Mavzu: Nanofizika asoslari Reja:
1.Kirish
2.Nanofizika obyekti va predmeti
3. Nanodispers tizimlar
4. Xulosalar
Tabiiy fanlar sohasida eng so’nggi yangiliklardan biri-nanofizika va nanotexnologiya, hamda nanotexnologik tadqiqot natijalari hisoblanadi.
Ilgaridan fanga ma’lum bo’lgan mikro tuzilmalar va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarida yangi o’zgarishlar, hodisa va jarayonlar borligi aniqlandi.
Mikrotuzilmalarda yuz beradigan bunday jarayonlarni endilikda paydo bo’lgan yangi yo’nalish-nanotexnologik tadqiqot usullari orqali boshqarish yo’llari topildi. Shu asosida mavjud qurilma va asboblarni yanada takomillashtirish imkoniyati hosil bo’ldi. Bu esa o’z navbatida nanotexnologiya yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etilishi yuqori samaralar berishini ko’rsatadi.
Nanotexnologiyalarning barcha sohalarga tadbiq etilishi asta sekinlik bilan ommalashib, Nanotexnologiya barcha sohalarada inson mehnatini yengillashtirish, ish unumdorligini oshirish va fan-texnikaning yanada taraqqiy etishida eng asosiy vosita bo’lib qolishi shubhasizdir.
Ma’lumki nanoobyektlar uch sinfga bo’linadi:
Birinchisi uch o’lchamli zarralar bo’lib, plazma sintezi natijasida hosil bo’ladigan yupqa parda shaklida namoyon bo’ladi. Uning hosil bo’lishida o’tkazgichlar portlashi sodir bo’ladi va qayta shakllanadi.
Ikkinchi sinfga ikki o’lchamli obyektlar yupqa pardalari kiradi. Bunday pardalar CVD, ACD uslubiy ko’rinishlarda sodir bo’ladi. Bunday metodlar asosida ionni ko’chirish molekulyar metodlar asosida bajariladi. Aniqrog’i moddani qoplama hosil qilish usulidan foydalaniladi.
Uchinchi sinfida bir o’lchamli obyektlar bo’lib-viskerlarlar deb ataladi. Bunday obyektlar molekulyar qoplamalar hosil qilish usuli bilan vujudga keladi. Bu usulda moddaga silindrik mikroforlar yuborish usuli bilan yasaladi. Bundan tashqari nanokompozit materiallar ham yaratilmoqda. Bunday usul bilan materiallar yaratishda birorta materialga yuborish orqali bajariladi.
Endi “Nanotexnologiya” tushunchasining o’ziga ta’rif beramiz.
Nano so’zining ma’nosi (yunoncha “nonnos”-“mitti”) u yoki bu birlikning, bizning holatda esa metrning milliarddan bir (10-9) bo’lagini (nanometr-nm) ni anglatadi. Atomlarning o’lchamlari, shuningdek juda mayda molekulalarning o’lchami taxminan 1 nanometr tartibdagi o’lchamga teng.
Nanotexnologiya- bu ma’lum atomlar tuzilishli mahsulotlarni, ularning atom va molekulalarini joylashtirish yo’li bilan ishlab chiqarish usullari yig’indisidir.
Materiallarni juda kichik o’lchamli atom yoki molekulalar darajasida manipulyatsiyalashimiz mumkin-mi?
Bizning barmoqlarimiz nanomasshtab uchun juda ham kattalik qiladi-ku!
Bu savolning javobini Dreksler dagan olim o’zining “Yaratish (barpo etish, vujudga keltirish) mashinalari” kitobida taklif qildi.
Atomlar bilan ishlash uchun u maxsus nanomashinalar yoki assemblerlarni yaratdi.
Nanomashinlar atom va molekulalarni ishlab olishni bilishi va ularni xohlagan tartibda bir-biriga bog’lay olishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday mashinalar tabiatda minglab yillardan buyon muvafaqqiyat bilan ishlab kelmoqda. Misol tariqasida risobomalar tomonidan oqsilni sintez qilish mexanizmini keltirish mumkin.
Nanotexnologiya- quyidagicha prinsipial jihatlarga ega bo’ladi: