III. Yangi mavzuni yoritish:
Bir necha raqam bilan yozilgan son ko’p xonali son deyiladi, bunda bitta raqam bir necha marta takrorlanishi mumkin.
Masalan: 10, 24, 99 – ikki xonali; 100, 148, 777 – uch xonali;
1000, 1567, 9999 – to’rt xonali; 1182502 – yeti xonali sonlar.
O’nli sanoq sistemasida 10 soni alohida ahamiyatga ega. 1 lardan 10 tasi 1 ta o’nlik (o’n)ni, o’nliklardan 10 tasi 1 ta yuzlik (yuz)ni, yuzliklardan 10 tasi 1 ta minglik (ming)ni tashkil qiladi va h.k.
1, 10, 100, 1000, 10000, … sonlar xona birliklari deyiladi. Har bir xona birligi o’zidan oldingi xona birligidan 10 marta katta.
Ko’p xonali sonlar sinflarga ajratilsa, ularni yozish va o’qish qulay bo’ladi. Buning uchun sonning yozuvidagi raqamlarni o’ngdan chapga qarab guruhlarga ajratamiz. Har bir guruhda 3 tadan raqam bo’ladi. Bu guruhlar sinflar deb ataladi. Oxirgi (eng chapdagi) guruhda 1 ta yoki 2 ta raqam bo’lishi ham mumkin.
Har bir sinfdagi raqamlar o’ngdan chapga hisoblaganda, shu sinfdagi birlar, o’nlar, yuzlar soni nechtaligini bildiradi.
Sonlarning yozuvidagi sinflar va xonalarning nomlarini keltiraylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |