshlik yodgorliklari, 37 tasi esa ziyoratgohlardir. Hukumat qaroriga


10
10
muvofiq Mirishkor tumanidagi Achinko‘l ko‘li sayyohlik majmuasiga
aylantirilishi, Yakkabog‘ tumanidagi Xo‘jailg‘or qishlog‘ida “Temurning
bolaligi muzeyi” ish boshlashi, Samarqand-Shahrisabz avtomagistrali yoqasida,
Chiroqchi tumanidagi Ko‘kdala qo‘rg‘onchasi hududida hamda Muborakda,
Qarshi-Buxoro avtomagistrali yoqasida sayyohlik majmuasi barpo qilinishi,
ularda sayyohlarga karvonlarda sayr qilish imkoniyati yaratilishi belgilangan.
Viloyatda Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi,
Shahrisabz shahrining 2700 yilligi munosabati bilan Shahrisabzda obidalarni
ta’mirlash ishlari keng ko‘lamda olib borildi. Oqsaroy me’moriy majmuasi
konservatsiya qilindi, markaziy maydonda Amir Temurga haykal o‘rnatildi. Dor
ut-tilovat, Dor us-siyodat majmuasidagi Jahongir (Hazrati Imom) maqbarasi,
Oqsaroy majmuasi, Ulug‘bek madrasasi, Kitob tumanidagi Xoja Ilimkon
xonaqosi, Langar qishlog‘idagi Langarota maqbarasi, Fudino qishlog‘idagi
Xusamota ansambli, Qarshi shahrida Mahalla masjidi saqlangan. Qarshi
shahrining 2700 yilligi munosabati bilan Qarshi shahridagi Ko‘kgumbaz masjidi,
tarixiy ko‘prik va boshqa madrasa va masjid binolari ta’mirlandi.
Qashqadaryoning bog‘lar va uzumzorlarga burkangan Shahrisabz shahri
qadimda hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Shahrisabzdagi dastlabki turar
joylarga V-VI asrlarda asos solingan bo‘lsa, IX-X asrlarga kelib u yirik savdo va
hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur tomonidan devor bilan
o‘ralganidan so‘ng u madaniyat va ilm-fan shahriga aylangan.
Shaxrisabz shahrining tarixiy eski shahar qismidagi Amir Temur va
temuriylar davriga mansub 19 ta madaniy memorchilik yodgorliklari
YUNESKOning «Umuminsoniy qadriyatlar» kitobi royxatiga kiritilgan.
Yodgorliklarda muzeyifikatsiya ishlari yolga qo’uyilmoqda. Yodgorliklar
kompakt ravishda joylashgan bo’lib, asosan bitta katta ko‘cha «Buyuk ipak
yuli» ko’chasi)da joylashgan. Shahar markazida transport yo‘li bir tomonlama
bo’lib, yodgorliklarda piyoda sayohat qilish ham mumkin.
Qashadaryoning Qarshi shahri Samarqand va Buxorodan Afg‘oniston va
Hindistonga o‘tuvchi karvon yo‘llari asosida yuzaga kelgan. Qarshi bir necha


11
11
arxitektura yodgorliklariga ega. Bular: Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan
Ko‘kgumbaz masjidi (1463 y.), Jome’ masjidi, Minorali Qo‘rg‘oncha (XIX-XX
asrlar), Xo‘ja Abdulaziz madrasasi (XX asr), Qilichboy madrasasi (1714 y.),
Zaxok-Moron shaharchasi xarobalari (eramizdan avvalgi I asr-eramizning V asri)
va Qashqadaryo daryosi ustidan o‘tgan qadimiy ko‘prik kabilardir. Shaharda
O‘lkashunoslik muzeyi ham bor. Qashqadaryoning muhim arxeologik
yodgorliklari-Temuriy sulolasiga tegishli Shamsiddin Mir Kulol maqbarasi,
Ko‘kgumbaz masjidi, Gumbazi Zeydan maqbarasidir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimizda turizm sohasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini quyidagi
funksiyalarda ifodalash mumkin:

milliy foydani yaratish;

yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish;

davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlovchi manba;

aholi farovonligini oshirish;

iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashish;

mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish;

investitsiyalarni jalb qilish jumladan, xorijiy investitsiyalarni;

tibbiy va madaniy yodgorliklardan foydalanishga ko‘maklashish.
Mintaqaviy turizm iqtisodiyotning o‘ziga xos bo‘lgan sohasi bo‘lib,
ushbu soha ham boshqa sohalar singari mamlakat iqtisodiyotiga, uning yalpi
ichki mahsulotining ko‘payishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadigan soha
hisoblanadi. Hozirgi paytda turizm juda muvozanatsiz holatda rivojlanmoqda.
Mintaqalarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish maqsadga muvifaqligi belgilangan: 

O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizmi yo‘nalishi
bo‘yicha sayyohlarni jalb qilish, bunda logistika, jumladan, charter reyslarni
tashkil etish masalalarini hal qilish; 


12
12

Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi
asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari,
shuningdek, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tog‘ klasterlarini bosqichma-
bosqich tashkil etish; 

tashkil etilayotgan turizm hududlari va tog‘ (tog‘oldi) turizm
klasterlariga chet el sarmoyadorlarini jalb qilish, shuningdek, yangi
mehmonxonalar qurish uchun yurtimizga yetakchi mehmonxona brendlarini
taklif qilish yoki
mamlakatimizdagi mehmonxona xo‘jaliklarini ular
boshqaruviga topshirish. 

tadbirkorlik subektlariga yangi mehmonxonalar va turizm
infratuzilmasining boshqa inshootlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya
qilish uchun uzoq muddatli (15-yilgacha) kreditlar ajratish amaliyotini joriy
qilish, bunda kredit va foizlarni qoplash uchun mehmonxonalarning moliyaviy
tushumi va mavsumiy sharoitidan kelib chiqadigan talablar taqdim etiladi; 

tadbirkorlik subektlariga chet el valyutasidagi mablag‘larni
o‘tkazish va soloqlar bo‘yicha imtiyozlar brlgilash; 
Bu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimiz turizm
sohasining yanada rivojlanishiga yangi sur’at baxsh etib, unda belgilangan chora
-tadbirlar ijrosiga xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini
kengaytirish, tarmoqda yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholining bandlik
darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa
vositalari va turizm faoliyati subektlari sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Mamlakatda mintaqaviy turizmning tez sur’atlarda rivojlanishiga
erishish uchun Respublika bo‘yicha faqat Samarqand, Buxoro, Xorazm,
Toshkentga e’tibomi kuchaytirmasdan balki boshqa mintaqalar bo‘yicha ham
turizmni rivojlantirishning tegishli chora tadbirlar dasturini ishlab chiqish va
uning ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirish lozim bo‘ladi. Bunda albatta
mintaqalarda turizmning rivojlanishi, turistik resurslardan samarali foydalanish
va turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solib
turuvchi boshqaruv organlarining samaradorligini oshirish lozim.


13
13
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Amriddinova R.S. Mehmonxona servis xizmati: Ma’ruzalar matni – S.: SamISI, 2008.
- 134 bet.

Alieva M.T. Mehmonxona menejmenti: Darslik – T.: TDIU, 2007.- 355 bet.

N.E.Ibodullayev. O’zbekistonning
turistik
resurslari
(ma’ruzalar
matni).
Samarqand,SamISI,2008- 74b.

Kamilov.F.K., Xamidov O.X. Mehmondo’stlik industriyasi: O’quv qo’llanma – T.:
2010.- 166 bet

Mamatqulov X.M. Turizm infratuzilmasi. О‘quv qо‘llanma. – T.: “О‘zbekiston
faylasuflar jamiyati” nashriyoti, 2011. – 273 b.

Mamatqulov X.M. Mehmonxona va turistik komplekslarda xizmatlarni tashkil etish.
О‘quv qо‘llanma. – S.: Samarqand, 2012. – 340 b.

Mamatqulov X.M. Mehmonxona va turistik komplekslarda xizmatlarni tashkil etish.
О‘quv uslubiy qо‘llanma SamISI, 2011

Mirzayev M.A., Aliyeva M.T. Turizm asoslari. О‘quv qо‘llanma. – T.: “О‘zbekiston
faylasuflar jamiyati” nashriyoti, 2011. – 287 b.

I.S.Tuxliyev, R.Hayitboyev, N.E.Ibodullayev, R.S.Amriddinova Turizm asoslari:
O’quv qo’llanma – S.: SamISI, 2010 yil, 89-bet

Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Safarov B.SH., Tursunova P.R. Turizm. Darslik. –
Toshkent, 2014. – 389 b.

Tuxliyev I.S., Qudratov G‘.H. Turizmni rejalashtirish. Darslik. - T: «IQTISOD -
MOLIYA» 2010 – 263 b.

Tuxliyev I.S., Bektemirov F.B., Usmanova Z.I. Turizmda strategik marketing. – S.:
SamISI, 2010.- 144 b.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish