3. Tavakkalchilik turlari Tavakkalchilikni bir necha turlarga bo’lish mumkin:
- Alternativlarni amalga oshirish va tanlash jarayonida ob’ektiv va sub’ektiv ehtimolliklarga ega.
Qarorlar qabul qilishda biz 2 turdagi tavakkalchilikga yo’l qo’yamiz:
1) Tavakkalchilikni hisobga olgan holda umumdavlat qarorlarini qabul qilish;
2) Mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma’lum bir tavakkalchilikka tayaniladi.
Noaniq qarshiliklar natijasida yuzaga keluvchi tavakkalchilik «Vis major» deyiladi. Ko’p hollarda noaniqliklar tavakkalchilikni sinash tushunchalari deyiladi. Lekin (tavakkalchilik uchun) noaniqliklar ba’zi hollarda tavakkalchilik sifatida ko’rinadi yoki ba’zi bir noma’lum hodisalarni paydo bo’lishida yoki paydo bo’lishi bizga noaniq vaziyat ehtimoli ko’rinishida paydo bo’ladi. Amalda uzoq muddatli va qisqa muddatli tavakkalchilik mavjud.
Uzoq muddatli tavakkalchilik qishloq xo’jaligi va uning tarmoqlarini rivoji bilan bog’liq bo’lib ko’p hollarda butun xalq xo’jaligi darajasida qabul qilinadi.
Qisqa muddatli tavakkalchilik kon’yunkturali hisoblanadi, ya’ni ma’lum vaqt davomida bajariladigan ma’lum turdagi ishlarni bajarishda qabul qilinadi.
Tavakkalchilik turlari quyidagi sinflarga bo’linadi:
1) Xo’jalik tavakkalchiligi;
Xo’jalik tavakkalchiligi muvaqqat va ob’ektiv tavakkalchilikdan tashkil topadi.
Muvaqqat tavakkalchilik - bu ishlab chiqarish jarayonida yo’naltirilgan mahsulot keraksiz bo’lib qolishidir. Ob’ektiv tavakkalchilik-bu mazkur mahsulot mazkur hududda sotilmay qolishidir.
Tadbirkorlar o’z faoliyatlari davomida quyidagi vaziyatlarda tavakkalchilikni hisobga olishlari lozim:
Ishlab chiqarish sohasida: boshqaruv, taqsimot, texnologiya, texnika ob-havo bilan bog’liq tavakkalchilikni.
4. Noaniqlik va tavakkalchilik, ularda qaror qabul qilish metodologiyasi. Boshqaruv faoliyati amaliyotida qaror qabul qilishda(QQQ) ayrim holatlarda kutilmagan holatlar paydo bo‘lib, ular tezkor va noordinar harakatlarni taqazo etadi va bu harakatlar ma’lum bir noaniqlik va xavf (risk) bilan nomoyon bo‘ladi.
Shunday vaziyatlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan risklar oshkor va oshkormas xarakterda bo‘lib, ular kelib tushayotgan ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday holatlarda muammo yechimlaridan (alternativa) eng maqbul yechimni (“eng yaxshi”, optimal) tanlashda yechim tanloviga va sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi holatlarni inobatga
olish kerak bo‘ladi.
Quyida bu sharoitlarda QQQ jaryoni bilan qisqacha tanishib o‘tamiz.
Mutloq noaniqlik sharoiti
Bu sharoitda mumkin bo‘lmagan tashqi holatlar aniq bo‘lmaganligi sababli, alternativalarni baholab bo‘lmadi. Shu sababli mutloq noaniqlikdan noaniqlik sharoitiga o‘tish kerak bo‘ladi, ya’ni barcha mumkin bo‘lgan tashqi holatlarni aniqlash va alternativalarni tashqi holatlarga mos baholash darkor bo‘ladi.
Noaniqlik sharoiti
Tashqi sharoitning ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati yo‘qligi sababli bunday sharoitda QQQ (tanlov amalga oshirish) qaror qabul qiluvchi shaxsning (QQQSh) qarashlari va sub’ektiv bahosiga asoslangan bo‘ladi. Sub’ektiv baho o‘z navbatida shaxsning tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslanadi.
Noaniqlik sharoitida oxirgi qarorni qabul qilish rahbar qo‘lida bo‘lib, rah-
bar muammo yechimini izlashda jamoa bilan, ekspertchilar va boshqa mutaxassislar bilan muhokamalar o‘tkazishi mumkin. Bunda rahbarning mummoni yechishda qanday evristik usullarni qo‘llay bilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Noaniqlik sharoiti ko‘p hollarda tez o‘zgaruvchi holatlar, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ko‘p vaqt talab qiladigan sohalarda uchrab turadi.
Noaniqlik paydo bo‘lishiga sabablar:
• Vaziyatdagi element va ob’ektlar sonining ko‘pligi;
• Texnik, ijtimoiy va boshqa sabablarga ko‘ra ma’lumot cheklanganligi yoki
noto‘g‘riligi;
• Aniqlik uchun ma’lumotning juda qimmatligi;
• QQQShning kasbiy tajriba va mahorati kamligi;
• QQQda cheklanishlar mavjudligi, masalan, vaqt tanqisligi;
• Jarayonga tashqi vaziyat yoki raqobatdoshning hatti-harakati ta’siri.
Demak, noaniqliklikni bartaraf etish uchun
• Bor ma’lumotni chuqurroq taxlil etish;
• To‘liqroq tahlil uchun yetishmayotgan ma’lumotni qo‘lga kiritish kerak.
Noaniqlikdan tavakkalchilik sharoitiga o‘tish
Ayrim hollarda masala noaniqlik darajasini kamaytirib, tavakkal sharoi-
tiga keltirish bilan yechiladi. Bunga quyidagi savollarga javob izlash bilan erishiladi:
• Mavjud noaniqlik darajasi qanchalik katta?
• Noaniqlik darajasini kamaytirish uchun nima qilsa bo‘ladi?
• Noaniqlik darajasini kamaytirish xarajatlari qanday?
Tavakkalchilik sharoiti
Tavakkal sharoitida mumkin bo‘lgan tashqi holatlarning ehtimolini baholash mumkin bo‘lib, QQQShning tashqi holatlarini qay darajada aniq va to‘g‘ri baholay bilishga bog‘liq bo‘ladi. Faqat hisob natijalargina emas, balki QQQShning tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslanish kerak.
Tavakkal klassifikatsiyasi
Tavakkal ko‘rinishlarining soni va turi ko‘p bo‘lib, ularni quyida keltirilgan jadvaldagi kabi turkumlarga ajratish mumkin: