MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR.
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
1 Oliy majlis
2 Vazirlar mahkamasi
3 Sud hokimiyati
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I.KIRISH
Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda.
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:
Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;
Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi;
Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi;
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo’li tanlandi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
II.ASOSIY QISM
1)Oliy Majlis. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994-yil 22-sentabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.
1994-yil 25-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi-marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi-marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995-yil 8 va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.
Oliy Majlis 1995-1999-yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999-yil dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt-beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi.
O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004-yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti-Oliy Majlisi 1995-2004-yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi:
O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish;
qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;
amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan holda olib borish;
joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish.
Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004-yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |