Bunda kuzatuvchilar uchun sharni harakatini ko’raylik. 1. Yerdagi kuzatuvchi uchun shar inertsiya qonuniga buysunib tekis to’g’ri chiziqli harakatini davom ettiradi. 2. Vagondagi kuzatuvchiga shar kuch ta’sirisiz harakatga kelishi ko’rinadi. Shar - ao tezlanish oladi. Kuzatuvchi shu tezlanishni yuzaga keltiruvchi kuchni axtarib topa olmaydi. Bu inertsiya qonuniga ziddir.
Yuqoridagi kelishmovchilikni inertsiya kuchlari tushunchasini kiritish bilan bartaraf qilamiz: sharni tezlanishi vagondagi jismga boshqa jismlarni ta’siri tufayli emas, balki vagonni Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan tezlanuvchan harakati tufayli vujudga keladi. Shuning uchun noinertsial sanoq sistemadagi jismga ta’sir etuvchi bunday kuchlarni (Nyuton kuchlaridan farq qilish uchun) inertsiya kuchlari deyiladi. Bu kuchlarni jismlarga ta’siri ham Nyuton kuchlarinikidek bo’ladi.