KO
’
RUV RETSEPTSIYASI
Ko’ruv retseptsiyasi organi — ko’zga to’r pardadagi retseptor apparat va
yorug’lik nurlarini bir fokusga keltirib, narsalarning kichraygan va teskari aniq tasvirini
to’r pardada hosil qiladigan optik sistema kiradi.
Ko’zning optik sistemasi
Ko’zga kiradigan yoruglik nurlari to’r pardaga tushishdan oldin sindiruvchi bir
necha yuzalar — shox parda, gavhar va shishasimon tananing oldingi va orqa
yuzalaridan o’tadi.
Nurlarning o’tadigan yo’li shox parda, gavhar va shishasimon yuzasining nur
sindirish ko’rsatkichlariga va egrilik radiusiga bog’liq. Ko’z optik sistemasining nur
sindiruvchi kuchini dioptriyalar bilan ifodalash mumkin.
dioptriya (D) —fokus masofasi 100 sm bo’lgan linzaning nur sindiruvchi kuchidir.
Nur sindiruvchi kuch oshganda fokus masofasi kamayadii Fokus masofasi 50 sm
bo’lganda linzaning nur sindiruvchi 2D ga, fokus masofa si 25 sm bo’lganda nur
sindiruvchi kuch 4D ga xokazo. Uzoqdagi narsalarga qaraganda ko’z optik
sistemasining nur sindiruvchi kuchi umuman 59D chamasida va yaqindagi narsalarga
qaragan70,5D chamasida bo’ladi. SHox pardaning nur sindiruvchi kuchi 43,05D,
gavharning nur sindiruvchi kuchi uzoqdagi narsalarga qaraganda 19,1 D yaqind agi
narsalarga qaraganda esa 33,06D ga teng. Akkomodatsiya
Narsani ravshan ko’rish uchun uning har bir nuqtasidan keluvchi to’r pardada bir
nuqtaga yigilishi, ya’ni fokuslanishi kerak uzoqqa qaralsa, yaqindagi narsalar ravshan
ko’rinmay, chaplashib ketadi. Buning sababi shuki, yaqin nuqtalardan keluvchi nurlar
to’r pardada to’planadi, tur pardada esa yoruglikni sochish doiralari hosil bo’ladi.
Ko’zdan turlicha masofadagi narsalarni bir vaqtda bir ko’rish mumkin emas. Tur
pardadan etarlicha uzovdagi kitobni to’r orqali o’qib, shunga ishonish oson. Bu holda
yo kitob
To’r pardadan turlicha masofadagi narsalarni ravshan ko’rishda ko’zning
moslashuvi akkomodatsiya deb ataladi. Ko’z akkomodatsiyasi qo’zgaluvchan to’qima
akkomodatsiyasiga aralashtirish yaramaydi. Ta’sir etuvchi tokning ortib borish tikligi
kam bo’lganda ko’zgaluvcha akkomodatsiyasi ro’y beradi. Gavhar egriligining,
binobarin, nur sindirish ko’rsatkichining o’zgarishi yo’li bilan akkomodatsiya yuzaga
chiqadi. Yaqindagi narsalarga qaraganda gavhar qabarikroq bo’lib qoladi, shunga ko’ra
taraluvchi nurlar bir nuqtada uchrashadi. Tekshirilayotgan ko’zning oldiga yoki yoniga
nur sochuvchi ikkita narsa — masalan, ikkita sham yoki lampochka qo’yib, gavhar
qabariqligini o’zgarishiga ishonsa bo’ladi; ayni vaqtda uch yuzadan Purkine-obrazlari
degan in’ikoslar ko’rinadi: eng ravshan, dastlabki in’ikoslar shox pardaning qabariq
yuzasidan, so’ngra gavharning qavariq oldingi tomonidan va zo’rg’a ko’rinadigan
in’ikoslar gavxarni orqa tomonidan ko’rinadi
Uzoqqa qarayotgan kishidan ko’zini yakindagi biron narsaga tikib turgin, deb
iltimos qilinsa, shox pardadan ko’rinayotgan dastlabki ravshan in’ikoslar o’zgarmaydi,
lekin gavharning oldingi tomondan ko’rinayotgan in’ikoslar kichrayib, bir -biriga
yaqinlashadi; bu, gavharning aks ettiruvchi yuzasidagi qabariqlik oshganligidan
guvohlik beradi. Akkomodatsiyada gavhar oldingi yuzasining egrilik radiusi kichrayib,
10 dan 6 mm ga, orqa yuzasidagi egrilik radiusi esa 6 da 5,5 mm ga tushib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |