Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Yaqin o‘tmishda Qoraqalpog‘istonning qiyofasi qanday edi, faxrlanishga arziydigan nimasi bor edi?.. Mustaqillik yillarida qanday o‘zgarish, yangilanishlar ro‘y berdi? Kecha mehmon kelsa, nimalarni ko‘rsatish mumkin edi, bugunchi?..
Bu kabi savollarga birdaniga javob berish qiyin. Chunki mustabidlik davridagi muammolarni ham, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarni ham sanab adog‘iga yetish qiyin. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘tkir masalalar, aholi turmushidagi qiyinchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi. Masalan, istiqlolning dastlabki yilida minglab aholini ichimlik suvi bilan ta'minlagan 243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i, 2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik, 2001-yilda Nukus-Sulton Uvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi.
Mustaqillik yillarida barpo etilgan va o‘z mahsulotini xorijga chiqarayotgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, Ust-yurt gaz-kimyo majmuasi Qoraqalpog‘iston sanoatining yuksalish davrini boshlab berdi.
Xorijlik sheriklar bilan kashf etilgan «Jel», «G‘arbiy Orol», «Tillali», «Sayhun», «In'om», «Arslon» konlari mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanidagi «Kameks-KK» korxonasida momiq, Kegayli tumanidagi «Avto Qayip mayshi» mas'uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.
O‘lkada namunali loyihalar asosida 2982 ta qishloq uylari qurilib bitkazildi. Bu ishlar davom ettirilmoqda. 93 ta kasb-hunar kolleji, 10 ta akademik litsey barpo etildi.
O‘tgan yili Nukus shahrida zamonaviy «Baxt uyi», Do‘stlik kanali qirg‘og‘ida ko‘plab ko‘ngilochar, dam olish maskanlari hamda «Toshkent» mehmonxonasi qoshida zamonaviy «Yoshlar markazi» foydalanishga topshirilda.
Nukus shahri, Amudaryo, Ellikqal'a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlaridagi «Kamolot» uylarida hovli to‘ylar nishonlandi.
Hozirgi kunda respublikada 37 ta zamonaviy shifoxona, 230 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 188 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
QORAQALPOG‘ISTON: BUGUN VA KECHA
Nukus shahri markazining bugungi va o‘tmishdagi ko‘rinishi
«Qoraqalpog‘iston» ko‘chasi bugun va kecha.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrining bugungi va oldingi qiyofasi.
«Xotira» xiyoboni bugun va o‘tmishda.
«Baxt uyi» binosining bugungi ko‘rinishi va ilgarigi o‘rni.
«Qirq qiz» to‘yxonasi bugun va kecha.
Do'stlaringiz bilan baham: |