Mavzu. Neft va tabiy gaz xomashiyolarini qayta ishlashda oksidlash jarayonlari. Reja


Gazlar tarkibidagi vodorodsulfid va uglerod oksidi miqdori tozalanguncha va tozalashdan keyingi ko’rsatkichlari



Download 0,93 Mb.
bet10/11
Sana01.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#629606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu. Neft va tabiy gaz xomashiyolarini qayta ishlashda oksidla

Gazlar tarkibidagi vodorodsulfid va uglerod oksidi miqdori tozalanguncha va tozalashdan keyingi ko’rsatkichlari.
Jarayonni amalga oshirishdan maqsad - gazni navbatdagi qayta ishlashga tayyorlash, undan H2S va karbonat angidridni ajratish. Gazni tozalashda absorbstion va adsorbstion usullar qo’llaniladi. Absorbstion usulda asosan kimyoviy absorbstiya jarayoni amalga oshirilib, gaz tarkibidagi H2S va SO2 moddalar turli kimyoviy brikmalar holida ajratib olinadi. Adsorstion usulda tozalash esa asosan aktiv ko’mir va sintetik steolit vositasida amalga oshiriladi.
Absorbstion usulda gaz tarkibidagi H2S ning 99% (massa) gacha, adsorbstion usulda esa 98% (massa) gacha ajratib olinishi ta’minlanishi mumkin. Absorbstion usulda H2S bilan bir vaqtda SO2 ham ajratib olinadi. Ushbu mavzuda gazni monoetanolamin eritmasi vositasida absorbstion tozalash texnologik tizimi ko’rib chiqiladi. Bu tizim bo’yicha jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Gaz K-1 absorberning pastki qismidan beriladi va kolonna yuqorisidan berilayotgan 15% li monoetanolamin bilan kontaktda bo’lib, absorbstiya jarayoni amalga oshiriladi.
Tozalangan gaz kolonna yuqorisidan chiqarilsa H2S ga tuyingan suyuqlik fazasi kolonna pastidan chiqariladi. Ushbu suyuqlik past bosimli S-1 separatorga berilib, unda suyuqlikga yutilgan uglevodorod gazlari va gaz kondensati ajratiladi. Suyuq faza separatordan T-1 va T-2 isitgichlar orqali K-2 desorberga uzatiladi va unda suyuqlik tarkibida yutilgan H2S va SO2 ajratiladi. Tozalangan suyuq faza T-1 isitgich va X-1 sovitgich orqali o’tib, zarur temperaturagacha sovitiladi va E-1 sig’imga, undan esa absorberga uzatiladi. Desorber yuqorisidan chiqarilgan H2S gazi va suv bug’lari XK-1 sovitgichkondensator orqali o’tib E-2 sig’imga yig’iladi va undan H2S gaz holida chiqarilib, suv bug’lari kondensati esa desorberga qaytariladi. Neftli va tabiiy gazlarda bizga ma`lumki nordon komponentlar asosan
vodorodsulfid va uglerod ikki oksidi miqdori ko’proq bo’ladi. Nordon komponentlar ajralish usullari ikki guruhga bo’linadi: quruq – qattiq ko’rinishdagi tozalovchi massa qo’llanilishi bilan; nam – suyuq eritmalar qo’llanilishi bilan.
Sanoat qurilmalarida gazlar mujassamlashtirilgan usulda tozalanadi, ya`ni qattiq va suyuq yutuvchilarni qo’llash orqali. Barcha qattiq yutuvchilar vodorodsulfid miqdori kam bo’lgan gazlarni tozalashda foydalanadi. Gazlardavodorodsulfid miqdori qancha ko’p bo’lsa, suyuq yutuvchilar shuncha ko’p ishlatiladi. Etanolaminlar bilan gazlarni tozalash jarayoni keng tarqalgan.
Etanolaminlar aminli spirtlar guruhiga kiradi va ular monoetanolamin (NH2CH2CH2OH); dietanolamin NH(CH2CH2OH)2; trietanolamin N(CH2CH2OH)3 larga bo’linadi53.
Gazlarni etanolaminli tozalashda asosiy qurilmalar nasadkali yoki
tarelkali kolonna tipidagi absorber va desorber hisoblanadi. Gazlarni
vodorodsulfid va uglerod ikki oksiddan monoetanolamin yordamida tozalash
qurilmasi texnologik tizimi quyida keltirilgan. Gazlarni tozalash ikki bosqichda o’tkaziladi. Tozalashga kiritiluvchi gaz separatorga berilib, undan kondensat ajratiladi. Separator 1ni yuqorisidan chiquvchi gaz 2-absorbsion kolonnaga yuboriladi, u erda kolonna yuqorisidan beriluvchi 15–17% li monoetanolamin suvli eritmasi bilan to’qnashadi. Kolonna 22 – 24 ta eleksimon tarelka bilan jihozlangan. Kolonnadagi temperatura 25 – 400C, bosim 1.47 – 1.57 MPa. Qisman tozalangan gaz kolonna yuqorisidan chiqarilib, 9-absorbsion kolonna pastidan beriladi. Bu kolonna yuqorisidan 10– 12% li MEA eritmasi kiritiladi. Kolonna temperaturasi 20 – 400C va bosim 1.37
– 1.47 MPa.
To’yingan MEA eritmasi 2-kolonna pastidan chiqarilib, 4-issiqlik almashtirgichda 80–900C gacha isitiladi va 6-desoberga kitiriladi. Desorber kolonna ko’rinishidagi qurilma bo’lib, 0.15 – 0.20 MPa bosimda ishlovchi 14– 16 elaksimon tarelkalar bilan jihozlangan. Kolonna pasti qismi berk tarelka bilan to’silgan, u orqali MEA eritmasi 8-qaynatgichga o’tadi, hamda u 1300C ga isitilib, 2-kolonnadagi berk tarelka ostidan qaytariladi. Desorberda vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi qoldiqlari yo’qotiladi. Qayta tiklangan MEA 7- nasos yordamida 4- issiqlik almashtirgichga va suvli sovitgich 3 ga jo’natiladi va 20–300C temperatura bilan 2-kolonnaga qaytariladi. U erga 5-nasos yordamida toza MEA eritmasi ham beriladi.
Tozalangan uglevodorodli gaz 9-absorbsion kolonna yuqorisidan chiqadi va 13-chi gaz separatoridan o’tib, so’ngra qurilmadan chiqariladi. To’yingan MEA eritmasi 9-kolonna pastidan chiqarilib, 11 -issiqlik almashtirgichlarda isitiladi va qayta tiklash uchun 14-desorberga kiritiladi. Qayta tiklangan MEA eritmasa desorber pastidan 12-nasos yordamida yig’ilib, 11 –issiqlik almashtirgichlar va 10-sovutgichlar orqali haydalib, 9-kolonnaga qaytariladi. Desorber 14 pastki qismi 17-qaynatgich orqali isitiladi. Birgalikda desorbciyalargan H2S va CO gazlari tozalashni I bosqichidan so’ng 15- suvli sovutkichdan o’tadi va u erda suv bug’lari kondensaciyalanadi va 16-chi gaz-suv ajratgichga tushadi. Gaz separatori yuqorisidan nordon komponentlar, pastidan esa suvli kondensat chiqariladi. Suvli kondensat 19- nasos yordamida 6-desorberga beriladi. Monoetanolamin ta`siriga ko’ra qo’shimcha reakciyalar uglerod ikki oksidi va uglevodorod gazlaridagi kislorod, uglerodoltingugurti va boshqa birikmalar bilan yuqori qaynash temperaturasiga ega murakkab aralashma hosil qiladi. Masalan: vodorod sulfid bilan kislorod ishtirokida monoetanolaminli tozalash sharotida qayta tiklanmaydigan tiosul’fat hosil qiladi. Qo’shimcha hosil bo’ladigan mahsulotlar miqdori sirkulyatsiyalanuvchi MEA eritmasiga nisbatan tahmin 5 % (massa) atrofida bo’ladi. Tizimda qayta tiklanmaydigan mahsulotlar to’planib qolishidan chekinish maqsadida MEA eritmasini bir qismini 14-desorber pastidan 12-nasos
yordamida 18-kolonnaga haydash uchun jo’natiladi. Bu kolonnaga ishqor eritmasi beriladi. Haydash vaqtida ajralgan suv bug’i va MEA bug’lari 14- desorberga qaytariladi. Yuqori qaynovchi qoldiq mahsulot kanalizaciyaga tashlanadi. Haydash kolonnasi yuqorisidagi temperatura 1700C, pastida 2000C da saqlab turiladi. Ko’p hollarda haydash vakuum sharoitida o’tkaziladi. Gazlar tarkibidagi vodorodsulfid va uglerod oksidi miqdori tozalanguncha va tozalashdan keyingi ko’rsatkichlari quyida keltirilgan:

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish