Mavzu: neft va neft maxsulotlarini tarkibini aniqlash usullari


Mass-spektrometriyada ion va fotonlarning hosil bo‘lishi. Parchalanish turlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar



Download 89,89 Kb.
bet9/10
Sana03.07.2022
Hajmi89,89 Kb.
#736928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Neft va neft maxsulotlarini tarkibini aniqlash usullari Mass-spektrometriya

5. Mass-spektrometriyada ion va fotonlarning hosil bo‘lishi. Parchalanish turlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar
Parchalanish natijasida hosil bo‘lgan molekular ionda musbat zaryad qaysi uglerod atomida yig‘ilishi, ya’ni lokallashishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki parchalanishning keyingi bosqichi zaryad yig'ilgan atom yonidan boshlanadi. Geteroatom tutuvchi organik birikmalarda zaryad ko‘pincha geteroatomda, qo‘shbog‘li birikmalarda esa qo‘shbog‘dagi uglerod atomlaridan birida yig‘iladi. Boshqacha aytganda, elektron zarba natijasida geteroatom umum- lashmagan juftining yoki qo‘shbog‘ elektronlaridan bittasi ajralishi mumkin.
Aromatik birikmalarda esa aromatik sistema elektronlaridan biri «urib» chiqariladi. Bunda hosil bo‘ladigan musbat zaryad butun molekulaga tarqaladi, ya’ni delokallashadi. Bu esa, o‘z navbatida, molekular ionning barqarorligiga sabab bo‘ladi. Darhaqiqat, aromatik birikmalar mass-spektrida molekular ion yuqori intensivlikka ega.
Zaryadning qaysi atomda yig‘llganligini aniqlash ba’zan juda qiyin yoki umuman mumkin bo‘lmaydi. Masalan, uglevodorodlardagi С—С bog‘lar bir xil bo‘lgani uchun zaryad malekuladagi istalgan uglerod atomida yig‘ilishi mumkin. Bunday hollarda fragmentni katta qavsga olib, qavsning o‘ng tomoni yuqorisiga ion zaryadi yoziladi:

Fragmentlanish natijasida hosil bo‘ladigan ionlar barqarorligi orga­nik kimyodagi umumiy qonuniyatlarga bo'ysunadi. Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat;
Birinchidan, barqaror bog‘ qiyin uziladi. Demak, С—С bog‘lar С—H bog'larga nisbatan oson uziladi.
Ikkinchidan, ayni birikmada bir necha yo‘nalishda fragmentlanish mumkin bo‘lsa, shulardan birlamchiga nisbatan ikkilamchi, ikki- lamchiga nisbatan uchlamchi karbokationlar hosil bo‘lishi bilan bora- digan jarayon ko‘proq fragmentlanadi. Boshqacha aytganda, parcha- lanish to‘yingan uglevodorod zanjirining ko‘p tarmoqlangan joyidan boshlanadi.
Uchinchidan, uglerod atomi bilan oddiy bog‘ orqali bog‘langan o‘zida umumlashmagan elektron juft tutuvchi atomlar fragmentlanish xususiyatiga ega emas. Musbat zaryad galogen OH, OR, NH2 kabi guruhlar bilan bog‘lanadigan uglevodorod atomida yig'iladigan jara- yonlar oson boradi. Chunki bunda umumlashgan elektron juft uglerod atomining yarim «bo‘shagan» orbitalini band qiladi, ya’ni musbat zaryad yig‘ilgan uglevodorod va geteroatom o‘rtasida tabiati jihatidan donor-akseptor bog‘lanish vujudga keladi. Bu shu ionning mustah- kamligini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, allil va benzil sistemalar barqaror bo‘lgani uchun ular hosil bo‘lishi bilan boradigan fragmentlanish katta ehtimollikka ega. Shuningdek, dekarboksillash va degidratlanish bilan bo‘ladigan fragmentlanish ham sistemani barqaror qiladi.
Beshinchidan, uzun zanjirli fragmentlar kichik massali ionlarga ajralishga intiladi. Lekin katta ionning kichik ionga parchalanishi energetik jihatdan qulay bo‘lmasligi mumkin. Masalan, bu hodisa fragmentlanishda neytral molekulalar hosil bo‘lganda kuzatiladi, chunki neytral molekulalar ionlar va radikallarga nisbatan juda barqaror. Shuning uchun ham katta ionlaming nisbatan barqaror kichik ionlar hosil qilib parchalanishga qaraganda, ularning neytral molekula va dastlabki ionga nisbatan barqarorroq hosil qilib parchalanishi ener- getik qulay. Neytral molekulalar (H20, CO, HCN va CH3COOH) ni mass-spektr qayd qila olmasa ham ularning mavjudligini spektr- dagi M—H20 (M—18), M-CO (M—28), M —HCN (M—27), M—CH3COOH (M—60) cho‘qqilardan bilish mumkin. Fragment- lanish jarayonida kimyoviy bog‘lar uzilib, molekular ion parchalanadi. Bog‘lar uzilishi ikki xil bo‘ladi:
1) geterolitik;
2) gomolitik uzilish.
Elektron juftning bog‘ hosil qilib turgan atomlardan birida qolishi bilan sodir bo‘ladigan parchalanish geterolitik uzilish deyiladi:

Agar elektron juft teng o‘rtadan uzilsa, bu gomolitik yoki radikal parchalanish hisoblanadi:

Bunga misol keltiramiz:

Bundan tashqari, a-, P-, y- parchalanishlar qayta gruppalanish va retrodiyen parchalanishlardan farq qiladi. Kimyoviy bog‘ funksional gruppa tutgan uglerod atomi yonidan uzilsa, a-parchalanish deyiladi. Agar uzilish shu holatga nisbatan ikkinchi va uchinchi uglerod atomlarida sodir bo‘lsa, bu, mos ravishda, (3- va a- parchalanish deb ataladi.

Xulosa
O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi.
O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Tabiiy gazlarning asosiy tarkibini (92 – 96% gacha) metan tashkil etadi. Ularning tarkibida 6% gacha boshqa ugleovdorodlar (etan, propan, butan va oltingugurt birkmalari hamda uglerod-(IV)-oksidi) bo’ladi. Sanoatda metandan atsetilen, vodorod, qorakuya, xlorli erituvchilar va boshqalar olinadi. Metan asosida yuzlab organik birikmalarni hosil qilish mumkin. Tabiiy gazlarni qazib olish vaqtida gaz kondensati ham ajralib chiqadi. Gaz kondensati suyuq uglevodorodlarning aralashmasi bo’lib, undan juda ko’p alohida uglevodorodlarni ajratib olish mumkin. O’zbekistonda tabiiy gazlarning katta miqdori Gazli, Sho’rtan, Surxondaryo viloyati, Muborak va boshqa rayonlardan qazib olinmoqda. O’zbekistonda har yili 55 mlrd kubometrdan ortiq tabiiy gaz, 3,5 mln. tonnagacha gaz kondensati qazib olinadi.
Mass-spektroskopiya, mass spektrometriya — modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boʻyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu nisbat (bunda t – massa, ye – ion zaryadi) mass-spektrometrlar bilan oʻlchanadi. Olingan spektrga koʻra, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar miqdori topiladi. Mass-spektroskopiya tatbikiy fizika, kimyo, biol. tibbiyot, geol. va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Jism (yoki suyuk,lik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu masofa boʻyicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini oʻlchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.
Gaz tarkibini aniqlash uchun ham Mass-spektroskopiyadan foydalaniladi. Gazlar toʻliq bugʻlatish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlatish va ionlar bilan bombardimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Maʼlum miqdordagi moddani Mass-spektroskopiya bilan tekshirib, undagi elementlar miqdori – gaz aralashmalaridagi komponentlari miqdori nazorat kilinadi va aniqlanadi, izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida Mass-spektroskopiya bilan texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori qatlamining tarkibi oʻrganiladi, zaryadli zarralarning toʻqnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-siyalar kinetikasi tekshiriladi. Mass-spektroskopiya koʻp sohalarda yagona usul hisoblanadi. Mass-spektroskopiya yordamida Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi oʻlchangan (boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda oʻlchash mumkin).[1]


Download 89,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish