1-rasm. Nanotexnologiya asoslari. Nanotexnologiya har bir atom va molekulalar bilan juda aniqlik bilan ishlashi lozim. Oqsillar- barcha hujayralarning hayot faoliyatini ta’minlovchi zaruriy tarkibiy qismidir. Oqsillarning organizmdagi (tanadagi) roli xilma-xildir.
Tanamizdagi barcha hayotiy jarayonlarda uning o’sishi va ko’payishini boshqarishda ishtirok etadigan oqsillar-Gormonlar ajralib turadi.
Organizmdagi barcha kimyoviy jarayonlar maxsus oqsillar- Fermentlar ishtirokida kechadi. Oqsillar himoya funksiyasini ham bajaradi.Tirik organizmni tashkil qilgan barcha oqsillar-mutloq inert oqsillardan to biologik faol bo’lgan oqsillargacha-Peptidli bog’ deb ataladigan kimyoviy bog’lardan tuzilgan bo’lib, ular yagona standart zanjirlar-Aminokislotalar zanjirlardan tashkil topadi. Oqsil molekulasi ipga tuzilgan shodalarga o’xshaydi va unda shodalar rolini aminokislotalar molekulalari bajaradi.
Ko’p oqsillar tarkibida bunday “shodalar” o’rtacha 300-500 ta bo’ladi. Tabiatda barcha aminokislotalar 20 ta turda bo’ladi, ularni maxsus “Kimyoviy alifbo”ning yigirmata “harfi”ga o’xshatish mumkinki bu “harf”lardan oqsillar 300-500 harfdan iborat “so’zlar” tuzilgan bo’ladi. Bunday yigirma harf yordamida juda ko’p uzun so’zlar yozish mumkin. Agar so’zdagi harflardan birginasi almashtirilsa yoki ko’chirilsa, so’z yangi ma’noga ega bo’ladi. 500 ramzli so’zda imkoniy kombinatsiyalar soni 20500 ta bo’ladi. Alohida oqsilni sintez qilishda uning tuzilishidagi aminokislotalar zanjirlari ketma-ketligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish kerak.
Tabiatda ma’lumot maxsus tashuvchi- DNK (Dizoksiribonukleun kislota) molekulasida saqlanadi, unda organizmda mavjud bo’lgan barcha oqsillar tuzilishi haqida ma’lumot bo’ladi.
Bir oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligi haqidagi ma’lumotlar joylashgan DNK molekulasining bir bo’lagi Gen deb ataladi. Shuning uchun DNKdagi ma’lumotni genetik ma’lumot deyiladi.
Gen esa irsiy materialning birligi hisonlanadi. DNK da bir necha yuztagacha genlar bo’ladi.
DNK molekulasining biri ikkinchisi atrofiga o’ralgan spiralsimon ikkita ipdan iborat. Bunday ko’p spiralning eni taxminan 2nm bo’ladi. Uzunligi esa undan 10 ming marta ko’p- bir necha yuz ming nanometrdir.
DNKning tuzilishi. NUKLEOTIDLAR- organik materiallar bo’lib, bir-biri bilan bog’liq 3 ta molekula: Azotli asos, 5 uglerodli shakar (pentoza) fosfor kislotasi qoldig’idan iborat bo’ladi.
Nukleotidlar azotli asoslarning tarkibiga kiruvchi 4 tipi (turi): adenin (A), guanin (G), sintozin (S) va timin (T) nomi bilan ataladi. Nukleotidlar 4 turining DNK zanjirida joylashish tartibi juda muhimdir-u oqsillardagi aminokislotalar tartibini, ya’ni ularning tuzilishini belgilaydi.