Leksik arxaizmlar
Arxaizm leksema — hozirgi paytda mavjud bo'lgan voqelikning eskirgan nomi: lab (odam organizmidagi a’zolardan birining hozirgi nomi) - dudoq (shu a’zoning eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Yo'lchining kuchli, erkak nafasini, dudoqlarida uning bo \sasin ing jonli olovini bir lahza sezdi». O.); qassob (≪mol so'yuvchi≫ — hozirgi ma’no) — sallox (≪mol so'yuvchi≫ ma’nosidagi eskirgan so'z, arxaizm-leksema: «Tikka oldiga borib, devkor salloxlarday shoxidan ushlab «bismillohu ollohu akbar», deb ... bo'g'zigu pichoq tortib yubordim, — dedi Shum bola». G'.G'.); elchixona (≪bir davlatning boshqa davlatdagi diplomatik vakolatxonasi≫) — saforat (≪...diplo- matik vakolatxona≫ ning eskirgan nomi, arxaizm-leksema); qo'shin (≪askar≫, ≪armiya≫) - cherik (≪askar≫, ≪armiya≫ tushunchalarining eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Andoq qalin cherikka ne ish qila olg'ay edi. So'ngicha qovg'unchi bordi, o'zini daryog'a soldi, g'arq bo'ldi».
Do'stlaringiz bilan baham: |