Mavzu: Muzliklar va ularning ahamiyati. Muzliklar va ularning turlari Muzlik turlari haqida umumiy ma’lumotlar



Download 171,91 Kb.
bet7/11
Sana21.04.2022
Hajmi171,91 Kb.
#569013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Muzliklar va ularning ahamiyati. Muzliklar va ularning tu

Muz qoplash turlari
Muzliklarga ega bo’lgan tog’ o’lkasi o’zining relefi va muzning qalinligiga qarab uch xil muz qoplashni boshidan kechirgan bo’lishi mumkin. Agar tog’larning usti yalang’och tosh cho’qqilaridan iborat bo’lib, shu bilan birga vodiy muzliklariga ham ega bo’lsa, bu turdagi muz qoplamini Alьp turidagi muz qoplanishi deyiladi. Bu muz shu xildagi muzliklar taraqqiy etgan SHveytsariyadagi Alьp tog’larining nomidan olingan.
Ba’zi tog’larning usti yassi bo’lib, qor bilan qoplangan bo’ladi va firn havzasini tashkil etadi. Bulardan ancha katta muzliklar hosil bo’ladi. Bu xol Skandinaviyaning shimolida kup taraqqiy etganligi uchun Skandinaviya turidagi muz qoplanish deb ataladi.
Agarda yassi tog’larning keng sathi yaxlit muz bilan qoplanib, uning ostidan cho’qqilar kamdan-kamgina chiqib tursa, buni yalpi muz qoplash turi deb ataydilar.
Xozirgi zamonda yalpi muz qoplash o’lkalariga misol qilib Grenlandiyani, SHpitsbergenni, Frants Iosif orollari, Yangi Yerni va Antarktika materigidagi muz sahrolarini ko’rsatish mumkin. SHu xildagi muzliklar bir zamonlar Yevropa, Osiyo va Amerika ma­teriklarining shimoliy qismini butunlay qoplagan edi. Bizning Yer to’rtlamchi davri davomida o’z boshidan muzlik, to’g’rirog’i, ketma-ket to’rt muzlanish epoxalarini kechirgan edi. Har bir muzlanish (muz qoplash) epoxalarida turli qalinlikdagi muz qatlami hosil bo’lar, keyin u sekin-sekin eriyboshlab, qisqarar yoki tamomila yo’q bo’lib ketardida, so’ng yana qayta o’saboshlar edi.
Muz qoplash epoxalari o’rtasidagi muddatni muz qoplash orasi deb ataladi. Ular uch marta yuz bergan. Oxirgi muz qoplash tugagandan keyingi vaziyatni muz davridan so’nggi davr deb yuritiladi. Bu davr hozirgacha davom etmoqda, chunki oxirgi muz qoplashning qoldiqlari haligacha yo’qolib ketmagan.
Ularni biz Arktikada, Yevropaning shimolida, Alьpda, Kavkaz, Oltoy va boshqa bir qator tog’larda hozirgi zamon muzliklari sifatida uchratamiz.
Muz davrida shimoliy yarim sharning iqlimi hozirgi zamondagiga nisbatan ancha sovuq edi, yog’inlar ko’p bo’lib, ular asosan qor holida tushar, ammo yoqqan qorlarning barchasi o’sha zamonning qisqa va salqin yoz mavsumida erib ulguraolmasdi.
Oxirgi geologik davrda materiklarning kattagina maydoni muz bilan qoplanganligi aniqlangan. Bu materik muzliklari erib ketgandan keyin yotqiziqlar qoldirgan.
Morena amfiteatrlari, markaziy chuqur qismi ko’ldan iborat bo’lib, bir tomoni konussimon tekislikka tutashib ketadi, yon to­monlari muzlik va daryolar keltirgan shag’allar bilan qoplangan bo’ladi.
Ozlar, katta va uzun marzalar bo’lib, yonlari yaqqol ko’rinib turadi. Ular muzosti suvlari keltirgan yotqiziqlardan iboratdir. SHuningdek morena tepaliklaridan kam, drumlin, to’lqinsimon qir - adirlarni hosil qiladi.
Harsang aralash gillar muzlik surib kelgan harsang va gildan iborat, qatlami aniq bo’lmagan jinslardir.
Flyuvioglyatsial yotqiziqlar muzlik suvlari olib keltirgan yotqiziqlar bo’lib, ular qalin qatlamli qum va gillardan iborat.
Qo’y peshanalar va silliq qoya toshlar yuzasi chiziqlar bilan qoplangan. Bu chiziqlarga qarab qadimgi muzlikning harakat yo’nalishini aniqlash mumkin, Ular Skandinaviya yarimorolida ko’p uchraydi.

Download 171,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish