Mavzu: Noallel genlarning o‘zaro ta’siri



Download 2,55 Mb.
bet45/51
Sana31.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#520766
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51
Bog'liq
Mavzu 9

Hayvonlar seleksiyasi. hayvonlar seleksiyasida o‘simliklar seleksiyasida qo‘llaniladigan usullardan ham foydalaniladi. Lekin hayvonlar seleksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari hayvon tabiatidan kelib chiqadi: 1) xonakilashtirilgan hayvonlar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi, 2) har bir hayvon kam nasl beradi va har bir hayvon ancha qimmat turadi. Hayvonlar seleksiyasida eksterer belgilarni hisobga olish muhim rol o‘ynaydi. hayvonlar tashqi shakllarini butun yig‘indisi, tanasining tuzilishi, tana qismlarining o‘zaro nisbati eksterer deb ataladi. Xo‘jalik uchun muhim bo‘lgan ko‘pgina belgilar, masalan, qoramolning sersutliligining rivojlanishi muayyan tana tuzilishiga, qon aylanish va nafas olish sistemalari va boshqa belgilarni yaxshi rivojlanganligiga bog‘liq. hayvonlar seleksiyasida turli belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni hisobga olish muhim, chunki biron belgi bo‘yicha yuqori hosildorlik – muayyan eksterer belgilarga bog‘liq. Chorvachilikda avlodlar soni kam bo‘lganligi sababli xo‘jalik jihatdan foydali bo‘lgan belgilarga qarab yakka tanlash keng qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida bir zotga mansub hayvonlarni o‘zaro chatishtirish yoki bir-biridan uzoq, ya’ni begona zot yohud turga mansub hayvonlarni chatishtirish olib boriladi. Begona zotlarni chatishtirish bir necha foydali belgilar kombinatsiyasini hosil qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday duragaylash keyinchalik qat’iy tanlash bilan qo‘shib olib borilganda zotning xususiyatlarini yaxshilashga imkon yaratadi. Hayvonlarning har xil zotlarini yoki o‘simliklarning navlari hamda turlararo chatishtirishda hosil bo‘lgan birinchi avlod duragayi hayotiy xususiyatlari bir muncha yuqori bo‘lishi va kuchli rivojlanishi bilan farq qiladi. Bu hodisa duragay kuchi yoki geterozis deyiladi. Bunda ko‘pchilik genlar geterozigotali holatga o‘tadi va dominant genlarning qulay o‘zaro ta’siri vujudga keladi. Uy hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratishda zotlararo va uy hayvonlarining uzoq formalarini duragaylash orqali ko‘plab zotlar yaratilgan. Zotlararo chatishtirish orqali mayin jun beradigan askaniya rambulesi, hisor va qorako‘l qo‘y zotlari, ko‘p sut beradigan kostroma qoramol zoti, axaltaka ot zoti, tovuqlarning broyler va sertuxum zotlari, ipak qurtining zotlari yaratilgan. Uy hayvonlarini uzoq formalari duragaylash orqali ham xo‘jalik uchun katta ahamiyatga ega zotlar yaratilgan. ularga misol qilib mayin jun beradigan merinos qo‘y zoti bilan yovvoyi qo‘y arxarni chatishtirish orqali arxaromerinos qo‘y zoti, baland tog‘li hududlarda yashaydigan uy hayvoni qo‘tos bilan qoramol chatishtirilib duragay olingan. Olingan bu zotlar turli muhit sharoitida bemalol yashay oladi va mahsuldorligi ham yuqori bo‘ladi.


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish