Mavzu: Muzliklar va ularning ahamiyati. Muzliklar va ularning turlari Muzlik turlari haqida umumiy ma’lumotlar


Muzlanish sikli va muzliklar klassifikatsiyasi



Download 171,91 Kb.
bet14/15
Sana20.01.2022
Hajmi171,91 Kb.
#392786
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu Muzliklar va ularning ahamiyati. Muzliklar va ularning tu

Muzlanish sikli va muzliklar klassifikatsiyasi.

Muzlanishning iqlimiy va geomorfologik omillari va ularning territorial uyg‘un-lashuvi benihoya xilma-xil bo‘lganligidan muzlik shakllari ham niho-yatda turli-tumandir. SHu sababdan muzliklar klassifikatsiyasining juda ko‘p bo‘lishiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Muzliklarning morfo-logik klassifikatsiyasi eng ko‘p tarqalgan, bu klassifikatsiyaga ko‘ra, muzliklar shakliga hamda relef bilan bo‘lgan aloqasiga qarab grup-palanadi. Boshqa klassifikatsiyalar asosida muzliklarning fizik xususiyatlari, chunonchi, muz massasining kirimchiqimi, temperaturasi va boshqa fizik xossalar yotadi. Muzliklarning zonallik xususiyati iqlim klassifikatsiyasida aks etgan. Muzliklarning rivojlanish pro-sessiga asoslanib, ularning genetik klassifikatsiyasi tuzilgan. Biroq bu. klassifikatsiyalar qanchalik turli-tuman bo‘lmasin, ular o‘rtasida qarama-qarshiliklar yo‘q, chunki ularning har qaysisi muzlikning biron-bir xossasini aks ettiradi.

Amerikalik glyasiolog V. G. Xobbs ishlab chiqqan klassifikatsiya eng ma’qul va ystiqbolli ko‘rinadi; bu klassifikatsiya asosida muzlik-larning bosqichma-bosqich rivojlanishi yotadi.

V. Xobbs fikriga ko‘ra, muzliklarning o‘z-o‘zidan rivojlanishi iq-limiy o‘zgarishlar yo‘nalishiga to‘g‘ri kelsa, muzlik oblasti evolyu-siyasi ma’lum bir siklni bosib o‘tadi, bunda progressiv va regressiv fazalar yoki bosqichlar almashinib turadi.

Progress bosqichda ma’lum territoriyadagi muzliklar kengayib, yangidan-yangi maydonlarni egallaydi. Baland yon bag‘irlarda vujudga kelgan kichikroq muzliklar o‘sa borib, vodiyyaardan pastga tushib ke-ladi; so‘ngra ular barcha vodiylarni to‘ldirib, bu vodiylarning chekka-laridaya oshib o‘tib yon bag‘irlarning eng tepasida bir-blri bilan qo‘-shilib ketadi; muzliklarning uchi tog‘ etaklarigacha tushib keladi va bu erda ha,m muzlik uchlari o‘zaro tutashadi; progressiv boeqichning oxirida muzliklar butun relefni ko‘mib ketadi va faqat eng tik va baland qoyalar-nunataklargina muz tagidan qo‘qqayib chiqib qoladi.

Regressiv bosqichda muzliklar yo‘qola boshlaydi. Bu protsess iq-limga va boshqa geografik sharoitlarga bog‘liq holda turlicha yuz be-radi: muzlik yo chekkasidan eriy boshlaydi, yoki ayrim-ayrim muz mas-sivlariga bo‘linib ketadi. SHu bilan birga, muzlik tugash protsessida muzlik oblasti kengayishi paytidagi shakllar, faqat teskari tartibda vujudga kelishi mumkin.

Muzlanish uchun noqulay bo‘lgan iqlim sharoitida muzlik birdaniga qisqara olmaydi, chunki ular o‘z, kattaligini saqlab qolish xusu-siyatiga ega (M. V. Tronov). Muzlikning o‘z kattaligini saqlab qolish xususiyati tog‘larning balandligiga, tog‘ tizmalarining yo‘nalishiga va boshqa geomorfologik omillarga, shuningdek muz maydonining katta-ligi hamda yaxlitligiga bog‘liqdir. Muzlikning saqlanib qolish xusu-siyati, uni shunday sharoitda ham mavjud bo‘lishiga olib keladiki, bunday sharoitda u paydo bo‘la olmas edi. Muzlikning bir territoriya-dagi barcha bosqichlarini faqat uzoq davom etgan geologik vaqt davomida kuzata olish mumkin. Biroq barcha bosqichlarni va hatto bu bos-qichlarning bir qismini ayni bir vaqtning o‘zida Erning turli qism-larida kuzatish mumkin.

Quyida bayon qilinadigan klassifikatsiyaga V. G. Xobbs va S. V. Ka-lesniklar klassifikatsiyasi asos qilib olindi, shuningdek muzliklar xarakteristikasiga doir boshqa materiallar ham hisobga olingan.

I klass. Birlamchi muzliklar. Ular muzlanishning pro-gressiv fazasi boshida vujudga keladi; kam uchraydi va qorsiz keng maydonlar ularni bir-biridan ajratib qo‘ygan. Oqim oblasti kichik bo‘ladi yoki butunlay bo‘lmaydi. Bu klassga muzliklarning quyidagi to‘rt tipi kiradi.


  1. Kar muzliklari; ular karlarni egallaydi va odatda qor chizig‘i
    doirasidan chetga chiqmaydi.

  2. Vulkan konuslaridagi muzliklar; ularning firn dalalari vul-
    kai kraterlarida va kalderalarda bo‘ladi, muzlik tillari esa, yo ular
    doirasida chetga chiqmaydi, yo bo‘lmasa kichikroq masofada har tomonga
    nur snngari tarqaladi.

  1. Tog‘ tepasidagi muzliklar; ular issiq mintaqada tarqalgan bo‘-
    lib, faqat eng baland tog‘ tepalarini egallaydi, bir-biridan juda
    uzoqda turadi va kichik maydonni egallaydi. Ular konussimon tog‘
    tepalarida yulduzsimon, yassi tog‘ tepalarida esa doira shaklida
    bo‘ladi.

  2. Osilma muzliklar birmuncha tik yon bag‘irlarda hosil bo‘ladi.
    Ularning to‘yinish va oqim oblastlari pastqam erlarda bo‘lmay, xud-
    di osilib yotgandek yon bag‘irning o‘zida bo‘ladi. Arap muz tik jar-
    likka etib qolsa, sinadi va bo‘lak-bo‘lak bo‘lib vodiyga qulab
    tushadi.

Pklass. Vodiy muzliklari. To‘yinishi kuchaygan sari muz-lanish ham tobora rivojlana boradi, birlamchi muzliklarning soni ko‘layib, ularning har qaysisi kattalashadi va ular tog‘ tepalari va karlardan vodiyga tushib keladi hamda vodiy muzligiga aylanadi. Muzliklarning bu tipi-mo‘‘tadil mintaqaning tog‘li o‘lkalaridagi eng xarakterli muzlik shakllaridir. Odatda, ular quyidagi tiplarga bo‘linadi.

  1. Oddiy vodiy tipidagi yoki alp tipidagi muzliklar. Ularning
    tili bitta bo‘lib irmoqlari bo‘lmaydi. Har bir muzlik o‘zining alohi-
    da to‘yinish oblastiga ega (110-rasm).

  2. Murakkab vodiy tipidagi yoki Kavkaz tipidagi muzliklar; ular
    bitta asosiy muzlikdan va ko‘pdan-ko‘p muzlik tarmoqlaridan iborat.

  3. O’rta Osiyo tipidagi muzliklar; ular faqat fnrn oblastidangina
    emas, balki ko‘pdan-ko‘p qor ko‘chkilaridan va boshqa muzliklarning
    qulab tushgan muzlaridan ham to‘yinadi. Muzlikka nisbatan muzlik
    to‘yinadigan firn oblasti kichikdir. Qo‘shimcha ravishda qor ko‘chkilari-
    dan to‘yinishi tufayli bu muzliklar uzun bo‘ladi.

  1. Himolay tipidagi muzliklar. Muzlanish kuchli bo‘lganda har bir
    vodiy yon bag‘irdan siljib tushayotgan muzliklar tizmalar orasidagi
    vodiylarga etib kelib, undan yana pastga siljiy boshlaydi. Bunda
    muzlikning 'Daraxtsimon murakkab shakllari hosil bo‘ladi: asosiy
    muzlik daraxt tanasini, muzlik tarmoqlari esa daraxt shoxlarini es-
    latadi.

Har qanday tipdagi vodiy muzligi, agar u muz qulashi bilan tuga-sa va sinib pastga tushgan muzlaridan uning davomi qayta tiklansa, uning o‘zi ham yana tiklanishi mumkiy.

III klass. Muzlik komplekslari. Muzlanish sharoitining tobora yaxshilanishi shunga olib keladiki, ayrim muzliklar ksngaya borib, bir-biriga qo‘shilib ketadi va qisman o‘ziga xoslik xusu-siyatini yuqotadi. Bu hodisa mo‘‘tadil zonalarning shimoliy chekka hismlarida qutb yoni va qutbiy mintaqalarda, ayniqsa ularning sernam regionlarida ro‘y beradi. Bu erda muzlik komplekslarining quyidagi tiplari hosil bo‘ladi.

9. Muzlik platosi yoki Skandinaviya tipidagi muzlanish, u qulay
iqlim sharoitida sal-pal parchalangan yaosi tog‘liklarda nam salqin
iqlim sharoitida rivojlanadi. Uning barcha maydonida yaxlit va qalin
qor hamda muzlik oblasti hosil bo‘ladi. Undagi yassi tog‘lik chekkala-
riga o‘yib kirgan vodiylardan muzliklar siljib tushadi. Binobarin,
bitta to‘yinish oblastidan bir nechta muzlik siljib tushadi.

10. Tog‘ oldi muzliklari yoki malyaspa tipidagi muzliklar; ular


Alyaska yarim orolida keng tarqalgan.


Download 171,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish