Matematikada aksiomatik metod. Piano aksiomalari
Boshlangich sinflarda asosan manfiy bo’lmagan butun sonlar bilan ish ko’riladi. Manfiy bo’lmagan butun sonlar to’plamiga ta’rif berganda Piano aksiomalari sistemasiga tayanamiz. Italyan olimi Piano 1889 yilda shu aksiomalarni kashf qildi. Piano natural sonlar uchun aksiomalar sistemasini berdi. Quyida keltirilgan aksiomalar sistemasi Zo uchundir.
Piano aksiomalar sistemasi qurilishiga e’tibor beraylik.
Bunda:
1.Asosiy tushunchalar “to’plam”, “son”, tushunchalari olinadi.
2.Asosiy munosabat - “ketidan keladi” munosabati tanlanadi.
3.Aksiomalar keltiriladi.(ular to’rtta)
Ta’rif: Zo to’plamga manfiy bo’lmagan butun sonlar to’plami deb aytiladi, agar bu to’plamni elementlari orasida “ketidan keladi” munosabati ta’riflangan bo’lib, bu munosabat quyidagi aksiomalarni qanoatlantirsa:
I. Hech qanday son ketidan kelmaydigan 0 soni mavjud.
II. Har qanday natural sonning ketidan keluvchi bitta va faqat bitta natural son mavjud.
III. Har qanday natural son bitta va faqat bitta natural son ketidan keladi.
IV. (Induktsiya aksiomasi) Agar qandaydir sonlardan tuzilgan M to’plam 0- sonni o'z ichiga olsa, va bu to’plamda qandaydir a-natural sonni mavjudligidan uning ketidan keluvchi son a’ ham mavjud bo’lsa, bu holda M ~ Zo bo’ladi.
Bunda a’ –a natural son ketidan keluvchi son.
Induksiya bu xususiylikdan umumiylikka, konkretlikdan abstraklikka o’tish bosqichidir. “Inductio”- lotincha “yo’l ko’rsatish” ma’nosini bildiradi.
Pianoning 4-aksiomasini matematik induksiya printsipiga o’xshatib quyidagicha aytilish mumkin:
“Qandaydir R fikr: 1) 0 uchun rost va
2) istalgan x natural son uchun rostligidan, x son ketidan keluvchi x’ uchun ham rostligi kelib chiqsa u holda R fikr barcha natural sonlar uchun rost bo’ladi”.
Maktab matematika kursida matematik induktsiya printsipi quyidagicha ko’rib chiqilgan edi:
“Agar A(n) fikr (bunda n natural son)
1) n= 1 uchun rost
2) n=k uchun rostligidan (bunda k – istalgan natural son) navbatdagi n=k+1 son uchun ham rostligi kelib chiqsa u holda A(n) fikr ixtiyoriy natural son n uchun rost bo’ladi”
Ikkinchi qismida n=k uchun fikr rost A(n) –deb faraz qilinib n=k +1 uchun fikr A(n+1) – rostligi ko’rsatiladi. Ya’ni A(k) A(k+1).
Isbotlashning shu ikkala bosqichidan foydalanib, A(n)- fikrning barcha n-natural sonlar uchun rostligi kelib chiqadi.
Matematik induktsiya metodidan, ayniyatlar to’g’riligini tekshirishda, ifodalar qiymatlarini hisoblashda, xulosa, tasdiqlarni isbotlashda foydalaniladi.
1-misol : 1+2+3+….+n=((1+n)n)/2 (1) ekanligini isbotlang.
1) n=1 bo’lsin, 1=((1+1)1)/2, yoki, 1=1 , А(1)- to’g’ri
2) n=k uchun to'g'ri bo’lsin, 1+2+3+….+к=((1+к)к)/2, А(к)-rost deb faraz qilamiz.
n=k+1 uchun to'g'riligini ko'rsatamiz, ya'ni 1+2+3+….+к+(к+1)=((1+к)(1+(к+1)))/2; yoki 1+2+3+….+к+(к+1)=((1+к)(к+2))/2;
Haqiqatdan ham, (1+2+3+….+к)+(к+1)=((1+к)к)/2 + (к+1)=((к+1)(к+2))/2;
Demak, (1) tenglik barcha lar uchun rost.
Do'stlaringiz bilan baham: |