Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana27.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#413978
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari

1.2.&.Ekologik tanglik. Orol fojiasi. 
 
Mustabid tuzumining O’zbekistonda olib borgan mustamlakachilik 
siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqarishning ekstensiv yo’ldan 
rivojlantirilishi, paxta yakkahokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli 
moddalarning ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo’jaligida haddan ziyod 
ishlatilishi mamlakatimizda, ayniqsa, 80-yillarda halokatli tus olgan ekologik 
bo’hronni keltirib chiqardi. Nafaqat O’zbekistonda, balki butun Turkiston 
o’lkasida ekologik qabohatning dastlabki tamal toshini V.I.Lenin qo’ygan edi. 
Biz bu yerda 1918-yil 17-mayda V.I.Lenin imzolagan RSFSR Xalq 
Komissarlari Sovetining Turkistonda sug’orish ishlariga 50 million so’m 
mablag’ ajratish to’g’risidagi dekretini nazarda tutmoqdamiz. «Inqilob dohiysi» 
bu ajratilgan summani Mirzacho’l yerlarini o’zlashtirishga sarflashni nazarda 
tutib, o’tgan asrning 70-yillarida bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus olimi 
N.F.Ulyanov, P.RSemyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. VI.Lenin 
boshlagan bu «tashabbus»ni Sovet hukumati Kommunistik partiya 
rahnamoligida rivojlantirdi. 
«SSSRda paxta mustaqiiligi uchun kurash» amalda O’zbekiston xalq 
xo’jaligining ekstensiv yo’l bilan bir tomonlama rivojlanishining bosh omili 
bo’ldi va turg’unlik yillarida ekologik bo’hronni kuchaytirdi. Ayni paytda 


21 
Markaziy Osiyo sharoitidagi tog’ relefi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori 
quyosh harorati va boshqa shuning singari geografik va iqlimiy xususiyatlar 
yildan yilga ortib bordi. Urbanizatsiya jarayoni kuchayib sug’orma qishloq 
xo’jalik ekinlari maydonlari kengaydi, kommunikatsiyalar o’tkazildi, o’rmonlar 
kesib yuborildi, suv resurslaridan oqilona foydalanilmadi, yer osti qazilma 
boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar amalda tabiatga nisbatan 
shafqatsizlik edi. O’zbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi holatlar 
belgilaydi: 
Birinchidan, atmosfera havosining haddan tashqari bulg’anganligi. 
O’zbekiston shaharlarining deyarli hammasida havoning ifloslanish darajasi 
sanitariya 
talablari 
darajasidan 
ancha 
yomonlashdi. 
Bu, 
ayniqsa, 
O’zbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan, olimlarning 
hisob-kitoblariga qaraganda, havoga o’rmalayotgan zaharli chiqitlar Olmaliq 
shahri aholisining har biriga 1374 kg, Farg’onada 676, Navoiyda 606, Angrenda 
509 kilogrammdan
15
to’g’ri kelgan ekan. Andijon, Guliston, Qo’qon, Qarshi, 
Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan 
hisoblanardi. 
Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo’lmasdan, O’zbekiston 
qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan 
zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi. Jami bo’lib qishloq xo’jaligida 70 xilga 
yaqin turli zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. E’tiborli joyi shundaki, bu 
zaharli kimyoviy moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hashoratga ta’sir 
qilar ekan, qolgan 99 foizi tuproq, suv, havo, o’simlik va boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlarini zahar lagan
16

Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, g’o’zalarni defoliatsiya qilish 
jarayonida ming-ming tonnalab zaharli ximikatlarni odamlar boshi uzra 
samolyotlarda sepildi. Bu - dahshatli fojia edi. 
15
«Muloqot» jurnali, 1992-yil, 3-4-sonlar, 12-bel.
16
«Muloqot» jurnali, 1992-yil, 3-4-sonlar, 13-bet. 


22 
Jumladan, Farg’ona viloyati Oxunboboyev tumanidagi Karl Marks nomli 
jamoa xo’jaligida g’o’zalarni samolyotda defoliasiya qilayotgan uchuvchi 
«adashib» zaharli ximikatlarni Andijon viloya-tining Bo’z tumanidagi «Yangi 
turmush» jamoa xo’jaligi dalalarida mehnat qilayotgan aholi ustiga sepib 
yuboradi. Mazkur «adashish» oqibatida 28 fuqaro zaharlanib kasalxonaga 
yotqizilgan edi. 
Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi «Kommunizm» jamoa 
xo’jaligining 15-sonli brigadasida 8 kishi paxta dalasida o’tkazilgan 
defoliasiyadan zaharlanib 1983-yil 12-sentabr kuni kasalxonaga yotqizilgan va 
ulardan bir kishi - T. Turopova o’sha kuniyoq jon bergan
:
. Aholining ommaviy 
sur’atda ximikatlardan zaharlanishi 1985-yilda Farg’ona viloyati Buvayda 
tumanining K.Marks nomli jamoa xo’jaligida ham sodir bo’lgan edi. 
O’zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi bu suvga bo’lgan 
munosabat bilan bog’liqdir. 
Sovet hukumatining ochko’zligi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon 
daryolari suvlaridan hisob-kitobsiz foydalanish oxir-oqibatda Orol fojiasini 
keltirib chiqardi. Ayniqsa, Amu va Sirdaryoga 1960-yiIdan keyingi 20-30 yil 
davomida kollektor - zovur, sanoat va kommunal xo’jaliklarning tashlandiq va 
zaharlangan suvlarini oqizishlari bu fojiani yanada kuchaytirdi. Shu davrda 
Orolning suv hajmi 60 foizdan ortiq kamaydi, uning quruqlikka aylangan sathi 2 
million gektarni tashkil etadi. 
Havoga, yerga sochilayotgan tonnalab qum-tuzlar Orolbo’yi atrofida ham 
jonli. ham jonsiz tabiatni halokat yoqasiga keltirib qo’ydi. Aholi dengiz 
atrofidagi o’z makonlarini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Masalan, Mo’ynoq 
tumanida aholi 50-yillarga nisbatan ikki barobar kamaygan. Orol fojiasi tufayli 
o’simlik va hayvonot dunyosi ham halokatga mahkum etildi. 1970-yillardan 
keyingi davrda faqat Amudaryo atrofidagi qamishzorlar maydoni 7 barobar 
kamaydi, 50 dan ortiq ko’l
17
qurib bitdi. 
17
«Fan va turmush» jumali. 1990-yil, 7-son, 14-bеt. 


23 
Ekologik qabohatning uchinchi sababi tuproq tarkibining o’zgarishidir. 
Tuproq tarkibining o’zgarishiga hisob-kitobsiz ishla-tilgan mineral o’g’itlarning 
halokatli ta’siri ham katta bo’ldi. Chunki mutaxassis olimlarning xulosalariga 
ko’ra, fosfor o’g’iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og’ir metall tuzlar 
ham o’tar ekan. Ekologiya buzilishining to’rtinchi sababi, respublika hayvonot 
olamining o’zgarishi bo’ldi. O’zbekistonda yowoyi hayvonlarning -99, 
parrandalarning - 410, baliqlarning - 79 turi mavjud edi. 1985-yilga kelib 
hayvon, parranda, baliqlarning ko’pchiligi respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. 
Maralakatdagi ekologik qabohatning kuchayishi aholi o’rtasida shusiz ham 
dahshatli bo’lgan har xil kasalliklarning ko’payishiga olib keldi va katta 
fojialarga sabab bo’ldi. 
Chunki, sovet tuzumi shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-maishiy 
turmush tarzini yaratdiki, bu mamlakatda yashayotgan inson salomatligi uchun 
o’ta xavfli va yuqumli kasalliklar uchun asosiy zamin bo’lib xizmat qildi. 
Ekologik qabohatdan tashqari bu, eng awalo, iqtisodiy turmush kechirishning 
haddan tashqari og’irlashib-nochorlashib ketganligidir. Iqtisodiy nochorlik va 
chorasizlik odamlar ma’naviyatini ham xarob qildi, ma’naviy tubanlik esa ba’zi 
kimsalarni jig’ildon ilinjida, hatto, o’z tanalarini ham sotib bo’lsada 
yashashgacha majbur qildi. Bu hoi tabiiy ekologik bo’hron bilan birga qo’shilib 
turli xildagi yuqumli va o’ta xavfli kasalliklar: siflis, oshqozon-ichak, gepatit 
infeksiyasi, dizenteriya, paratif va boshqa kasalliklarning ko’payishiga sabab 
bo’ldi. Bunday hoi juda katta salbiy ta’sir ko’rsatdi va muttasil o’sib bordi. Buni 
so’zoq (siflis) kasalligi bilan og’rigan fuqarolar sonining 1977-yildagiga 
nisbatan 1978-yilda 121,1 foiz va 1979-yilda esa 132,4 foizga’ o’sganligida 
ko’rish mumkin.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish