Laboratoriyada ishlaganda rioya qilinadigan ehtiyot choralari - Mashsulotning birinchi kunidanoq har bir talaba kimyo laboratoriyasida ishlashning xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishlari zarur va laboratoriyadagi texnika xavfsizligi jurnalida bu narsa qayd qilinishi lozim.
- Har bir talaba, pala-partish ishlash, e’tiborsizlik, asboblarni, moddalarning xossalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik baxtsiz hodisalarga sabab bо‘lishi mumkinligini chuqur anglab olishlari lozim.
- Har bir ishni bajarishdan oldin, ishni bajarilish tartibi bilan yaxshilab tanishib olish va о‘qutuvchidan ayrim ishni bajarishning xavfsizlik texnikasiga oid maslahatlar olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |