Bu jarayon natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi:
1. Gaz tarkibida turli xildagi uglevodorodlari bo’lib, gazni fraksiyalarga ajratish qurilmalari uchun xom ashyo hisoblanadi.
2. Benzin - oktan soni 66-72 agar oltingugurtli neft qayta ishlanayotgan bo’lsa, benzin tarkibida 0,5-1,2 % (massa) oltingugurt bo’ladi. Termik krekinglashdan olingan og’ir gazoyl qayta ishlanayotgan bo’lsa, benzin tarkibida 25 % (massa) to’yinmagan uglevodorodlar mavjud bo’lib, past kimyoviy stabillikka ega bo’ladi.
Bu benzinni avtomobil benzini komponenti sifatida ishlayotganda unga oksidlanish ingibitorlari aralashtirilishi shart.
3. Kerosin - gazoyl fraksiyasi - kemalarda ishlatiladigan mazutning asosiy komponenti hisoblanadi, gidrotozalashdan so’ng dizel yoqilg’isi komponenti sifatida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |