albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik meyor ham, nutq ham buziladi.
albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik meyor ham, nutq ham buziladi.
Shuning uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatili-shini ijobiy hodisa sifatida emas, balki meyorning buzilishi deb qarash va ularni nutqda qo`llamaslik lozim.
Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy uslubga xos bo`lgan so`zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib turadi. Ular rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda qulay. Ilmiy uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan foydalaniladi. Ammo bunday so`z va iboralarni so`zlashuv va badiiy nutq uslubida ishlatish matnga putur yetkazishdan boshqa narsa emas. Bunga A.Qahhorning «Nutq» hikoyasi qahramonining tabiiylik va samimiyatdan xoli bo`lgan hamda shu yo`l bilan goyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan nutqi misol bo`la oladi. Parcha keltiramiz: O`rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to`lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Etibor beraylik: suhbatda o`nlab yoki yuzlab kishi emas, ikki kishi er va xotin ishtirok etayapti. Avval xotin bu gaplarni hazil deb o`ylaydi, «qiyqirib chapak chaladi». Ammo notiq jiddiy qiyofada so`zida davom etadi. Birinchidan, ikkinchidan deb oilada bir yil davomida yuz bergan yutuq-kamchiliklarni rasmiy ravishda sanab o`tadi va nutqni quyidagicha yakunlaydi: -Lekin bu kamchiliklarga qaramay, turmushimizni alo darajada olib borayotganligimizga hyech qanday shubha bo`lishi
mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha so`zimni tamom qilib, oilamiz bundan keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga to`la ishonch bildirishga ijozat bering!
mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha so`zimni tamom qilib, oilamiz bundan keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga to`la ishonch bildirishga ijozat bering!
Notiq nutqini tugatgandan keyin yana asliga qaytadi. Xotini uning har bir so`zidan zavqlanadi, kuladi. Nima uchun notiq bir vaziyatda o`zini ikki xil tutayapti? Sababi shundaki, u garchi o`zini «keng eshituvchilar ommasiga mo`ljallangan notiq» deb hisoblasa ham, qaysi holatda, vaziyatda qanday gapirish kerakligini bilmaydi. Tilning vazifa va uslub jihatdan amal qilish qonuniyatlarini sayoz tushunadi. Shuning uchun ham uning nutqi notabiiy va kulgilidir7.
Parazit so`zlar deb ataluvchi leksik birliklar ham til madaniyati uchun yotdir. Ular asosan so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini kuzatib bormasligi, etiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan, ayrim kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatlik nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov, - «o`rtoqlar» so`zi 101 marta, «yani» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta tak-rorlanganligining guvohi bo`lganmiz. Qarang, bir soat-lik nutqda 234 ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan-a»8.
Vulgar so`zlarning uchrashi ham nutqimiz tozaligiga salbiy tasir qiladi. Ogzaki nutqda bazan uchrab qoladigan so`kinish, haqorat so`zlarni ishlatish axloq meyorlariga, sharqona muomala madaniyatimizga mutlaqo to`gri kelmaydigan ishdir. Ammo badiiy adabiyotda personajlarning kuchli hayajonini, gazabini ifoda etish maqsadida vulgar so`zlarga murojaat qilgan holatlarga duch kelamiz: Qargash uchun so`z topolmadi,