Mavzu: Nomoliyaviy aktivlar Reja


Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish



Download 96,32 Kb.
bet12/17
Sana05.07.2022
Hajmi96,32 Kb.
#741309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
loyiha

Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish

Nomoddiy aktivlarga eskirish ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab yoziladi. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan summasi ularning foydali xizmat muddati mobaynida muttasil tarzda bank xarajatlariga hisobdan chiqariladi.


Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati bank tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan amortizatsiya me’yorlari yordamida belgilanadi.
Foydali xizmat muddati aktivdan foydalaniladigan yillar mobaynida, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarida o‘lchanishi mumkin. Aktivning foydali xizmat muddatini belgilashda quyidagi barcha omillar hisobga olinishi lozim:
1) qanchalik samarali ishlatilishiga bog‘liq holda bank tomonidan aktivdan kutilayotgan qo‘llanishi;
2) aktiv uchun odatdagi hayotiylik davri va foydalanilayotgan shunga o‘xshash turdagi aktivlarning foydali xizmat muddatlarini baholash to‘g‘risidagi oshkor ma’lumot;
3) texnik, texnologik yoki boshqa turdargi eskirishlar. Kompьyuter dasturiy ta’minoti va shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning jadal texnik rivojlanishini hisobga olgan holda foydali xizmat muddati qisqa bo‘ladi;
4) aktiv ustidan nazorat qilinadigan davr va aktivdan foydalanishdagi yuridik yoki boshqa cheklovlar (ijara shartnomasi muddatining tugashi kabi va sh.k.);
5) aktiv foydali xizmat muddatining bankning boshqa aktivlari foydali xizmat muddatlariga bog‘liqligi.

Nomoddiy aktiv foydali xizmat muddatini baholash foydali xizmat muddati davomiyligining oshishi bilan ishonchsiz bo‘lib boradi, chunki chegara mavjud xalqaro standartlarga muvofiq ba’zi nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati yigirma yildan oshmaydi.


Agar nomoddiy aktivdan olinadigan kelajakdagi iqtisodiy foydani nazorat qilish yuridik huquq (patent, mualliflik huquqi singari) orqali erishilsa, bunday nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati yuridik huquqning amal qilish davridan oshmasligi kerak, bundan quyidagi hollar mustasno:
1) yuridik huquq tiklanadigan bo‘lib hisoblanganda;
2) tiklanish haqiqatan ham aniq bo‘lganda.
Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ham iqtisodiy, ham huquqiy omillar mavjud bo‘lishi mumkin: iqtisodiy omillar iqtisodiy foyda olish davrini belgilaydi; huquqiy omillar ushbu foydani olinishi ustidan bank nazorati davrini cheklashi mumkin. Bunday holda foydali xizmat muddati ushbu davrlarning eng qisqasini ifodalaydi.
Aktiv mavjud bo‘lgan davr ichida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati texnologik o‘zgarishlar yoki xizmatlar bozoridagi o‘zgarishlarga qarab vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Ushbu holda foydali xizmat muddati va tegishincha, amortizatsiya me’yori joriy va kelgusi davrlar uchun korrektirovka qilinadi.
Aktivning amortizatsiyalanadigan summasi balans qiymatidan aktivning tugatish qiymatini chegirish yo‘li bilan aniqlanadi. Nomoddiy aktivning tugatish qiymati nolga teng deb qabul qilinishi lozim, bundan quyidagi hollar mustasno:
1) aktivning foydali xizmat muddati oxirida uchinchi tarafning uni sotib olish majburiyati mavjud bo‘lsa; yoki
2) aktiv uchun faol bozor mavjud bo‘lsa va:
a) tugatish qiymati ushbu bozordagi dalillar bilan aniqlanishi mumkin bo‘lsa;
b) aktivning foydali xizmat muddati oxirida bunday bozorning mavjud bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lsa.
Foydalaniladigan amortizatsiya usuli bank aktivdan olinadigan iqtisodiy foydani iste’mol qiladigan sxemani aks ettirishi lozim. Agar bunday jadval aniq belgilanishi mumkin bo‘lmasa, unda amortizatsiyani teng maromli hisoblash usulini qo‘llash lozim.
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi:
1) teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli;
2) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli;
3) kamayib boruvchi qoldiq usuli.

Turli xildagi aktivlarga amortizatsiya hisoblashning turli usullari qo‘llanishi mumkin. Bunda nomoddiy aktivlarning bir turiga faqat bitta usulni qo‘llash lozim.


Eskirish hisoblashning tanlangan usuli hisob siyosatida belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasiga izchillik bilan qo‘llanishi va yil davomida o‘zgartirilmasligi lozim.
Teng maromli hisoblash usuli o‘zgarmas eskirish (amortizatsiya) summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblashga asoslanadi. Bunda quyidagi formulani ishlatish maqsadga muvofiq:
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya (eskirish) faqat foydalanish natijasi bo‘lib hisoblanishigagina asoslanadi va davrning bir qismi uning hisoblanish jarayonida biror-bir rolь o‘ynamaydi.
Aktivdan intensiv foydalanilganda, ayniqsa ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida aktiv eskirishini jadallashtirilgan amortizatsiya usullari asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli hisoblanadigan amortizatsiya summasini aktivning foydali xizmat muddati mobaynida kamayishini anglatadi. Ushbu usulda teng maromli usulida foydalaniladigan me’yorga qaraganda ikki baravar oshirilgan amortizatsiya me’yori olinadi.
Nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiya usuli vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim, agarda ushbu aktivlardan iqtisodiy foyda olishning taxmin qilinayotgan chizmasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgan holda, usul ushbu o‘zgarishlarni aks ettirish uchun o‘zgartirilishi va buxgalteriya baholarida o‘zgarishlar sifatida aks ettirilishi lozim, joriy va kelgusi davrlar amortizatsiya ajratmalariga esa tuzatish kiritilishi lozim.
Davrdagi amortizatsiya ajratmalari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan bank xarajatlariga kiritiladi:
Dt 56618 «Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi»
Kt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi» (kontr-aktiv)
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida balansdan hisobdan chiqariladi:
1) to‘liq eskirishi;
2) sotilishi;
3) tekinga berilishi;
4) fors-major holatlarida.

Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar aktivni sotishdan sof tushumlarning baholangan summasi bilan uning qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi hamda daromad yoki xarajat sifatida foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.


Foydalanilishi to‘xtatilgan va chiqib ketish uchun mo‘ljallangan nomoddiy aktivlar aktivni faol foydalanishdan chiqarish sanasida ularning balans qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar chiqib ketishida ularning qoldiq qiymati quyidagi tarzda aniqlanadi:
1) yig‘ilgan eskirish summasiga:
Dt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi» (kontr-aktiv)
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
2) mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha 30908 — hisobvaraqda bor bo‘lgan qoldiq summasiga:
Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»
Kt 31203 «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»

Hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlar sotilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:


1) nomoddiy aktivlar etkazib berilgandan so‘ng xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holda:
Dt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar».
2) to‘lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari:
a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
Kt 45913 — «Bankning boshqa xususiy mulkini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda»
b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»
Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
3) oldindan to‘lov amalga oshirilgan holda:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Kt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi» va ayni vaqtda:
a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:
Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
Kt 45913 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan foyda»
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:
Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
To‘liq eskirganligi munosabati bilan, fors-major holatlarida, tekinga berilganda nomoddiy aktivlarning qiymati belgilangan tartibda zararga hisobdan chiqariladi va quyidagi o‘tkazma bilan rasmiylashtiriladi:
qoldiq qiymati summasiga:
Dt 55906 «Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar»
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar»

Agar nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqli bo‘lsa, xizmat muddati tugaganligiga qaramay bank ulardan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanmaydi.






  1. Download 96,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish