Mavzu: Nominal va real yalpi milliy mahsulot, ularning nisbati va o’zgarish sur’atlari



Download 40,58 Kb.
Sana29.07.2021
Hajmi40,58 Kb.
#132322
Bog'liq
Mavzu Nominal va real yalpi milliy mahsulot, ularning nisbati v-fayllar.org


Mavzu: Nominal va real yalpi milliy mahsulot, ularning nisbati va o’zgarish sur’atlari

Mavzu: Nominal va real yalpi milliy mahsulot, ularning nisbati va o’zgarish sur’atlari.

Kirish

1. Yalpi milliy mahsulot

2. Yalpi milliy maxsulotni hisoblash.




  • Миллий иктисодиёт тушунчаси ва унинг курсаткичлари.


  • Такрор ишлаб чикаришнинг мохияти, турлари.


  • Ялпи миллий махсулот ва унинг таркибий кисмлари.


  • Миллий даромад ва унинг таркибий кисмлари, усиш омиллари.


  • Миллий даромадни кайта таксимланиши.


  • Узбекистонда инвестистия ва таркибий узгаришлар сиёсатининг устувор йуналишлари.

1) Yalpi milliy maxsulot (YaMM)-millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor prirovard maxsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.

YaMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baxolaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Yaʼni YAMM xajmini xisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha maxsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.

Milliy ishlab chiqarishning yalpi xajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta xisobga olinishi zarur. YaMM xajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni koʻp marta xisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.

Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.

2) Hoz. zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi gʻoyat yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari (korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar) xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot miqdori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-biriga teng kelmay qoladi. Shu bois YAMM hajmini toʻgʻri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga mamlakatga uning chet ellardagi oʻz fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari oʻrtasidagi farqni qoʻshish kerak. Chet eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan koʻp, aksincha holatda kam boʻladi

Daromad


Daromad — keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o’z faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Daromad pul va moddiy shaklga ega boʻlib, ularning yigʻindisi jami daromadni hosil qiladi. Daromad egalik nuqtai nazaridan aholi daromadi, korxona (korporativ) daromadi va davlat daromadiga boʻlinadi. Aholiga tegadigan daromad ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend shakllariga.

Ijtimoiy ishlab chiqarish

Ijtimoiy ishlab chiqarish — jamiyat yoki milliy iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarni qondirish uchun kerak boʻladigan neʼmatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui. Bu faoliyat natijasida yalpi milliy mahsulot, shu jumladan, yalpi ichki mahsulot va milliy daromad ishlab chiqariladi. I.ch.ning ijtimoiy tavsifi turli neʼmatlar i.ch.da jamiyat aʼzolarining mehnat kooperatsiyasi asosida oʻzaro aloqada, birgalikda iqtisodiy faoliyat koʻrsatishlarini anglatadi.

I.i.ch. yaratilgan neʼmatlarning kishilar ehtiyojlarini qondirish xususiyatlariga koʻra, moddiy va nomoddiy i.ch. sohalariga boʻlinadi. Moddiy i.ch., oʻz navbatida, moddiy neʼmatlar i.ch. va moddiy xizmatlar koʻrsatish sohalarini oʻz ichiga oladi. Xuddi shuningdek, nomoddiy i.ch. ham nomoddiy neʼmatlar i.ch. va nomoddiy xizmatlar koʻrsatish sohalariga boʻlinadi (qarang Ishlab chiqarish).

Infratuzilma

Infratuzilma (lot. infra - ostida) — i. ch. va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy i.ch. sektori. I. xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. I. zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi. I. xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (i.ch. ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-maishiy infratu-zilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.) ga ajraladi. I. xizmati tovar boʻlganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat koʻrsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. I. xizmatlarini harakteriga koʻra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat koʻrsatilishiga koʻra, korxona, tarmoq i. ch. majmualari va hududiy I. ham mavjudaromad I. sohasida yaratilgan xizmatlar i. ch. va inson uchun naf keltiradi. I. xizmat koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. I. ni yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. I. ning samaradorligi koʻrsatilgan xizmatlarning sarf-harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.

Jahon banki

Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi.

Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.

Jahon xoʻjaligi

Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. J. x. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.

J. x.dagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.

J. x. aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.

J. x.da xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.

J. x. aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.

J. x.ni tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).

MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-y.lar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

J. x.da kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.

Hoz. davrda J. x.ning rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) J. x.ga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-y.larda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham J. x.ga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 y.larda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrdaromad dollarni tashkil etdi; 2) J. x.da i. ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) J. x.da iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.

J. x. xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. J. x. doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.


Makroiqtisodiyot

Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabfhjncddi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.

Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.

Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida.


Mayda tovar ishlab chiqarish

Mayda tovar ishlab chiqarish — yakka mayda dehqon va hunarmandlarning ijtimoiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish vositalarining xususiy mulkchiligi va xoʻjalikning aloqidaligi asosida uz shaxsiy mehnati bilan bozor uchun tovar chikaradigan ishlab chiqarish U kichik xoʻjaliklardan tarkib topadi. Mahsulotni ay-irboshlash vositasida isteʼmol etip] zaruriyati yotadi. Turkistonda 1913 yildaqishloqdagi xoʻjalikning 72% mayda dehqon xoʻjaligi tashkil qilgan. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarish sobiq SSSR davrida mavjud beshta xoʻjalik ukladining biri boʻlib, 1923—24 yillarda yalpi milliy maqsulotning 51% ni ishlab chiqargan.

Xususiy mulkchilikning kengayib borishi tovar ishlab chiqarish rivoji uchun zarur sharoit yaratdi . Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarishga kosib, hunarmand, fermer, shirkat xoʻjaliklari kiradi. Bunga shaxsiy isteʼmoldan ortiqcha mahsulotlprni bozorga olib miqadigan tomorqa, dala xrvlilarini ham qoʻshish mumkin. Chunki ular, asosan. mayda biznesni amalga oshiradilar. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarish ikki yoqlama ahamiyatlidir: I) bozor-iii isteʼmol buyumlari va xizmatlar bilan taʼminlaydi; 2) bu bilan band bulganlar uchun shaxsiy da rom ad manbai. U aholining turmush larajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etali. Mayda tovar ishlab chiqarish ishlab chiqarish oʻrta va yirik tonar ishlab chiqarishning kengayishiga asos boʻlib xizmat qilali. Rivojlangan mamlakatlarning yalpi milliy mahsulot va daromadida uning salmogi juda kattalir (40—42% gacha bo-ryali). Oʻzbekistonda uning ulushi qisqa vaqt ichida koʻpayib, 2002 yilda 25–26 %ga yetdi.


Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iktisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqsorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.

Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga koʻchirilgan qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (Milliy daromadning) qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida hisoblash boʻyicha katta tajribalar toʻplangan. Chunki yaqin oʻtmishda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan Milliy daromad sof mahsulot sifatida hisoblangan. Bunday qoidaning hozirgi paytda ham amal qilishi juda katta ijtimoiy-iktasodiy ahamiyatga egadir, chunki bu usul ishlab chiqariladigan mahsulotni, qoplash fondini va sof mahsulotni hisoblash, isteʼmolni va jamgʻarishni optimallashtirish siyosatini oʻtkazishga imkon beradi. Sof mahsulotning muttasil koʻpayishi, oʻsishi esa ishlab chiqarish sohasida va boshqa sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy taʼminlanishini yanada oshiradi.

Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda, renta, foiz kabi daromadlar yigʻindisi — birlamchi pul daromadlari va ularni qayta taqsimlashlar (shu jumladan, xizmatlar, ijara, prokat, qarz, soliq kabilar orqali qayta taqsimlashlar) natijasida hosil boʻladigan ikkilamchi va h. k. pul daromadlar yigʻindisidir. Shuning uchun ham muomaladagi pul massasi ham, ish haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan pul daromadlari yigʻindisi ham jamiyatning haqiqiy Milliy daromad boʻla olmaydi, chunki qogʻoz pullar va pul daromadlari haqiqiy, real daromad emas, ularning miqdoriga va harid kuchiga koʻp omillar taʼsir etadi.

Har qanday mamlakatda, jamiyatda moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulotlardan iborat Milliy daromadgina boshka shart-sharoitlar teng va oʻzgarmas boʻlganda, butun xalq isteʼmolini va mamlakat iktisodiy taraqqiyotini taʼminlashning , har bir shaxs va barcha aholi real daromadlarini oshirishning juda muhim moddiy asosidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulotnigina qamrab oladi. Shuning uchun ham milliy hisoblar tizimita oʻtish munosabati bilan xalqaro hisobkitoblar uchun BMTning tavsiyasiga binoan, Milliy daromad oʻrniga yalpi milliy mahsulot, 1993 yildan esa yalpi milliy daromad koʻrsatkichi qoʻllanila boshladi.
Narx

Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.


Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. N. faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, N. qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday N.ning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —N. vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning N.iga koʻpaytirish opkali hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. N. pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. N.dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 3)raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. N. raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — N. bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N. oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar N.ining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. N.ga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. N. resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi N. tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu N.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy N.larda hisoblanadi.

N. qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.

Erkin bozor N.i (muvozanatli N.) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N. yuzaga keladi; monopol N. — monopol bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N.lardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji N. — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N.lari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N. Bunday N., odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana N. — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi; Preyskurant N. — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma N. boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N. atrofida boʻlishini anglatadi; D otatsiyalangan N. — davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor N.idan pastroq qilib belgilangan N., N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping N. — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan N., xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.

Bozor koʻlamiga koʻra, N.lar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lar i ga boʻlinadi. Hududiy N. — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor N.i — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi N.lardir. Xalq-aro N. — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.

N.lar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. N. diapazoni N.lar oraligʻining puldagi ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar N.lari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.ining oʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yo'q.Ushbu nazariya Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri Abdullayev.A ga tegishli nazariyadir

Ouken qonuni — qisqa mudsatli ishsizlik darajasining oʻsishi bilan ishlab chiqarish hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi bogʻliqni ifodalaydigan qonun. Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken (1929— 1979) aniklangan. Bu qonunga koʻra, yalpi milliy mahsulotning yillik oʻsishi 2,5%ni tashkil etganda ishsizlik darajasi amalda doimiy boʻlib qoladi. Ishsizlik darajasidagi oʻzgarishlarga qarab yalpi milliy mahsulot real hajmining potensial hajmiga nisbati oʻzgarishlari (elastikligi) doimiy va taxminan 3% ga teng . Mac., ishsizlikning 1% ga oʻsishi real ishlab chiqarish hajmida 3% ga teng qisqarishga olib keladi yoki aksincha.

Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy darajasida saklash va tartibga solib turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan milliy iqtisodiyot barcha ishlashni xohlovchilarga va mehnatga layo-qatli fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib bera olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va xizmatlar ishlab chiqarish potensialini toʻliq ishga sola olmaydi. Ouken qonuni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.

Muhammadjon Nigʻmatov.

Simon Kuznets

KUZNETS (Kuznets) Saymon Smit (1901.30.4, Harkov - 1985.9.7, AQSH) — amerikalik iqtisodchi. Ukrainada statistika boʻlimining boshligʻi lavozimida qisqa muddat ishlagach, AQShga muhojir boʻlib ketgan. Kolumbiya universiteti doktori (1926X, Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi aʼzosi (1927—61). Pensilvaniya (1930—54), J.Gopkins (1954—60), Garvard (1960—71) universitetlari professor AQSH statistika assotsiatsiyasi (1949) va AQSH iqtisodiy asso-siatsiyasi (1954) prezidenti etib saylangan. K. iqtisodiy oʻsish nazariyasiga katta hissa qoʻshdi. Oʻsishning uzoq sikllari aholi oʻsishi surʼatlari oʻzgarishlariga bogʻliqligini tadqiq qildi, koʻpgiva sanoati rivojlangan mamlakatlarda isteʼmolning daromadga nisbati bir necha oʻn yilliklar davomida barqarorligini va belgilangan mahsulot hajmini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan real kapital pasayish tendensiyasiga ega ekanligini aniqladi. K. pirovard mahsulot ishlab chiqarish, kapital va jamgʻarishning shakllanishi, aholining turli tabaqalari oʻrtasida daromadning taqsimlanishini aniq baholadi. Uning ishlari jahonning barcha mamlakatlari uchun yalpi milliy mahsulot, milliy daromadni hisoblashning yagona uslubini ishlab chiqishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1971).


Sof milliy mahsulot - muayyan davr davomi (odatda oy, chorak, yil)da mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlardan biri; yalpi milliy mahsulot (YAMM)dan tarkibiga tegishli davrda isteʼmol etilgan asosiy kapital qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. Sof milliy mahsulotm. qiymati milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Nazariy jihatdan olganda Sof milliy mahsulotm xoʻjalik faoliyati natijalarini yalpi ichki mahsulot va YAMMga qaraganda aniqroq hisoblash imkonini beradi, chunki u tegishli davrda yaratilgan qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda Sof milliy mahsulotm. hisobkitoblaridan YAMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa isteʼmol etilgan kapital qiymatini aniq hisoblashning murakkabligi bilan bogʻliq.
Taqchillik (iqtisodiyotda) — ilgari belgilangan, rejalashtirilgan yoki zarur darajadagi mablagʻ, resurs, tovarlarning yetishmasligi, tanqisligi. T.ning yalpi milliy mahsulot taqchilligi, tovarlar takchilligi, byudjet taqchshiigi, taqchil moliyalashtirish, taqchil iqtisodiyot kabi koʻrinishlari mavjudaromad T. har qanday darajada iqtisodiy muvozanatni buzadi, qarzlarning toʻplanib borishiga sabab boʻladi. Tovarlar va xizmatlar T.ligi xalq isteʼmol mollari va xizmatlarining aholi talabehtiyojlarini qondirish uchun yetishmasligi, ularni yetarli darajada ishlab chiqarmaslik oqibatida yuzaga keladi. Tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi, undagi mutanosiblikning buzilishi, takror ishlab chiqarish.ning izdan chiqishi oqibatidir. Uni bartaraf etish uchun tovar ishlab chiqarish., tovar importi bozor talabiga qarab koʻpaytiriladi. Byudjet xarajatlari daromaddan ortib ketsa byudjet takchilligi yuzaga keladi. Bunday T. makroiqtisodiyot darajasida inflyatsiya jarayonining rivojlanib borayotganini, davlat moliyasining inqiroz holatida ekanligini koʻrsatadi. Davlat byudjetida T. byudjetning daromad qismida 20%gacha yoki yalpi milliy mahsulotning 7—8% gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.

Yalpi ichki mahsulot

Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.

Yalpi ichki mahsulot (YIM) — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda 2003 yilda amaldagi narxlarda 9964,1 mlrdaromad soʻmlik YIM ishlab chiqarildi. Bu 2002 yilga nisbatan 4,4 % ga koʻp demakdir. Yaratilgan YIMning tarmoq tuzilmasi quyidagicha: uning 48,5% tovarlar ishlab chiqarish (uning 15% sanoatda, 28,8% qishloq xoʻjaligida, 4,5% qurilishda) va 38,1% xizmatlar koʻrsatish (uning 8,5% traneport va aloqada, 9,4% savdo va umumiy ovqatlanishda, 20,2% bozor va nobozor xizmatlarda)ga, 13,4% mahsulot va eksportimport operatsiyalari sof soliqlariga toʻgʻri keldi. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida YIM yoki yalpi milliy mahsulot (YMM), hatto yalpi milliy daromad (YMD) ham qabul qilinishi mumkin. Mas, AQSH va Yaponiyada YIM emas, balki YMM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy hisoblar tizimida YIM birlamchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib xizmat qiladi. Miqdor jihatdan bu koʻrsatkichlar oʻrtasidagi tafovut unchalik katta emas: rivojlangan mamlakatlarda bu tafovut bir foizdan oshmaydi. Chet ellarda ishlovchi fuqarolardan tushadigan daromadlar salmoqli boʻlgan mamlakatlarda bu tafovut kattaroq boʻlishi mumkin.

Nurislom Toʻxliyev.

Yangi industrial mamlakatlar

Yangi industrial mamlakatlar — 20-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida iqtisodiy taraqqiyotda keskin oʻzgarishlarga erishgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi. Bu mamlakatlar koʻpgina koʻrsatkichlar boʻyicha jahondagi oʻrta va hatto yuqori rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi.

YA.i.m.da sanoat ishlab chiqarish hajmi va uning milliy daromaddagi hissasi oʻsdi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi koʻpaydi. Yangi qatlam — tadbirkorlar sinfi mavqei mustahkamlandi. Yangi industrial mamlakatlarm.ga Lotin Amerikasining rivojlangan mamlakatlari — Argentina, Braziliya, Meksika va Janubiy Sharqiy Osiyoda "Osiyo yoʻlbarslari" nomini olgan bir qator mamlakatlar va hududlar — Singapur, Tayvan, Koreya Respublikasi, Xitoy tarkibidagi Syangan kiradi. Bulardan bir qadar keyinroq 2avlod Yangi industrial mamlakatlarm. deb nom olgan mamlakatlar ham paydo boʻldi. Bu mamalakatlarda aholining katta qismi hamon q.x.da band boʻlishiga qaramay, sanoat ishlab chiqarish hajmi va sanoat mahsulotlari eksporti tez oʻsmoqda, milliy kapital vakillarining mavqei mustahkamlanmoqda. Bularga Lotin Amerikasida Venesuela, Kolumbiya, Peru, Urugvay, Chili, Janubiy Sharqiy Osiyoda Malayziya, Filippin, Tailand, Indoneziya kiradi.

YA.i.m. sanoatida eng zamonaviy texnologiyalar qoʻllaniladi va jahon bozorida raqobatbardosh yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularning tajribasi rivojlanayotgan mamlakatlar oʻz taraqqiyotida faqat oʻzlarida serob, hatto ortiqcha boʻlgan tabiiy va mehnat resurslari bilan birga texnik jihatdan murakkab ishlab chiqarishga tayanishlari va bu tarmoqlarda qiyosiy afzalliklarga ega boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Yangi industrial mamlakatlarm.ning sanoat rivojida chet el kapitali faol rol oʻynaydi. Mas, Singapurda 1980-y.lar oxirida ishlov beruvchi sanoat mahsuloti eksportining 90% ga yaqini, Koreya Respublikasida 27% chet el transmilliy kompaniyalari (TMK) filiallari hissasiga toʻgʻri kelgan. TMK bu mamlakatlarda mahalliy arzon ishchi kuchidan foydalangan holda yangi, baʼzan eng yangi sanoat korxonalarini qurishda ishtirok etadi. Ayrim detallar va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan tor ixtisoslashgan korxonalar quradi, mahsulotni pirovard yigʻish rivojlangan mamlakatlarning oʻzida amalga oshiriladi.

Mas, elektronika sanoati sohasidagi AQSH va Yaponiya TMK Meksika, Singapur, Tayvan va Malayziyada yarimoʻtkazgichli priborlar va integral sxemalar chiqaradigan bir qator korxonalarni tashkil etdi. Ayrim TMK murakkab texnologiyani soddalashtirib, ishlab chiqarish jarayonini alohida qismlarga ajratib, rivojlanayotgan mamlakatlarda tegishli korxonalarni qurdi. Natijada bu mamlakatlardan ishlov beruvchi sanoat mahsulotlari eksportining katta qismi TMK ichki firma savdosidan iborat boʻlib qoldi.

Janubiy Sharqiy Osiyodagi Yangi industrial mamlakatlarm.ning eksport yoʻnalishidagi rivojlanishi, eksport tuzilmasi tamomila oʻzgardi. Unda xom ashyo va oziq-ovqat hissasi keskin kamayib, sanoat eksportida toʻqimachilik mahsulotlari salmogʻi pasaydi, mashina va uskunalar hissasi juda oʻsib bordi. Mas, 1970 yildan 1995 yilga qadar Singapur eksportida xom ashyo va oziq-ovqat hissasi (%larda) 72,5 dan 16,1 ga ga, Koreya Respublikasida 23,5 dan 6,7 gacha, Tayvanda 24,3 dan 7,3 gacha, toʻqimachilik tovarlari hissasi esa tegishlicha 5,6 dan 2,6 gacha, 41,1 dan 15 gacha, 29,0 dan 14,4 gacha qisqardi, mashina va uskunalar hissasi esa Singapurda shu davrda (% larda) 11,0 dan 62,3 ga, Koreya Respublikasida 7,2 dan 51,6 gacha, Tayvan 16,7 dan 47,7 gacha oʻsdi. 2avlod Yangi industrial mamlakatlarm.da ham xuddi shunday oʻzgarishlar bormoqda. Malayziyada xom ashyo va oziqovqat eksporti hissasi shu davrda 93,5% dan 26,9% ga qisqargan boʻlsa, mashina va uskunalar hissasi 1,6% dan 50% ga oʻsdi. Tailandda xom ashyo va oziq-ovqat eksport hissasi 95,3% dan 26,3% pasayib, mashina va uskunalar hissasi 0,1% dan 31,5% ga koʻtarildi. Shunday qilib, bu mamlakatlarning koʻpchiligi mashina va uskunalar eksporti boʻyicha jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasiga koʻtarildi. 20-asr oxirlariga kelib jami rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat eksportining deyarli 70%, mashina va uskunalar eksportining 70% dan koʻprogʻi Janubiy Sharqiy Osiyodagi 1 va 2 avlod Yangi industrial mamlakatlarm. (Syangan, Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan, Indoneziya, Malayziya va Tailand), shuningdek, Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi.

2002 yilga kelib aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish Koreya Respublikasida 16480, Singapurda 23090, Malayziyada 8280 AQSH dollarini tashkil etdi. Yangi industrial mamlakatlarm. da aholi jon boshiga tibbiy, taʼlim, kommunal xizmatlari isteʼmol boʻyicha ham jiddiy yutuqlarga erishilgan.

YA.i.m.ning paydo boʻlishi hozirgi jahon xoʻjaligida va xalqaro mehnat taqsimotida katta oʻzgarishlar yuz berganligini, rivojlanayotnan mamlakatlar oʻrtasida tabaqalanish kuchayib borayotganligini koʻrsatadi, chunki Yangi industrial mamlakatlarm. dagi taraqqiyot kam rivojlangan mamlakatlarning katta guruhidagi qoloqlikni bartaraf eta olmadi.

Iqtisodiy va sanoat rivojining hozirgi darajasiga koʻra, Yangi industrial mamlakatlarm.dan eng rivojlanganlari — Koreya Respublikasi, Argentina, Meksika, Singapur sanoati rivojlangan mamlakatlarga deyarli yaqinlashdi va Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa davlatlari bilan bir darajada turadi. Meksika va Koreya Respublikasining rivojlangan mamlakatlarning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OYESD) aʼzoligiga qabul qilinganligi ham buning isboti boʻla oladi.


http://fayllar.org
Download 40,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish