1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq xo'jaligining qurilish sohasida ham muayyan ijo¬biy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining infratuzilma inshootlari bo'yicha 2003 yilgacha 97 ta qishloq shifokorlik shahobchalari, 90 o'rinli shifoxona, 11900 o'quvchiga mo'ljallangan maktab binolari, 7,5 ming kv. m turar joy, 2 ming km gaz tarmoqlari, 1,4 ming km suv tarmoqlari foydalanishga top¬shirildi. Natijada respublikada 390 ta qishloq aholi punktlari toza ichimlik suvi bilan, yuzga yaqin aholi punktlari esa tabiiy gaz bilan ta'minlandi.
«Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kvadrat metr marmar bloklari va plita-lari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi tsex qurildi.
Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993-yilda Nukus shahrida «Kateks» to'qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal'a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to'qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi
- Qoraqalpog'istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o'tish ro'y berdi. Qishloq xo'jaligi ilgarigidek, o'lka iqtisodiy'otining yetakchi tarmog'i bo'lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar holatiga respublikada 263 ta qishloq xo'jalik korxonasi faohyat ko'rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo'jahk mah-sulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foiznii polizchilikda 100 foizni, go'sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako'l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi.
- Ta’lim, fan va madaniyat rivoji. Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san'ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an'analari olamga mashhurdir.
- Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko'p qadriyatlarini qayta tiklash iinkoniyatiga ega bo'ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako'z, Ollayor Do'stnazarov singari xalq qahramonlarining — jasoratli, o't yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.
- Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to'la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug'lanishiga yo'l ochib berildi.
- Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To'lepbergen Qaibergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma'-naviy xazinasidan munosib joy oldi.
- Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O'zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo'shdilar.
- Orol dengizining qurishi, ayniqsa, mintaqa xalqlarining eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. Bu muammo tufayli Markaziy Osiyoda yashayotgan 60 million kishi zarar ko’rmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, dengiz qurishi va sho‘rlanishning tezlashuvi oqibatida so‘nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan “Orolqum” sahrosi paydo bo‘ldi. Paydo bo’lgan sahrodan qum ko’chishini oldini olish uchun saksovullar ekilmoqda. 2019 yil 15 fevralda “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya o’rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora- tatbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi
- Prezident Sh.M.Mirziyoev BMTning 72-sessiyasi va 75-sessiyasidagi nutqlarida jahon hamjamiyati e’tiborini Orol fojeasi oqibatlariga qaratdi. BMTning 75-sessiyasidagi nutqida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lishini takidladi.
-
- . 2019 yilda Orol dengizining suvi qurigan tubida 500 ming gektar “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlari barpo etildi, keying yillarda 2 mln. gektarga etkazish rejalashtirilgan. Mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. Ushbu fond og‘ir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |