To’qima hujayralarida qo’zg’alish vaqtida qo’zg’algan soha bilan nisbatan tinch soha
o’rtasida potentsialar ayirmasi sodir bo’ladi. Qo’zg’alish vaqtida tirik to’qimaparda sodir
bo’ladigan alektrik o’zgarishlar bioelektirik hodisalari, yani bioelektrik toklar deb ataladi.
Biotoklar kuvvati vaqtning mingdan, hatto milliondan bir bo’lagi bilan o’lchanadi. aqaning
birorta muskulini jaroxatlab, shu joyga hamda sog’ joyga galvanometr elektrodlari qo’yilsa
uning mili bir tomonga harakatlanadi. : Muskulning jarohatlangan qismida (+)
jarohatlanmagan qismida (-) zaryadlar hosil bo’ladi. Sog’ qism bilan jarohatlangan qism
orasida hosil bo’lgan potentsiallar ayirmasi tinchlik toki deyiladi.Bu potentsiallar ayirmasi
ko’p o’tmay yo’kolib ketadi. Muskulda hosil bo’lgan tinchlik toki 1-2 mv, nervdagisi asa 30
mv bo’lishi, muskuldagi, tinchlik toki nervdagiga
nisbatan bir oz uzok
, saklanishi mumkin.
Biotoklarni o’rganish turli kasalliklarni aniqlashda yordam beradi.Yurak muskullarining
harakat toklari elektrokardiograf yordamida yozib , olinadi. Bu yozuv elektrokadiogramma
deb ataladi. Me`dada hosil bo’ladigan harakat toklarini elektrogasgrografda yozib olinadi, u
elektrogastrogramma > deyiladi. Bosh miyadagi harakat toklari esa elektroentsefalografda
yozib olinadi.Orqa miyaning tuzilishi orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo’yin umurtqasi
bilan 2-bel umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda og’irligi 30-40 g. uzunligi
45 sm. Yangi tug’ilgan bolada og’irligi 6-10 g uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa
miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi.Orqa miyaning ko’ndalang
kesigida kapalak shaklida, kulrang modda uning atrofida esa oq modda joylashgan bo’ladi.
Kulrang moddaning oldingi, orqa va yon shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari
joylashgan bo’lib, bu Yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar
bo’lib, bu qismga sezuvchi yoki markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada bo’yin,"
ko’krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orka miyaning har bir segmentidan bir
juftdan hammasi bo’lib, 31 juft nerv tolalari chiqadi. Orqa miya 3 qavat parda bilan
qoplangan. Orqa miyadan chiqqan 31 juft nervlar gavda, qo’l, oyoq muskullari va terini
nervlar bilan ta`minlaydi.Orqa miya funktsiyalari. Orqa miya qo’zg’alishlarni o’zidan
yuqoridagi bosh miyaninr bo’laklariga o’tkazuvchi markaziy organ hisoblanadi. Orqa miya
reflektor va o’tkazuvchanlik funktsiyasini bajaradi. Orqa miya asosan harakat sezish
funktsiyasini boshqaradi. Odamda bosh' miya juda yaxshi rivojlanganligi tufayli muskul
harakatlarini ko’pchiligi bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i ishtiroki bilan yuzaga
chiqadi. Orqa miyaning har bir segmenti muayyan skelet muskullari va terining tegishli
qismlari bilan boglangan. Orqa miya reflekslari bosh miya reflekslariga qaraganda ancha
sodda hisoblanadi. Orqa miyaning orqa ustunchalarida joylashgan o’tkazuvchi yullari
qo’zgalishni bosh miyaning turli qismlariga o’tkazadi. Orqa miyaning oldingi va yon
ustunchalaridagi utkazuvchi yo’llardan bosh miyaning turli bo’limlaridan qo’zgalish yoki
tormozlanish impulslari orqa miyaga kelib turadi.Orqa miyada ba`zi reflektor funktsiyalar
embrionning ona qornida rivojlanish davrida yuzaga keladi. Ona qornida xomila 2-3 oylikda
harakatlana boshlaydi. 9 oylik homila oyeq panjasining tagi ta-sirlansa 2-3 minutdan so’ng
oyoq panjasida bukish reaktsiyasi hosil bo’ladi. Bu refleks bola tug’ilganidan so’ng 6
oygacha yaxshi funktsiyalanib, so’ng yo’qoladi.Bola 9-10 oyligidan yura boshlaydi. Bunda
orqa miyadagi harakat markazlarini funktsiyasi ortadi, orqa miya nervlari miyelinlashadi.
Orqa miya nervlarini mielinlashuvi bolaning 3 yoshgacha davom etadi. Yangi tugilgan va
ko’krak yoshidagi bolalarda ogri • ni hosil qiluvchi ta`sirotlarga teri-himoya reflekslari hosil
bo’lganini kuzatish mumkin.
Organizmning ana shu va boshqa ko’pgina reaktsiyalari markaziy nerv sistemasining (MNS)
oliy bo’limlarida shakllanadi va vegetetiv nerv sistemasi orqali ro’yobga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: