Mavzu: Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoda tarix fani
CASE STUDY
Muammoli vaziyat: Afg‘oniston tarixi o‘rganilganlik darajasi, bugungi kunda qaysi sohalar o‘rganilishi kerak
Yechim: Barchamizg ma’lumki, Afg‘oniston O‘rta Osiyo hududidagi eng muhim ahamiyatga ega geosiyosiy mamlakat hisoblanadi. Ushbu davlat tarixi uzoq o‘tmishlarga borib taqalib, boy tarixga ega. Xo‘sh ushbu davlat tarixi qay darajada o‘rganilgan, bugungi kunda qanday sohalar o‘rganilishi kerak? Biz buni O‘zbekiston misolida olib qaraymiz. O‘zbekistonning zamonaviy tarixshunosligida muhim ahamiyatga ega davlatdir. O‘zbekistonning zamonaviy tarixshunosligida Afg'onistonga oid masalalar A. S. Tursunov, S. Safoyev, R. Rashidov, Sh. Akmalov, M. Mirhamidov, I. Boboqulov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida tahlil qilishga harakat qilingan. Afg'onistonga oid nashr etilgan adabiyotlar tahlil qilinganda aksariyat siyosiy masalalarga yo'naltirilganligi aniqlandi. Xususan, Akmalov N , U. To'laganova S, S. Safoyev ishlar B. Sayfullayev, R. R. Rashidov va A. A. Umarovlarning ilmiy ilanishlarida Afg'onistoning Markaziy Osiyo davlatlari tinchligini saqlash hamda o'zaro aloqalaridagi o'mi, mintaqa geosiyosatidagi roli, hind erom munosabatlaridagi ahamiyati singari masalalarni qamrah olingan. Ikkinchi guruh tadqiqotlari sifatida Afg'oniston davlatchiligiga oid ishlarni qayd etish zarur. Jumladan, L. F. Kashinskaya, Sh.I.Akmalov R. R. Rashidov va I. Boboqulovlarning tadqiqotlarida bugungi kunda Afg'oniston davlatchiligidagi asosiy muammolar, ushbu masalada norasmiy guruhlarning o'rni, Afg'oniston Konstitutsiyalarining mamlakat davlatchiligi tarixida tutgan o'rni, markazlashishga g'ov bo'layotgan omillar tahlil qilingan.
R.Rashidovning tadqiqotida afg'on davlatchiligi masalasi har tomonlama qamrab olingan. Unda XIX asring ikkinchi yarmidan to XXI asr boshlari (2015-yil)gacha Afg'oniston atrofida ro'y bergan xalqaro va mintaqaviy jarayonlar, Afg'onistonda davlat boshqaruv shaklining bir necha bor (inqilob, to'ntarish, urush natijasida) transformatsiyalashuvi hamda ularning afg'on davlatchiligidagi ta'siri o'mi, Afg'onistonda "Tolibon" harakati kilgan Afg'onistonga nisbatan tutgan pozitsiyasi singari masalalar ochib va boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlari, zamonaviy bosqichda yetakchi R. Rashidov, shuningdek, "afg'on" atamasining kelib chiqishi, Loyya Jirg'aning afg'on xalqi tarixida tutgan roli, Amir Do'st Muhammadxon hukmronligi davrida Afg'onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining Afg'oniston bilan munosabatlari tarixi kabi masalalar borasida tahliliy ma'lumotlar bergan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Afg‘oniston tarixini o‘rganishda uning ko‘pincha siyosiy tarixi o‘rganilgan. Keying tadqiqotlarda ushbu davlatning ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy hamda etnik tarixi ko‘proq o‘rganilishi kerak. Ushbu yo‘nalishdagi muhim masalalar ko‘rib chiqilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |