NATYURMORT.
Natyurmort janrida ko’plab rassomlar ijod qilganligini qayta eslatib o’tiladi. Asosan natyurmort jonsiz narsalarning guruppaviy tasviri ekanligini hamma biladi. Lekin har bir xalqning milliy urf-odatlari, milliy buyumlari, kiyimlari, odatlari bor bo’lganidek milliy idish – tavoqlari ham mavjud.
Chinni buyumlar, sopol idishlar, yog’och qoshiqlar bo’lgan va xali ham baezi joylarda undan foydalanamiz. Bularning ta’siri ham turlicha, chunki issiq ovqatlarni solib istimol qilinganda yog’och idishlarning shifobahshligi bor. Ular to’g’risida ota-bobolaringizdan so’rasangiz aytib beradi. Shunday asarlarnin rassomlardan Yusuf Yelizarov, Laylo Salimjonova, Zinaida Kavalevskaya, Nadejda Kashina, Maxmud To’xtayev va boshqalar ham bu janrda ijod qilganlar. Shunday rassomlardan birining asarlaridan birini tahlili bo’lsa yanada yaxshi bo’ladi.
Shularning natyurmortlariga uxshagan idish – tovoqlarning rasmini chizishimiz lozim yoki boshqa bo’lishi ham mumkin. Rasm chizganda ham uning o’ziga qarab ishlashimiz lozim. Uchta buyumdan tashkil topgan idish – tovoqlarni chizimiz. Ularning kompozision joylashishi, bosqichlari, mazmuni to’g’risida doskada chizib va ko’rsatmali qo’rollarni tariflab o’qituvchi gapirib, tushuntirib beradi.
Birinchi bosqichda naturaning qog’oz varag’ida joylashishi va o’q chiziqlarning olinishi ko’rsatiladi.
Ikkinchi bosg’qichda narsaning tuzilishi, geometrik xolatlari tushuntirilib uning qanday shakllardan iborat ekanligi ko’rsatiladi. Chizish tartibi ko’rgazmadan va naturani o’zini solishtirib o’rgatiladi. Bunda o’fq chizig’i, narsalar tekisligi, surat tekisligi, perspektivasi, sof va yorug’liklar ham aytiladi. Uchunchi bosqich ko’rinishida narsalarning ranglanishiga oid ma’lumotlar beriladi. O’qituvchining o’zi ham ranglarni aralashtirib ko’rsmatganda uning ta’siri kuchli bo’ladi. Shuningdek narsalarning rangidagi farqlarni, fonni, katta – katta joylarni olidin ranglab olish kerakligi o’rgatiladi.
Turtinchi bosqich chizmada ranglarning kurinishlari asl xolatiga uxshashi kerakligani uning rangi, soya va yorug’lik qismlari, blik, tushuvchi soya, shaxsiy soyalar haqida ma’lumotlar beriladi. Reflekisni ajrata olish haqida ham aytib o’tish lozim.
Beshinchi yakuniy bosg’qichda natyurmortni to’liq bajarib bo’lish kerak. Bunda ranglarning naturaga mos bo’lganligi, joylashuv o’rni, ranglarning tuslari bir-biriga mosligi ifoda etilishi lozim. Bunda narsalarning materiallagi, og’irligi, xavollili ko’rsatiladi. Bolalarga aytish lozimki bironta ham o’quvchi tayyor rasm ko’rgazmasidan ko’chirib ishlamasligi kerak. Faqat narsalarning o’ziga qarab ishlashlari lozim. Mayli bir oz xato bilan bajarilsin ammo ko’p narsani o’rganish uchun o’ziga qarab natura ishlanadi.
Mustaqil ishlarni boshlashdan oldin ko’rsatmali qo’rollarni olib qo’yiladi, doskada chizib ko’rsatilganlari ham yopiladi yoki o’chirib tashlanadi.
Natyurmort
S. Inkatov
Moybo`yoq
60х73 sm
Do'stlaringiz bilan baham: |