Abadiy muzloq yerlar. Kontinentlardagi muz haqida gapirar ekanmiz, doimiy muzloqlik hodisasi haqida ham qisqacha aytib o’tish zarur. Yer sharining deyarli 1/4 qismida o’rtacha yillik harorat manfiy (0°dan past) bo’lagani uchun yer yuzasining tuproq qoplami o’n, yuz va hatto ming yillar davomida muzlab (to’nglab) yotadi. Yer po’stining bunday to’nglab yotgan qismlari doimiy muzloqlar yoki ko’p yillik muzlab yotgan yerlar deyiladi. Ularning qalinligi SHimoliy Sibir pasttekisligida 1,5 km gacha boradi. SHuning uchun ham bu hududda qurilish inshootlari, temir yo’llar, binolar qurishda keng ko’lamli murakkab muxandislik geologiya ishlarni bajarishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |