Mavzu: nurlanish pirometrlari. Reja


Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar



Download 235,53 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi235,53 Kb.
#894392
1   2   3
Bog'liq
8-maruza

Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar
Optik pirometrlarning ishlash prinsipi temperaturasi o’lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarining monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslangan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi rostlanadigan cho’g’lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu gruppadagi keng tarqalgan asboblardan biri — cho’g’lanish tolasi yo’qolib ketadigan monoxromatik optik pirometrdir. Bu asbobning prinsipial sxemasi 10.1-rasmda keltirilgan. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi obyektiv 1 orqali yig’iladi va pirometrik lampa 2 ning toza yuzasiga proyeksiyalanadi. Okulyar 3 yordamida obyektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai YE ning o’zgarmas tokidan cho’g’lanadi. Manbaning kuchlanishini reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo’li bilan obyekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. Shu payt obyekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi rasmda ko’rsatilganidek, yo’qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so’ng tok kuchini yoki lampa kuchlanishini o’lchaydigan asbob bilan pirometr ko’rsatishlari hisoblanadi.
Optik pirometrlarning temperaturasini o’lchash diapazoni 800°С dan 10000°С gacha. Yo’l qo’yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5% dan oshmaydi. Optik pirometr ko’chma asbobdir. U bilan uzluksiz o’lchash va temperaturani qayd qilish mumkin emas.
Bunday pirometrdan farqli o’laroq, fotoelementli pirometrlar (fotoelektr pirometrlar) ko’rsatishlarni yozib olish va ularni masofaga uzatish imkoniga ega. Bu asboblardan tez o’tadigan protsesslardagi temperaturani o’lchashda foydalaniladi.
Fotoelektr pirometrlarning ishlash prinsipi fotoelementning fototokni o’zgartirish xususiyatiga asoslangan. Fototok tushayotgan yorug’lik oqimi intensivligiga bog’liq bo’lib, uning kuchi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
(10.6)
bu yerda a— asbobning sezgirligiga bog’liq bo’lgan asbob doimiysi; n — asbobning spektr xarakteristikasiga bog’liq bo’lgan asbob doimiysi; T— fi­zik jismning temperaturasi.



10.1-rasm.Cho’g’lanish tolasi ko’rinmay ketadigan optik pirometrning prinsipial sxemasi.



Olingan temperaturaning nurlanishini xarakterlovchi fototok juda kichik bo’lib, uni ko’chaytirish uchun elektron kuchaytirgichlar qo’llaniladi.
FEP (10.2- rasm) turidagi fotoelektr pirometrlarda nur oqimi bo’yicha manfiy teskari bog’lanishdan foydalaniladi. Mazkur bog’lanish yorug’ligi elektron kuchaytirgich chiqishida kuchlanish funksiyasidan iborat bo’lgan qizdirish lampasining fotoelementini yoritish bilan amalga oshiriladi.
Nurlanayotgan jismdan chiqayotgan nur oqimi linza 1 bilan bir joyga yig’iladi va qizil yorug’lik filtri 2 kassetasining yuqori teshigi orqali fotoelement 3 ga tushadi. Fotoelementga kacsetaning pastki teshigi orqali ham cho’g’lanish lampasi 4 dan nur oqimi tushadi. Fotoelementni galma-gal goh nurlanayotgan jismdan, goh cho’g’lanish lampasidan yoritilishi yorug’lik filtri kassetasining oldiga o’rnatilgan yorug’lik modulyatorining 50 Gs chastota bilan tebranuvchi to’sig’i 5 yordamida ta’minlanadi.
Yorug’lik filtri kassetasida tebranuvchi to’siq va teshiklar shakli shunday tanlanganki, fotoelementga ikkala nurlanish manbaining sinusoidal o’zgaruvchi nur oqimlari tushadi. Bunda ikkala nur oqimlarining fazalari 180° ga siljigan bo’ladi.
Fotoelement chiqishida fototok paydo bo’ladi, uning kattaligi jism va lampa tomonidan yoritilganlik darajasiga bog’liq. Shu yoritilganliklar teng bo’lmasa, fotoelement zanjirida o’zgaruvchan fototok hosil bo’lib, u yo jism fototoki bilan, yo lampa fototoki bilan ustma-ust tushadi. Bu tok fotoelement chiqishida R1 rezistorda kuchlanishning sinusoidal tushuvini hosil qiladi, bu kuchlanish S kondensator orqali uch kaskadli elektron kuchlanish kuchaytirgichi 6 ga uzatiladi. Fototokning nur oqimlarining farqiga proporsional bo’lgan o’zgaruvchi tashkil etuvchisi 6 kuchaytirgichda kuchaytiriladi va fotosezgir detektor 7 orqali elektron lampaga o’tkaziladi. Shu lampa toki chiqish parametridan iborat. Elektron lampaning anod zanjiriga manfiy teskari bog’lanishli lampa 4 ulangan. Lampani qizdirish toki o’lchanayotgan jism va lam­paning yoritilganligi o’zaro teng bo’lguncha va fototokning o’zgaruvchi tashkil etuvchisi o’zaro nolga teng bo’lguncha o’zgartirib boriladi. Bu bilan lampadagi tok kuchi o’lchanayotgan jismning yorug’lik temperaturasi bilan bir qiymatli bog’liq bo’lib qoladi.
Lampami ta’minlovchi tok kuchi tezkor avtomatik potetsiometr bilan lampa zanjiridagi Rчиғqarshilikdagi kuchlanish tushuvi miqdori bo’yicha o’lchanadi. Potensiometr yorug’lik temperaturasi darajalari bilan darajalangan. Fotoelektr pirometrning o’lchash chegaralari 800 dan 4000°С gacha. Asosiy xato o’lchash yuqori chegarasining ±1% ini tashkil etadi.

Download 235,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish