Mavzu. “Navro‘z” bayrami an’analari. Oilaviy marosimlar tadriji Reja



Download 81 Kb.
bet4/7
Sana28.06.2021
Hajmi81 Kb.
#103791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Navro‘z”

Yozgi marosimlar folklori – Yozda o‘tuvchi marosimlar bevosita dehqonchilik mavsumining yoz davriga to‘g‘ri keladi. Yozda g‘allalar o‘rib bo‘lingach yig‘ilgan hosilni yanchib olish uchun mavsumda kerakli shamolning bo‘lishi yoki aksincha yil qurg‘oq kelib chang-to‘zon quyinning to‘xtashi uchun maxsus marosimlar o‘tkazishgan. “Choymomo”, “Yalli momo” shamolni to‘xtatish uchun uyushirilgan marosimlar bo‘lsa, “Haydar”, “Ajdar bobo”, “Yalang‘och ota” kultlari bilan bog‘liq irim-sirimlar shamol chaqirishga bog‘liq tashkil etilgan. “Oblo baraka”, “Haqullo” marosimlari esa g‘alla o‘rimini tugatish va bug‘doyni yanchib olish davomida tashkil etilgan. Bu marosim va irim sirimlarda kuylanuvchi qo‘shiqlar yozgi marosimlar folklori hisoblanadi. “Choy momo” marosimida besh yoki yetti nafar bo‘y qizlar chorshanba, payshanba, juma kunlari uyma-uy yurib un va bug‘doy yig‘ishadi. Eng orqada yuradigan qiz keli sopini ko‘tarib oladi. Uning etagiga bog‘langan supurgi sudralib boraveradi. Qizlar quyidagi qo‘shiqni kuylashgan:

Choymomo o‘libdi,

O‘g‘li yetim qolibdi,

Bosa-bosa beringlar,

Bosilib qolsin bu shamol.

Uga-uga beringlar,

Ugilib qolsin bu shamol.

Marosimning boshqa bir ko‘rinishida tadbirni boshiga chodir yopingan kampir boshqaradi. Boshqa xududda marosimda uch kampir bosh bo‘lib, uning izidan yettita qiz yuradi. “Yalli momo” marosimida ushbu qo‘shiq kuylanadi:

Yalli momo, yalli-yo,

Yalli momo o‘ldiyo,

Quduq suvi topolmay,

Sirka bilan yuvdik-o,

Bo‘zdan kafan topolmay,

Bo‘yra bilan ko‘mdik-o!


Yalli momo, yalli-yo,

Yalli momo o‘ldi-yo,

Yalli momo gullari,

Xazon bo‘lmay so‘ldi-yo,

Shum shamolning onasi,

Yalli momo o‘ldi-yo!

“Haydar” shamol piri Haydarni chaqirish uchun aytiladigan aytimlarga ega:

Haydar-o, Haydar,

Shamolingni qaytar,

Bolang quduqqa tushibdi,

Uying qayg‘uga to‘libdi,

Haydar, Haydar, keloqol,

Shamol bo‘lib esaqol,

Bug‘doyi menga foyda,

Samonini olaqol!

Haydarga atab aytiluvchi aytimlarning el orasida turli variantlari mavjud. “Ajdar bobo”, “Yalang‘och ota”ga nisbat berib aytiluvchi aytimlar ham el orasida mashhur.

“Oblo baraka”, marosimi bevosita bug‘doy o‘rimi so‘ngida, oxirgi bashoqlarni o‘rish vaqti o‘tkazilsa, “Haqullo” bug‘doyni yanchish payti uyushtirilib ba’zi hududlarda “chosh qurdi”, “chosh oshi”, “xirmon oshi” deb ham yuritilgan.


Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish