1. Siqilgan uglevodorod gazi. U asosan propan va butandan iborat. Bu gazning qanchalik ko’p yoki kam bo’lishi neftni stibilizastiya qilish darajasiga bog’liq. Gazlar oltingugurtdan tozalanganidan so’ng xo’jalik yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
2. Benzin fraksiyasi. (70-180°S). Turli xil avtomobil yoqilg’isini olish uchun komponent sifatida qo’llanadi. Ikkilamchi qayta ishlash natijasida hosil bo’luvchi oraliq qismlari asosida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol) olinadi.
3. Kerosin fraksiyasi. (120-315°S). Bu fraksiyadan reaktiv aviastiya, traktor va boshqa dvigatellar uchun yoqilg’i olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |