Mavzu: Nomoliyaviy aktivlar Reja


Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning



Download 96,32 Kb.
bet15/17
Sana05.07.2022
Hajmi96,32 Kb.
#741309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
loyiha

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va hisobda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlarning kreditiga va ushbu tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda tovar-moddiy zaxiralar budjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan bo‘lsa yoki xarid qilingan manbasini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

  • kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisobdan chiqarilishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida va ushbu tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida;

  • aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;

  • aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;

  • mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.

Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda tovar-moddiy zaxiralar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilingan bo‘lsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

  1. kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini hisobdan chiqarilishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlarning kreditida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi. Agarda, mazkur tovar-moddiy zaxiralarning qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilgan summa o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu farq summa 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida (yoki tovar-moddiy zaxiralarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida) aks ettiriladi;



  1. aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.

Agarda tovar-moddiy zaxiralar budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga sotib olingan bo‘lsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa tovar-moddiy zaxiralar qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablag‘ning tegishli qismi budjet daromadiga o‘tkazib beriladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va to‘lig‘icha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi. Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan tovar-moddiy zaxiralarining qiymati kamomad chiqqan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu tovar-moddiy zaxiralar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi.

Download 96,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish