5.Kredit modul tizimi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktabrida “O’zbekiston Respublikasi oliy tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni imzolandi.Ushbu muhim dasturda respublikada kamida 10 ta oliygoh xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o’rindagi oliy ta’lim muassasalari ro’yhatiga kiritish va oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish belgilab berildi.Shuningdek,2030-yilga qadar respublikadagi barcha OTMlarining 85 foizi,jumladan 2020-2-21-yil o’quv yilida 33 ta oliy dargoh shutizimga o’tkazish belgilandi.
Kredit-modul tizimi bu-ta’limni tashkil etish jarayoni bo’lib,o’qitish modul texnalogiyalari jamlamasi va kredit o’lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi.Kredit-modul tamoiloda ikkita asosiy masalaga e’tibor beriladi:ta’labalarning mustaqil ishlashini ta’minlash;talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Modul-bu,bir nechta fan hamda kurslar o’rganiladigan o’quv rejasining bir qismi.U talabalarda ma’lum bir bilim va ko’nikma hosil qilish,tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga qaratilgan bir nechta fanlar majmui hisoblanadi.Bunda oqituvchi o’quv jarayonini tashkil qiladi,jonli audio,video,hamda ma’ruzalar o’qiydi,talabalar esa faoliyatni mustaqil mushohada qiladilar.Xorijiy tajribaga ko’ra,bu tizimda o’quv jarayoni har semestrda 2-4 tagacha moduldan iborat bo’ladi.
Modul asosida o’qitish tizimida talabalar bilimi,malakasi hamda ko’nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi.Unda talabanin barcha o’quv faoliyati,ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqari olgan,o’zlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.
Kredit-talabaning alohida ta’lim yo’nalshi yoki dasturi (kursi) bo’yicha fanlarni o’qib o’rganishi va o’zlashtirishi uchun sarflangan o’quv yuklanmasining o’lchov birligidir.Har bir talaba diplomga ega bo’lish uchun kreditlar yig’ib borishi lozim.To’plangan kredit talabaga butun umr davomida o’zining malakasini oshirib borish yoki qo’shimcha oliy ma’lumot olishga xizmat qilib boraveradi.Kredit texnalogiyasida talabalarga fanlarni tanlash bilan birgalikda bevosita professor o’qituvchilarni ham tanlash imkoniyati mavjud.
Kredit-modul tizimiga o’tish orqali o’quv jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi,ijobiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirib eladi.Bu tizimda talabalar doim o’qituvchi va tengdoshlari bilan maslahatda ish yuritadi.Bu esa jamoada hamjihatlikni mustahkamlaydi va jamoada ishlash ko’nikmalaini shakllantiradi.
Bizning magistrlik dissertatsiya mavzuimiz matematika o’qitish metodikasi faniga bog’liq.Matematika o’qitish metodikasi bakalavr talabalariga 3-kurs I semestrdan boshlab o’rgatila boshlanadi.Matematika o’qitish metodikasida talabalar quyidagi bilim,ko’nikma va malakalarni egallashlari lozim:
Boshlang’ich snflarda matematikadan Davlat ta’lim standarti tahlili;
1-4 sinf darsligining o’quv dasturi bilan mosligi;
Matematika darslarida kompetensiyaviy yondashuv;
Matematika o’qitish metodlari;
Matematika dars tiplari va tarkibi;
Sinfdan tashqari ishlar;
Matematik soatlar,to’garaklar,tanlovlar,olimpiadalar
Matematik eskkursiya va matbuot.
Yuqorida berilgan ma’lumotlar boshlang’ich sinf matematika darsini tashkil qilishda foydalaniladi.DTS va o’quv dastur bo’yicha yillik,choraklik rejalar tuziladi.Sinfan tashqari ishlar,to’garaklar uchun ham alohida reja tuzilgan bo’ladi va baholash mezonlari belgilanadi.
Matematika o’qitish metodikasi darslarida baholash mezonlari reyting tizimi ham bakalavr talabalari uchun nazorat bosqichlarda olib boriladi.Talabaning seminar,amaliy mashg’ulotlarga qatnashishi joriy baholashda baholanadi.Maktablarda esa,o’quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test,yozma ish nazorat turlari o’tkaziladi.O’quvchilardan har chorak yakunida nazorat testi olinib,egallagan bilim,ko’nikma va malakalar tekshiriladi.Maktablardagi nazorat Davlat ta’lim standartlari bo’yicha olinib,har bir sinfda shu fan doirasidan mavzu va rejalar bir xil bo’ladi.Maktablarda o’quvchilardan yozma ish nazorat olishda ularga masala,misollar belgilangan tartib bo’yicha sinfi va mavzusiga mos holatda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |