Mavzu: Notalashtirish va kompyuter dasturlarida ishlash nazariyasi va metodikasi O‘zbekistonda nota yozuvining tarixi



Download 18,08 Kb.
bet2/2
Sana30.03.2022
Hajmi18,08 Kb.
#517851
1   2
Bog'liq
ma\'ruza

(do)


(Si)
Sharq nota yozuvi XVI asrda Sayfiuddin Abdulmo‘min al-Urmaviy tomonidan ud cholg‘u asbobi uchun kashf qilingan. Tanbur chizig‘i esa XIX asrning ikkinchi yarmida atoqli shoir, bastakor va mashhur sozanda Komil Xorazmiy tomonidan yaratildi. Tanbur chizig‘ining al-Urmaviy kashfiyoti bilan qanchalik o‘xshashligi, ya’ni Komil Xorazmiy tomonidan qanchalik foydalanilgani haqida hozircha bir narsa aytish qiyin. Asrlar davomida ovozdan quloqqa o‘tib, ustozdan shogirdga o‘rgatish tariqasida xalqimiz ko‘z nuridek avaylab, saqlanib kelingan musiqa boyliklarini yozib olish asosan mana shu tanbur chizig‘i vositasida bo‘ldi. U tanburdagi o‘n sakkiz pardani ko‘zda tutib chizilgan yondosh chiziqlardan iborat. Chiziqlarning ustiga qo‘yilgan har bir nuqta zarbning yuqoridan quyiga chertilishini ko‘rsatsa, chiziq ostiga qo‘yilgan nuqta aksincha, zarbning quyidan yuqoriga chertilishini bildiradi:
Tanbur chizig‘ining ixtirosi Komil Xorazmiy va o‘g‘li Muhammad Rasul nomlari bilan bog‘liq bo‘lsada, uning vositasida Xorazm maqomlarining mukammal matnlari yozib olinishida ko‘plab sozandalar ishtirok etishgan. Ustozlarning gapiga qaraganda maqomlarning notaga olinish tartibi kuyidagicha bo‘lgan: turli maqomlarni notaga yozish xar xil sozandalarga buyurilgan. Ular ishlagan variantlar xon boshchiligida nufuzli hayat tomonidan ko‘rib chiqilgan. Yozuv maqullangandan keyin, kuy matnlarini oqqa ko‘chirish tajribali xattotlarga buyurilgan. Ularning eng mukammallari jamlanib, kitob holiga keltirilgan.
Ana shunday puxta ishlangan nusxalardan biri Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan tuzilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, u eng to‘liq va ishonchli variat deb topilgan. Mazkur to‘plam 448 betdan iborat yagona kitob shaklida ishlangan. U uch xil xat bilan yozilgan har bir bo‘lagining sanalari ham alohida qayd etilgan: 1299 (1881 - 82 y.), 1300 (1882 - 83y.), 1301 (1883 - 84 y.). To‘plam oxiridagi tarixga ko‘ra u 1920-yilda, yuqorida zikr etilgan nusxalardan jamlangan.
Bugungi kunda tanbur chizig‘ining yigirmaga yakin nusxalari malum. Ularning aksariyati maqom ilmidan yaqindan xabardor bo‘lgan ixtisosli xattotlar tomonidan bitilgan. Mavjud nota to‘plamlarining ko‘pchiligi bir-biriga o‘xshab ketadi. Bazi holatlarda esa ular muayyan matnning ko‘chirmalari sifatida namoyon bo‘ladi. Ilyos Akbarov olib borgan dastlabki qiyosiy kuzatishlardan malum bo‘ladiki, tanbur chizig‘i asosan mumtoz doiradagi olti yarim maqom: Rost, Buzruk, Navo, Dugox, Segox, Irok va Panjgox turkumlarining notalarini yozib olishga qaratilgan. Ammo tabulaturaning yangi nusxalari topishishi, unda olti yarim makom tizimidan tashqaridagi turkumlar xam qog‘ozga tushirilganligi malum bo‘ladi. 2002 yilda hazorapslik Hofiz Ollanazarovda 168 betdan iborat tanbur chizig‘ining nomalum bir nusxasi borligi malum bo‘ldi. Afsuski, bu noyob manbaning kachon va kim tomonidan tuzilganligini hali aniqlay olmadik. Aytishlaricha, to‘plam Muhammad Rahimxon Feruzning nazariga tushgan mashxur hazorasplik go‘yanda Iskandar mahzum istemolida bo‘lgan (Hofiz Ollanazarov - Iskandar maxzumning chevarasi). Uning har bir betida ikki-uch kator ashula yo‘llari xatga tushirilgan. Maqomlarning cholg‘u kuylari esa to‘plamga kiritilmagan. Nusxaning musikiy va sheriy matnlari juda puxta ishlangan. Barcha ashulalarning nomlari, doira usullari, kuy unsurlari (xona, bozgo‘y va ohanglar) boshdan oxirigacha maxsus ishora vositasida belgilab chiqilgan. Sheriy matnlar xam kuy jumlalariga muvofiklashtirilib to‘la-to‘kis keltirilgan.
Eng muximi, bunda avvalgi manbalardan bizga tanish bo‘lgan Rost, Navo, Segoh, Dugox va Buzruklardan tashqari yana yettita makom - Zixiy Nazzora, Qaddim xamlig‘i (Urganjiy), Miskin, Rahoviy, Sadri Irok, Oxyor, Choki giribon deb nomlanuvchi aytim yo‘llardagi turkumlar yozib qoldirilgan. Bu yerda Olti yarim maqom tizimidagilardan tashqari yana alohida Dutor makomlari (yani dutor jo‘rligida aytiladigan mumtoz yo‘llar) xatga tushirilgandir.
Mazkur nusxaning favqulodda ahamiyati shundaki, unda tanbur va dutor maqomlarining ashula yo‘llari to‘la sheriy matnlar bilan yozib olingan. Bizga malum bo‘lgan o‘ndan ortiq oldingi ro‘yxatlarning birontasida ham sheriy matnlar to‘la berilmagan, Dutor maqomlari esa umuman uchramaydi. Bu noyob manbaning asl nusxasi endilikda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida saqlanmokda.
Tanbur chizig‘i Xorazmdan tashqarida ham tarqalgan. Xususan, uning nusxalari Buxoro sozandalarining qo‘lida bo‘lganligi malum. Tanbur chizig‘iga rus va yevropa tadqiqotchilari ham murojaat etganlar. Birinchi bo‘lib bu ishni V.M. Belyayev boshlagan. Bu noyob manba xususida u matbuotda axborot kam bergan. 40-yillarda V.Belyayev Xorazm tabulaturasining matnini 5 chiziqlik yevropa nota yozuviga ko‘chirgan. Keyinchalik bu ishni Ilyos Akbarov davom ettirib, yettita qo‘lyozma asosida matnning yig‘ma variantini ishlab chikdi. Bu tadqiqot hozirda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining kutubxonasida saklanmokda. So‘nggi yillarda tanbur chizig‘ini bevosita maqom amaliyoti bilan qiyoslab o‘rganishga kirishgan xorazmlik sozanda Ozod Bobonazarov bo‘ldi. Uzoq yillar davomidagi izlanishlar evaziga, u birmuncha muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Yangi topilgan “Hazorasp nusxasi” ustida Urganch universitetida musiqashunos Botir Raximov rahbarligida bir qancha malakali professor o‘qituvchilar Rustam Boltayev, Samandar Xudoyberganov, Matrasul Matyoqubovlar ilmiy-ijodiy izlanishlar qilishmoqda. Ularning samarasi Xorazm maqom an’analari xaqidagi taassurotlarni ancha kengaytirishga imkon beradi.
Xulosa sifatida shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, musiqiy tovushlarni yozib olishga bo‘lgan urunishlar, garchan bugungi kunda amaliyotga tadbiq etilmagan bo‘lsada xususan Xorazm tanbur chizig‘i nomi bilan o‘ziga xos tarzda yaratilganligi bu ajdodlarimiz tomonidan qadim-qadimdan musiqa merosimizni kelajak avlodlarga yetkazishda say’-harakatlar qilinganligidan dalolatdir.
Download 18,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish