Mavzu: Nuklein kislotalarning tuzilishi.
Reja:
1.Nuklein kislotalarning tuzilishi.
2.Nukleozidlar.
3.Dezoksiribonuklein kislotalarning struktura va vazifasi.
Tayanch tushunchalar: Nukleotidlar, nukleozidlar, restriktazalar, fosfat kislota, purin,pirimidin asoslar, komplementarlik, DNK.
1.Nuklein kislotalarning tuzilish. Nuklein kislotalar yuqori molekulali biopolimerlar bo’lib hisoblanadi. Ular tirik organizmda irsiy belgilarni saqlab, ularni avloddan avlodga o’tkazishda bevosita ishtirok etib, kibernetik vazifani bajaradi. 1869-yilda shvetsariyalik olim F. Misher tomonidan hujayra yadrosida nuklein kislotalar aniqlanganligi uchun nukleus ( lotincha nucleus-yadro) deb atalgan.Tarkibidagi uglevodga qarab ular dezoksiribonuklein (DNK) ribonuklein (RNK) kislotalariga bo’linadi.
Nuklein kislotalar organizmlarda hujayralarning deyarli hamma organoidlar tarkibida uchraydi. Yadroda DNK oqsil bilan birgalikda dezoksinukleoprotoeid (DNP) shaklida (umumiy massaning 1% ini tashkil etadi) Ularning mitoxondriyalarda, xloroplastlarda ham borligi aniqlangan.
Nuklein kislotalar fermentlar , kislota, ishqor va boshqa kimyoviy birikmalar ta’sirida bir necha bo’laklarga parchalanadi. Mazkur struktura bo’laklariga azot asoslaridan purin va pirimidin, uglevod komponentlaridan riboza va dezoksiriboza hamda fosfat kislota kiradi.
Purin asoslari
Nuklein kislotalar (DNK, RNK) tarkibida asosan ikki xil purin asoslari adenin (A) va guanin (G) uchraydi. Bu birikmalar molekulasi pirimidin va imidazol halqasidan tashkil topgan purinning halqalari hisoblanadi.
Purin asoslari har xil tautomer shakllarida uchraydi:
Pirimidin asoslaridan nuklein kislotalar DNK va RNK tarkibida sitozin, uratsil ( RNK tarkibida ) va timin (DNK tarkibida) kiradi.
2.Nukleozidlar.Nuklein kislotalarda nukleotidlar tartibini aniqlashda polinukleotidlarni gidrolitik parchalaydigan nukleaza fermentlaridan asosiy qurol sifatida foydalaniladi. Nukleazalar tirik hujayralarda juda muhim vazifani bajaradi. DNK va RNK ning nozik tuzilishi, ularni o’zgartirishda, xromasomalarning genetic xaritasini tuzishda ajoyib uskuna sifatida qo’llaniladi, Nukleazalarning juda muhim spesifikligidan (o’ziga xosligidan) foydalanib polinukleotid zanjirini xohlagan joyidan kesib oldindan belgilangan fragmentlarni olish mumkin. Bunday nozik operatsiyani bajarishda nukleazalarning restriktazalar deb ataladigan guruxidan foydalaniladi. Restriktazalar bacterial hujayralarda ularni yemiruvchi viruslar bilan kurshda juda muhim quroldir. Ular restriksion endonukleazalar deb ham ataladilar va nukleotidlarning tegishli tartibiga nisbatan o’ziga xos va faqat ma’lum bog’largagina ta’sir etadi. RNK ning birlamchi strukturasini aniqlashda asosan endonukleazalar yordamida polinukleotid zanjirining bir uchidan ayrim nukleotidlarni birin-ketin gidroliz yo’li bilan ajratish xal qiluvchi rol o’ynaydi. Shu yo’l bilan Xolli (1956-y) xodimlari bilan birgalikda birinchi bo’lib eng kichik nuklein kislotalardan biri 77 nukleotiddan tuzilgan alanin transport RNK sining birlamchi strukturasini aniqlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |