Mavzu Mustaqillikdan so’ng sport sohasida oshirilgan islohotlar



Download 24,44 Kb.
Sana16.12.2022
Hajmi24,44 Kb.
#888491
Bog'liq
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu Mustaqillikdan so’ng sport sohasida oshirilgan islohotlar
Reja

  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORT SOHASINING RIVOJLANISHI.

2.Mustaqillikdan soʻng milliy sport “kurash”ni dunyo miqyosiga olib chiqish.
3.oʻzbekiston paralimpiya oʻyinlarida yutiqlari

1 Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning ommalashuvini yanada yuqori pog’onaga ko’tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy o’yinlarini qayta tiklash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo’yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan amalga oshirish borasida ko’plab, qabul qilgan farmon va qarorlari mamlakatimizda sporti sohasini ommalashtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega bo’ldi.


Mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bu sohada o’ziga hos islohatlarni amalga oshirish borasida muayyan ko’rinishdagi huquqiy bazasini shakillantirdi.
Jumladan, “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, “Bolalar va o’smirlar sport maktablarini kadrlar bilan ta’minlashni yaxshilash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirlining buyrug’i, 2007-yilda “Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi byudjetini va bolalar sport obektlari qurilishining manzilli dasturini tasdiqlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, “O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” Vazirlar Mahkamasining qarori, “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori kabi rasmiy me’yoriy hujjatlar qabul qilinishi yurtimizdagi barcha hududlardagi mahallalar va ko’chalardagi yoshlarni, o’zbek milliy sport o’yinlari bilan tarbiyalanishiga va komil inson bo’lib shakillanishiga olib keldi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikning ilk yillaridagi O’zbekistonni va o’zbek sportini dunyoga tanitish maqsadida dastlabki ishlaridan biri 1995-yil 29-avgustda Toshkent shahrida “Prezident kubogi” xalqaro turnir ochilishi bo’ldi.
2018-yilning 5-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, ilgarigi davlat qo’mitasi va uning hududiy bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib, uning vazifa va vakolatlari kengaytirilgandi. 2018-yil 20-sentyabr kuni Yurtboshimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Unda sportchilarni tanlab olish – seleksiya ishlarini takomillashtirish bo’yicha yangi tizim joriy etilishi dastlabki natijalarini berganligi ta’kidlandi.
Biz xalqaro sport maydonlarida O’zbekistonning nufuzi va obro’-e’tiborini oshirishga katta hissa qo’shgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta e’tibor berishimiz kerak,[1] – dedi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur yig’ilishda.
Mustaqilikka qadar O’zbekiston xalqaro sport jamoatchiligi uchun qaryib yopiq edi. Futbol va tennis bo’yicha o’smirlar o’rtasida sobiq sotsialistik davlatlar sportchilari ishtirokida o’tkazilgan turnirlarni hisobga olmaganda, mamlakatimizda xalqaro musobaqalar deyarli o’tkazilmadi.
Mustabid siyosat jismoniy tarbiya va sport sohasida ham o’z asoratlarini qoldirib, bular ayniqsa, quyidagilarda namoyon bo’ldi:
1.O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport ishlari markaziy respublikalarga nisbatan past darajada yo’lga qo’yildi, sport harakatiga yerli aholi ommaviy ravishda jalb qilinmadi, ular orasidan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida esa, aniq va maqsadli ishlar olib borilmadi.
2.Sport tarmoqlarini rivojlantirish, sport inshootlarini qurish, umuman sportning moddiy-texnikaviy bazasini kengaytirish va moliyalashtirish ishlari faqat markaz roziligi bilan, cheklangan tarzda amalga oshirildi.
3.Soha uchun oliy va o’rta ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan bo’lsada, musobaqalarda milliy sportchi kadrlar turli sun’iy to’siq va saralashlardan o’tishga majbur edi.
Mustaqillikka erishilishi bilanoq, 1992-yilning yanvar oyida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning huquqiy asosi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.
Qisqa muddatda
-Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning tashkiliy asoslari takomillashtirildi;
-O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha federatsiyalar tashkil qilindi; jismoniy tarbiya, sog’lomlashtirish, ommaviy sport ishlari va sportning milliy turlari rivojlantirildi;
-Jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi; milliy ta’lim dasturiga binoan jismoniy tarbiya va sport sohasiga kadrlarni tayyorlash va qayta o’qitish ishlari amalga oshirilmoqda[2]. Mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash sog’lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni rivojlantirish, joylarda bolalar sportining moddiy bazasini yaratish, aholi yashaydigan joylarda bolalar sportining moddiy bazasini yaratish, hamda sport uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash ishlarini yanada faollashtirish maqsadida, 2002-yilda O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Jamg’arma homiylik kengashining raisi etib saylandi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qori Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mintaqaviy filiallar xomiylik kengashlarining raislari etib tayinlandilar.
mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni tashkil etish maqsadida, “O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida” 2003-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida mamlakatda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini o’tkazish rejasi belgilandi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish aholimiz, avvalo, yosh avlodimizning sog’lig’ini mustahkamlashda muhim o’rin tutishini inobatga olib, bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlatimizda sport sohasini rivojlantirish maqsadida qator chora va tadbirlarni amalga oshirmoqda buning natijasida O’zbekiston sport bo’yicha terma jamolari osiyo va jahon miqyosida bo’lib o’tayotgan musobaqalarda yuqori o’rinlarni egallamoqda. Shu borada 2017-yil 15-fevral kuni Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini
Yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni e’lon qilindi.
Ushbu farmonning birinchi bandiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilsin va uning negizida:
-O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
-O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi tashkil qilinsin[3].
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi faoliyatining asosiy vazifa va yo’nalishlari belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 31-oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida[5]gi qarori sohadagi yana bir muhim hujjat bo’ldi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturda 2017-2021- yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish uchun 995,2 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflanishi, sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 167 ta sport
Inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstrukciya qilish, kapital tamirlash, jihozlash va qayta jihozlash nazarda tutilgan.
Dastur doirasida joriy yilda 153 ta bolalar maydonchasi tamirlangan, 232 ta zamonaviy maydoncha, Nukus shahrida sportning olimpiya va milliy turlariga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi foydalanishga topshirilgan. Yig’ilishda bu borada yo’l qo’yilgan kamchiliklar ham ko’rsatib o’tildi. Xususan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 39 ta sport inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari jadvaldan ortda qolgani, suzish havzalarini zamonaviy anjomlar bilan jihozlash kechiktirilgani tanqid qilindi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish, yil oxirigacha qurilish ishlarini yakunlash bo’yicha topshiriqlar berildi.
Sport majmualaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yoshlarni ularga yanada keng jalb etish zarurligi qayd etildi.
2. 1992-yilda Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi, 2001-yilda Oʻzbekistonda belbogʻli kurash federatsiyasi tuzildi. 1998-yil sentabrda Toshkentda 28 davlat (AQSH, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, Oʻzbekiston,Yaponiya va h.k.) vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari boʻlishdi va shu munosabat bilan bu yerda oʻzbekcha K. Boʻyicha yirik xalqaro musobaqa oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Xalqaro kurash assotsiatsiyasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi farmoni (1999-yil 1 fevral) oʻzbek milliy K. Ining yavada rivojlanishiga turtki boʻldi. Oʻsha yili Toshkentda oʻzbekcha K. Boʻyicha birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk shahrida ayollar oʻrtasida xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. IKA qoshida Xalqaro K. Akademiyasi, Butun jahon K.ni rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi, assotsiatsiya muassisligida „Kurash“ jur. Taʼsis qilindi. Adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik, axborot-reklama yoʻnalishidagi bu jur. Toshkentda 1999-yil oktabr oyidan buyon nashr etiladi.
2000-yil Oʻzbekistonda K. Oyligi oʻtkazildi. Bu oylik davomida 2 mln.ga yaqin kishi K. Gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi anʼanaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001-yildan Xalqaro K. Instituti (Toshkentda) faoli-yat koʻrsata boshladi. 1KA ga 66 ta milliy federatsiya aʼzo boʻlib kirdi (2003). Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya K. Konfederatsiya lari tuzildi. Hozirgi paytda oʻzbekcha K. Bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shugʻullanadi. K.ning bu turi boʻyicha jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchshtiklari, Oʻzbekistonda atTermiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan va boshqa koʻplab xalqaro musobaqalar muntazam oʻtkaziladi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 22 ta olimpiada oʻrinbosarlari maktabi, 37 ta bolalaroʻsmirlar sport maktabi va 206 ta K. Maktabida sportning bu turi boʻyicha oʻquvchilarga tahsil beriladi. Oliy oʻquv yurtlarida 100 dan ortiq K. Toʻgaraklari faoliyat koʻrsatadi.
O‘zbekiston kurash federatsiyasi xabariga ko‘ra, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti – Parijshahridagi Eyfel minorasi yonida minglab sayyohlar guvohligida o‘tgan xalqaro kurash turnirida 30 ga yaqin davlatdan polvonlar ishtirok etdi.
Mutlaq vazn toifasida o‘tgan bahslarda mamlakatimiz sharafini erkaklar bahsida Sherali Jo‘rayev, Muhsin Hisomiddinov va Muhammadkarim Xurramov himoya qildi. Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Durdona Abdujabborova gilamga chiqdi.Og‘ir vaznli polvonlar kurashida Muhammadkarim barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaning bosh sovriniga ega chiqdi. 2 va 3-o‘rinlar serbiyalik Sulum Zakro hamda makedoniyalik Boban Danovga nasib etdi.Shuningdek, kuchli sakkizlikdan polshalik Kasper Szszurovski, estoniyalik Aleksandr Marmeljuk, gretsiyalik Papanikolaou Panagiotis, fransiyalik Gayetan Xuguyes va latviyalik Denis Sokol joy oldi.
Qiz bolalar o‘rtasidagi musobaqada g‘oliblik germaniyalik Jasmin Grabovskiga nasib etdi. Polsha, Fransiya hamda Belgiya vakilalari sovrindor bo‘ldi. Hamyurtimiz Durdona Abdujabborova 7-o‘rin bilan kifoyalandi.
3. O’zbekistonlik paralimpiyachilar Rio Yozgi Paralimpiadasida rekord sonda ishtirok etishgan.
Ustiga ustak, ja’mi 32 nafar ekanliklariga qaramay, O’yinlarning 58 ta yo’llanmasini qo’lga kiritishgandi.
XV Rio Yozgi Paralimpiadasi 7(8) sentyabr kuni rasman ochilgan va o’zbekistonlik paralimpiyachilar O’yinlarning eng so’nggiga qadar sovrinli o’rinlar uchun kurash olib borishgandi.
O’zbekiston Paralimpiya terma jamoasi hisobiga so’nggi 31 nchi va 8-oltin medalini kecha 17(18) sentyabr kuni bo’lib o’tgan nayza irg’itish bahslarida yengil atletikachisi Nozimaxon Qayumova keltirgan.
Nozimaxon O’yinlarning oltin medalini olish barobarida, jahon va Yozgi Paralimpiya O’yinlari rekordini ham yangilagan.
Yengil atletikachisining so’nggi yutug’i ortidan, O’zbekiston hisobidagi ja’mi 31 ta medali bilan medallar jadvalida 15-o’rinni egalladi va O’yinlarni yana bir tarixiy natija bilan yakunladi.
Rio Yozgi Paralimpiadasida medallarni jamoa hisobiga dzyudochilari, suzuvchilari va yengil atletikachilari keltirishdi.
Riodagisi – O’zbekiston Paralimpiya terma jamoasi ishtirok etgan uchinchi Yozgi Paralimpiya O’yinlari bo’lgan, bungacha jamoa faqat bitta kumush medali olishga muvaffaq bo’lgandi.
Prezident farmonida Rio Olimpiadasi oltin medali sovrindorlarini 200.000 AQSh dollari, kumush medali sovrindorini 100.000 AQSh dollari va bronza medali sovrindorini 75.000 AQSh dollari bilan mukofotlandi
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashdi.
5 sentyabr kuni Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu Paralimpiya o‘yinlariga 48 sportchi bilan 55 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan edi. Yakunda esa O‘zbekiston jamoasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta медалга sazovor bo‘ldi. Shunday qilib O‘zbekiston umumjamoa hisobida 162 delegatsiya orasida musobaqani 16-o‘rinda yakunladi
Bu ko‘rsatkich Osiyo jamoalari (Xitoy, Yaponiya va Erondan so‘ng) va MDH (Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin) mamlakatlari orasida to‘rtinchi, Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar orasida birinchi bo‘ldi.
6-avgust kuni Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridan qaytib kelgan matonatli sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri A.Abduxakimov boshchiligidagi keng sport jamoatchiligi, OAV vakillari va blogerlar kutib olishdi.
XVI-yozgi Paralimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlariga Prezident sovg‘alari ulashildi. Unga ko‘ra, oltin medal sohiblarining har biriga “Tahoe” avtomobili, 200 ming AQSh dollari hamda Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egalariga “Traverse” avtomobili, 100 ming dollar va Toshkent shahridan 2 xonali uy, hamda bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilarga esa “Trailblazer” avtomobili, 50 ming dollar va Toshkent shahridan 1 xonali uyning kalitlari taqdim etildi. Sovg‘alarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamda Oliy Majlis spikeri N.Ismoilovlar tantanali ravishda topshirishdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Мустакил Ўзбекистан тарихининг дастлабки сахифалари. – Тошкент,2000
2.Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. –
Тошкент: Академия, 2013.
3.История Узбекистана. – Т.: Фан, 2012.
4. www.ziyonet.net
5. www.history.ru
6. www.archaelogy.ru
Download 24,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish